• O‘simlikning er ustki qismi (o‘t) o‘
  • Gullar o‘
  • Xom ashyo ombori Xom ashyo maydonchalarining umumiy maydonchalarini hisoblash




    Download 37.79 Kb.
    bet4/9
    Sana21.10.2022
    Hajmi37.79 Kb.
    #27666
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Xom ashyo ombori, xom ashyo maydonchalarining umumiy maydonchalarini hisoblash
    otangdek
    DORIVOR MAHSULOTLARNI TAYYORLASH
    Biologik faol moddalar o‘simliklarning hamma organlarida bir vaqtning o‘zida ko‘p miqdorda to‘planmaydi, shuning uchun xam ularni turli vaqtlarda tayyorlashga to‘g‘ri keladi.
    O‘simlik organlarini quyidagi muddatlarda yig‘ib olish kerak:
    Barglar odatda o‘simlik gullashi oldidan yoki gullaganida yig‘ib olinadi. Barglar juda ohistalik bilan, iloji boricha o‘simlikka zarar etkazmasdan yig‘ib olinadi (belladonna, angishvonagul va boshqa o‘simlik barglari).
    Ba’zan o‘t o‘simliklarning bargini tayyorlash uchun er ustki qismi o‘rib olinadi, so‘ngra barglari teriladi yoki er ustki qismi quritib maydalanadi. Barglari ajratilib, poyasi bilan shoxlari tashlab yuboriladi. Bunda shox va gullar aralashmasi barglarga qo‘shilib ketishi mumkin (yalpiz, gazanda va boshqa o‘simliklar).
    O‘simlikning er ustki qismi (o‘t) o‘simlik gullaganida yig‘iladi. O‘simlikning er ustki qismi poyasining tagidagi barglar oldidan o‘rib olinib, poyaning bargsiz qismiga tegilmaydi. Bo‘yi baland o‘simliklarning esa poyasining tepa qismi (10-20 sm uzunlikda) va shoxchalari kesib olinadi (achchiq shuvoq, dalachoy va boshqa o‘simliklar).
    Kurtaklar erta bahorda (ochilmasdan ilgari) o‘simlik tanasida suyuqlik yura boshlagan vaqtda yig‘iladi. Kurtaklar o‘simliklardan terib olinadi yoki kurtakli shoxchalarni qirqib olib so‘ngra shoxchalardan kurtaklarni asta-sekin qoqib to‘planadi.
    Po‘stloqlar ham erta bahorda, ya’ni o‘simlik tanasida suyuqlik yurishib, yog‘och qismidan oson ajraladigan davrida, poya va yo‘g‘on shoxlaridan shilib olinadi. Po‘stloq olishni osonlashtirish uchun poya yoki yo‘g‘on shoxlarni bir-biridan 30 sm masofada ikki eridan o‘tkir pichoq bilan ko‘ndalangiga, keyin uzunasiga kesiladi va po‘stloq ajratib olinadi.
    Gullar o‘simlik qiyg‘os gullaganda yig‘iladi. Ko‘pincha gullar alohida- -alohida kesib olinadi. Ba’zan gul to‘plamining hammasi (dastarbosh, marjondaraxti va boshqalar) yoki gulning ayrim qismlari (sigirquyruq o‘simligida faqat gul tojibarglari) yig‘ib olinadi.
    Plantatsiyalarda o‘stirilgan yoki yovvoyi holda ko‘p uchraydigan mayda gulli o‘simliklarning guli mahsus asbob bilan yig‘iladi (moychechak va boshqalar).

    Download 37.79 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 37.79 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Xom ashyo ombori Xom ashyo maydonchalarining umumiy maydonchalarini hisoblash

    Download 37.79 Kb.