EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH
Innovative Academy Research
Support Center
UIF =
8.1 | SJIF = 5.685
www.in-academy.uz
Volume 2 Issue 13, December 2022 ISSN 2181-2020
Page 479
O‘ZBEK VA INGLIZ TILLARIDAGI MEDIAMATNLARINING
XUSUSIYATLARI
1
Usmonov Farxod Faxriddinovich
Andijon davlat unversiteti o’zbek tilshunosligi kafedrasi
katta o’qituvchisi, f.f.f.d(Phd),
2
Ganiyeva Dilfuzaxon Qodirjon qizi
Farg’ona davlat universiteti
magistiranti
dilfuzaganiyeva57@gmail.com.
https://doi.org/10.5281/zenodo.7450274
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 06
th
December 2022
Accepted:15
th
December 2022
Online: 16
th
December 2022
Hozirgi kunda axborot almashinuvi yuqori darajaga
ko‘tarilgan bo‘lib, bu o‘z navbatida ma’lumotlarni turli
tillarda qabul qilish ehtiyojini paydo qildi. Bunday
axborotlar matnlarini o‘rganish, tahlil qilish tilshunoslik
fani oldidagi muhim masalaga aylandi. Ushbu maqolada
media matnlari-medialingvistikaning o‘rganish obyekti
sifatida tadqiq qilinadi.
KEY WORDS
Medialingvistika, media matn,
ommaviy axborot vositalari,
media tili.
Ommaviy muloqotda media – ommaviy
axborot vositalari ma’lumotlarni yetkazish,
saqlash uchun
foydalaniladigan aloqa
vositalari hisoblanadi. Bu atama bosma
axborot vositalari, nashriyot, fotografiya,
kino,
radioeshittirish, raqamli media va
reklama kabi ommaviy axborot vositalari
kommunikatsiyalari sanoatining tarkibiy
qismlarini anglatadi.
Bunday ommaviy
axborot
vositalari
matnlari
tilshunoslikning yaqinda paydo bo‘lgan
sohasi, medialingvistikaning asosiy, muhim
predmeti hisoblanadi. XXI asrni yuqori
axborotlashgan,
ommaviy
kommunikatsiya jadal rivojlangan asr deya
ta’kidlash mumkin. Bu, o‘z navbatida,
media
sohasida
o‘zgarishlarni
kuzatishimizga, yangi kommunikatsiya
texnologiyalarining jadal rivojlanishiga o‘z
ta’sirini o‘tkazmay qolmadi.
Bunday
rivojlanish til faoliyatiga katta ta’sir
o‘tkazdi va tilshunoslik fanining yangi
medialingvistika sohasi paydo bo‘lishiga
olib keldi.
“Medialingvistika”
atamasi
nisbatan
yaqinda 2000-yilda paydo bo‘lgan bo‘lib,
birinchi
marta
rus
tilshunosligida
T.G.Dobrosklonskayaning “Medialingvistika
nazariyasi va usullari (Добросклонская Т.
Г. Теория и методы медиалингвистики.
АДД, – М., 2000) номли dissertatsiyasida
qo‘llanilgan[5]. Bundan oldin,
bu atama
britaniya
olimi
J.Kornerning
“Medialinvistika
doirasida”
nomli
maqolasida uchragan.
Medialingvistika – bu ommaviy axborot
vositalari tilidan foydalanishni lingvistik
o‘rganishdir. Media tilini o‘rganishga yangi
tizimli
yondashuv
sifatida
medialingvistikaning
asosiy
jihati,
mediamatn
bugungi
kunda
til
mavjudligining
eng
keng
tarqalgan
shakllaridan biri deb talqin qilishdir [1]. U
media sohasidagi tilning amalini yoki
bosma,
audiovizual, raqamli va tarmoqli
ommaviy axborot vositalari tomonidan
taqdim etilgan zamonaviy ommaviy
kommunikatsiyalarni
o‘rganadi.
Medialingvistika
ijtimoiy va kognitiv