Ma’lumotlarning avtomatik qatorlari
Ma’lumotlar qatori – bu qiymatlar to‘plami bo‘lib, bir-biridan qandaydir qadam bilan farq qiladi. Bu holda berilganlar sonli , matnli, kalendar oylari, hafta kunlari va boshqalar.
Qatorni hosil qilish:
Ularni belgilab, kursorni o‘ngdan quyida joylashgan burchakka olib boriladi va «+» (qo‘shish belgisi) ga aylanganda , uni sichqoncha chap tugmachasini ushlagan holda kerakli yacheykagacha cho‘zib boriladi. Cho‘zilishda Excel qanday element olinayotganligini ko‘rsatadi. 2ta elementdan foydalanish ular orasidagi qadamni aniqlaydi va shu qadam bilan qolgan elementlarni masalan:
u V ustunga , qo‘shni katakchalarga 5 va 10 sonlari kiritiladi. Ularni belgilab, ustun bo‘yicha to 35 gacha cho‘zib boramiz. 5 10 15 20 25 30 35 qatorni hosil qilamiz.
u S ustunda noyabr so‘zini kiritamiz. Qolgan oylarni davomini olish uchun ikkinchi element dekabrni kiritish shart emas,chunki Excel oylar nomini kiritilayotganini tushunadi. Noyabrni belgilab , kerakli oygacha pastga cho‘zib borish kifoyadir. Xuddi shunday haftalar nomi nomi ham kiritiladi: ponedelnik, vtornik .
u 7-qatorda 105 01 sanani kiritamiz, uni belgilab, o‘ngga to 9 maygacha cho‘zib borsak , unda biz 1 may 2001 yildan to 9 may 2001 yilgacha bo‘lgan sanalar qatorini hosil qilamiz.
Qatorlarni To‘g‘rilash (Правка) menyusi orqali ham hosil qilish mumkin. 5 10 15 20 25 30 35 qator xuddi arifmetik progressiyaning 5 qadam bilan o‘zgarib borishini ko‘rsatib turibdi, ya’ni 1-elementi 5 dan boshlanib, oxirgi elementi 35 bilan tugagan .
Arifmetik progressiyani hosil qilish uchun : 1- elementni berib, Tuzatish (Правка) menyusi , To‘ldiring (Заполнить), Progressiya, Arifmetik (Арифметическая) da nuqtani o‘rnatish, qator yoki ustun bo‘yicha ( по строкам и пo столбцам) qadamni berish kerak, oxirgi qiymat beriladi va OK bosiladi.
Geometrik progressiyani hosil qilish uchun : 1-element beriladi, Tuzatish (Правка) menyusi , To‘ldirish (Заполнить)Geоmetrik ( Геометрическая) bo‘limida nuqtani o‘rnatiladi, ustun yoki qator bo‘yicha (по строкам и пo столбцам) qadamni
berish , oxirgi qiymat kiritilib , OK bosiladi.
Sanalar bo‘yicha qator – 1-element kiritilib, to‘ldirilishi kerak bo‘lgan qo‘shni katakchalarni belgilab, menyu Tuzatish (Pravka), To‘ldirish “Zapolnit” Progressiya , Data da nuqtani o‘rnatib, Birligini aniqlash “Opredelit Yedinitsa”, ya’ni birligini aniqlash ( masalan ish kuni) , qadamni berib, OK bosiladi.
Xulosa – Progressiya ( qatorni) berish uchun quyidagilarni ko‘rsatish zarur:
1. Progressiya turi
2. Interval ( nechadan –nechagacha)
3. Progressiya qadami
Katakchada ma’lumotlar turli xilda bo‘lishi mumkin: sonlar, matn, sana , vaqt va h.k. Ba’zi ma’lumotlar , masalan sonlar zarurat bo‘lganda kiritiladi va o‘zgartiriladi, lekin ma’lumotlarning ba’zi qismlari formula bo‘yicha hisoblanadi. Biz sonlarni qo‘shish va ayirish , ko‘paytirish , ildizdan chiqarish, max , min qiymatlarini , sinus va kosinus va boshqa hisoblashlarni amalga oshirish mumkin.
Formula - q ( barobar ) belgisi bilan boshlanadigan simvollar ketma-ketligidir. Bu ketma-ketlikka: domiy qiymatlar , katakchalarga murojaatlar , funksiyalar, nomlar , operatorlar kiradi.
Masalan S5 yacheykaga 30 soni , S6 yacheykaga 20 soni ,S7 yacheykaga 10 soni kiritiladi. S8 yachekaga
q S5+S6+S7 formulani kiritamiz. Katakchalar nomini klaviatura orqali ham kiritish mumkin, yoki katakchada sichqoncha tugmachasi bosilsa, uning adresi formulada paydo bo‘ladi. “ENTER” tugmachasi bosilishi bilanoq , S8 yacheykada 60 raqami paydo bo‘ladi.Bu yig‘indi natijasidir. S10 yacheykaga q S5 formulani kiritamiz. “ENTER” tugmachasi bosilishi bilan S10 yacheykada S5 yacheykaning qiymati 30 soni paydo bo‘ladi.
Shunday qilib , biz katakchada hisoblash natijasida hosil bo‘lgan sonni ko‘rishimiz mumkin . Formulani ko‘rish uchun katakchani faollashtirilsa , formulalar satrida formula paydo bo‘ladi. Agar S5 katakchadagi son o‘zgartirilsa , masalan 15 soni kiritilsa. U holda S7, S10 katakchadagi sonlar ham o‘zgaradi. S7 katakchada 35 , S10 katakchada esa 15 soni paydo bo‘ladi.
Funksiya – standart hisoblashlarni bajarishda foydalaniladi. Qo‘shish amalini bir necha yacheykalarda olib borilsa interval (katakchalar bloki) dan foydalanish mumkin S5:S7. Lekin buning uchun funksiya berilishi kerak ( aks holda Excel yacheykalar bilan nima ish qilishni bilmay qoladi). Formula quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi: qСУММ(S5:S7), ya’ni S5 yacheykadan S7 yacheykagacha bo‘lgan sonlar yig‘indisini beradi. Funksiya nomi doim bosh harf bilan yoziladi.
СУММ- funksiya nomi , (S5:S7) interval funksiya argumentlaridir. Natijada biz berilgan intervaldagi funksiyaning qiymatini olamiz. Masalan q Произвед (E11:N15)/ 3 + V20 formulasi natijasida E11 dan N15 gacha bo‘lgan yacheykalar bloki 3 ga bo‘linganini va V20 yacheykasidagi qiymatning qo‘shilganini olamiz. Formula bir necha har xil funksiyalardan ham tashkil topishi mumkin. Masalan:
|