• Ayollar kostyumi.
  • Xix asr Ovropa Oltinchi davr (XIX asrning 90-yillari) erkaklar va ayollar




    Download 310.82 Kb.
    bet8/14
    Sana01.08.2021
    Hajmi310.82 Kb.
    #16560
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
    XX asr Ovropa uchinchi davr (1915—1918 yy.)erkaklar va ayollar kostyumi

    Uchinchi davr (1915—1918 yy.)

    Birinchi jahon urushi modaga kuchli ta’sir ko’rsatgan edi.

    Erkaklar kostyumi. Erkaklar kostyumi deyarli o’zgarmagan, faqat qulay va oddiy harbiy kiyimlarning ta’siri sezilardi. Harbiy frenchga o’xshagan oldi berk pidjaklar, "galife" shimlar va etik ko’nji o’rniga "kraga"lar odat bo’lgandi.

    Ayollar kostyumi. Erkaklar kostyumining barqarorligiga qarama-qarshi ayollar kiyimining yangi turlari paydo bo’ldi. Ovrupo ayollarining ijtimoiy holining o’zgarishi bunga sabab bo’lgan edi.

    101-rasm. Ayollar kostyumi. 1914-1916 yillar.



    1915 yilda ayollar kiyimida asosiy islohotlar amalga oshirilgan edi: ayollar uzun korset va uzun yubka kiymaydigan bo’lishdi. Kundalik kostyum ayollarning hayotida muxim o’rinni egallagandi. Yubka va bluzka endi faqat kundalik kiyimda emas, bashang. kiyimda xam keng tarqaldi. Ustki kiyimda erkaklar, ayniqsa uchuvchilar kostyumiga taqlid etilgandi. Keng paltolar "aviatique" deb atalardi. Bu og’ir yillarda ayollar ish kostyumi paydo bo’lgandi va u erkaklar ish kostyumining to’liq nusxasi edi.

    Bu davr mobaynida hozirgi zamon kostyumining asosiy xususiyatlari yaratilgandi: konstruktivlik, bichimning oddiyligi va aniqligi, bezaklarning konstruktiv chiziqlarda joylashganligi - bularning barchasi yangi uslubiy yo’nalishning paydo bo’lishini anglatardi (102-rasm). 1918 yil, urushning oxirgi yili, ayollar kostyumiga oddiylikni olib kelgandi. Ayollar kiyimi qisqara va toraya boshladi, sochlari qisqa qirqilgandi.

    102-rasm. Ayollar kunduzgi ko’ylaklari. 1919 yil.





    Download 310.82 Kb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




    Download 310.82 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Xix asr Ovropa Oltinchi davr (XIX asrning 90-yillari) erkaklar va ayollar

    Download 310.82 Kb.