korxonalar soni 2,7 baravar
ortgan. 2017-yil boshida ushbu
ko‘rsatkich 5 mingtani tashkil etgan bo‘lsa, 2022-yil boshiga kelib, ularning
soni ochilgan korxonalar hisobiga 13,2 mingtaga yetdi. 2022-yil 1-yanvar
1
https://sda.gov.uz/ru/news/3531
holatiga ko‘ra, xorijiy kapital ishtirokidagi 13,2 mingta korxonaning 6 mingtasi
qo
‘shma korxona
va 7,2 mingtasi
xorijiy korxonalar
hisoblanadi.
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar asosan Toshkent shahri
(62,4%), Toshkent (11,1%) va Samarqand (5,0%) viloytlarida joylashgan.
Qoraqalpog‘iston Republikasi, Sirdaryo va Xorazm viloyatlari (1,3% dan),
Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarida (1,6% dan) bunday korxonalar biroz
kamroq. Bu esa mazkur hududlarda chet el investitsiyalarini jalb qilish hamda
xorijiy investorlar bilan ishlashni kuchaytirish zarurligiga ishora.
Bugungi kunda chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarning
iqtisodiy
faoliyat turlari
bo‘yicha hissasi sanoatda 30,6% ni, savdoda 28,5% ni,
qurilishda 8,3% ni, qishloq, o‘rmon va baliqchlik xo‘jaliklarida 5,4% ni, yashab
turish va ovqatlanish muassasalarida 4,1% ni, saqlash va tashish sohasida
2,7% ni, aloqa va axborot yo‘nalishida 3,0% ni, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy
xizmatlar tarmog‘ida 1,6% ni, boshqa sohalarda 15,8% ni tashkil etadi.
2021-yilda xorijiy investitsiylar ishtirokidagi korxonalarning
jami xorijiy
investitsiyalar va kreditlardagi ulushi 36,5% ga
va
to‘g‘ridan-to‘g‘ri
investitsiyalar va kreditlardagi ulushi 43,9%
ga yetdi.
Chet el kapitali ishtirokidagi korxona va tashkilotlarda iqtisodiyotda
|