Xix asr Ovropa Oltinchi davr (XIX asrning 90-yillari) erkaklar va ayollar




Download 310.82 Kb.
bet9/14
Sana01.08.2021
Hajmi310.82 Kb.
#16560
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
XX asr Ovropa to’rtinchi davr (1919—1928 yy.)erkaklar va ayollar kostyumi

To’rtinchi davr (1919—1928 yy.)

Fan va texnikaning rivojlanishi ayollar kiyimida konstruktivizm qoidalarining keng tarqalishiga hamda ularning kelajakka asos bo’lib qolishiga sabab bo’lgandi.

Ayollar va erkaklar orasidagi munosabatlar o’zgargandi. Endi ular xizmatdosh bo’ldi. Ish kuni davomida ularning bir-birlari bilan muzokaralari ayollarning tashqi ko’rinishiga ta’sir etgandi. O’tgan urushni va do’stona munosabatni eslatadigan ayolning g’alati siymosi vujudga kelgandi. Ayol o’spiringa (la garconne) aylangandi. Ingichka, serharakat, uzun ozg’in qo’lli, tor bo’ksali, yassi ko’krakli, qisqa qirqilgan sochli (babi-co’fe), ko’zlari va lablari bo’yalgan va og’zida doimo papirosi bor ayol o’spirinni va kopni ko’rgan ayolni o’zida mujassamlashtirgandi (108, 109-rasmlar).

Asrning 20-yillarida ayollar kostyumini yaratishga texnikaning rivojlanishi va tikuv sanoatining mexanizatsiyalanishi ta’sir etgandi. Bichim va tikuv texnologiyasi qulay va oddiyligi, gavdaga kiyimning moslanganligi tayyor kiyim mahsulotining arzonlashtirilishiga va bozorda keng tarqalishiga olib keldi. Endi kiyimning (palto, ko’ylak va jaket) tayanch nuqtasi faqat yelka bo’ldi. Ko’ylak endi tor to’g’ri shaklli bo’lib, tor bo’ksada belbog’ yordamida bog’lanib, solynib turardi. Dekorativ elementlar konstruktiv chiziqlarini boyitgandi

Konstruktivizmning asosiy qonunlaridan biri — matoning plastik xususiyatlarini aks ettirish kostyumga xam o’tgandi. Balga oid ko’ylaklarning tekis yuzasi asimmetrik drapirovkalar bilan ifodali qarama-qarshilik asosida yaratilardi Ko’ylak yengsiz bo’lib, old va orqasida chuqur dekolte qilingandi. Bu qarama-qarshilik, ayniqsa, ko’ylakning kaltaligida va qisqa qirqilgan sochda sezilardi. Chuqur, yumshoq, kichkina, tor soyabonli oldi ko’tarilgan, yonlari tushib turgan shlyapa ayollarga ajoyib bir ko’rinish berardi. Paltoning baland yoqalari engakni berkitardi.

Modellashning yangi muammolari kundalik, kasbga va Sportga oid kiyimlarning yangi turlarining paydo bo’lishiga olib keldi (108-rasm). Ko’ylak-paltoning yaratilishi shu davrning katta yutug’i bo’ldi.

103-rasm. Ayollar kunduzgi ko’ylaklari. 1920 yil.



Kiyim kalta bo’lgani uchun paypoq kostyumda muxim rolni o’ynaydigan bo’ldi. Och rangli yaltiroq ipak (viskozali) paypoqni sanoatda ishlab chikariladigan bo’ldi. Uning arzon va hammabopligi ayollar kostyumining demokratizatsiyalashganligi ramzi bo’lib qolgandi. Ular turli tuflilarga mos kelardi (112-rasm).

104-rasm. Ayol siymosi. 1928 yil.



Ko’plab chiqarilayotgan ommabop matolar orasida xilma-xil rangli va deyarli arzon sun’iy ipak matolar muxim o’rin olgandi. Ulardan kundalik ko’ylaklarni tikishadigan bo’ldi. Ichki kiyim, bluzka va ko’ylakni tikish uchun jun va shoyi trikotaj matolar keng reklama qilinardi. Shoyi trikotajning plastik xususiyatlari 20-yillarning ichki kiyimiga juda mos bo’lgani uchun ip gazlamalarga endi ehtiyoj yo’q edi.

Gazlamalar, asosan, yozlik kiyimlarda qo’llanardi.

Katta va qulay sumkani ayollar doimo olib yurishardi.

Qimmatbaho taqinchoqlarni endi deyarli taqishmasdi. Sun’iy marvaridlar va boshqa sun’iy toshlar tabiiy toshlar o’rniga kelgandi. Ayollarning tashqi ko’rinishiga bashanglik va tantanalilik berish uchun, asosan, yaltiroq sun’iy toshlar ko’llanardi.

"Dansing"larning (raqs tushish uchun xonalar) keng tarqalishi ishlaydigan yoshlar uchun kechki ko’ylak turlarini yaratishga asos bo’ldi.


Download 310.82 Kb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Download 310.82 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Xix asr Ovropa Oltinchi davr (XIX asrning 90-yillari) erkaklar va ayollar

Download 310.82 Kb.