• 425-modda. Soliq to‘lovchilar
  • 426-modda. Soliq solish obyekti
  • Xvi bo‘lim. Yer solig‘I 61-bob. Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i 424-modda. Umumiy qoidalar




    Download 37.95 Kb.
    bet1/5
    Sana30.08.2022
    Hajmi37.95 Kb.
    #25476
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    XVI BO
    Moliyaviy taxlil va uni tashkil etish, Untitled.FR12, гурух ЖУРНАЛИ-23

    XVI BO‘LIM.
    YER SOLIG‘I

    61-bob. Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i
    424-modda. Umumiy qoidalar
    Yer uchastkalaridan foydalanganlik uchun budjetga to‘lovlar yer solig‘i yoki yer uchun ijara to‘lovi tarzda amalga oshiriladi.
    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ijaraga berilgan yer uchastkalari uchun to‘lanadigan ijara to‘lovi yer solig‘iga tenglashtiriladi. Yer uchastkalarini ijaraga olgan yuridik shaxslarga yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini to‘lovchilar uchun belgilangan soliq stavkalari, soliq imtiyozlari, soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisobotini taqdim etish va soliqni to‘lash tartibi tatbiq etiladi.
    Keyingi tahrirga qarang.
    Yuridik shaxslar mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida foydalaniladigan yer uchastkalari uchun yer solig‘i to‘laydi.
    425-modda. Soliq to‘lovchilar
    Mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida yer uchastkalariga ega bo‘lgan yuridik shaxslar, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini to‘lovchilar (bundan buyon ushbu bobda soliq to‘lovchilar deb yuritiladi) deb e’tirof etiladi.
    Ko‘chmas mulk ijaraga berilgan taqdirda, ijaraga beruvchi soliq to‘lovchi deb e’tirof etiladi. Bunda moliyaviy ijara (lizing) shartnomasiga muvofiq moliyaviy ijaraga (lizing) berilgan (olingan) ko‘chmas mulk obyektlari bo‘yicha ijaraga oluvchi (lizing oluvchi) soliq to‘lovchi deb e’tirof etiladi.
    Yer uchastkasidan bir nechta yuridik shaxs birgalikda foydalangan taqdirda, har bir yuridik shaxs yer uchastkasining foydalanilayotgan maydonidagi o‘z ulushi uchun soliq to‘lovchi deb e’tirof etiladi.
    426-modda. Soliq solish obyekti
    Mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida yuridik shaxslarda bo‘lgan yer uchastkalari yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ining (bundan buyon ushbu bobda soliq deb yuritiladi) soliq solish obyektidir.
    Quyidagi yer uchastkalari soliq solish obyekti sifatida hisoblanmaydi:
    1) notijorat tashkilotlari tomonidan notijorat faoliyati doirasida foydalaniladigan yerlar;
    2) aholi punktlarining, bog‘dorchilik, uzumchilik yoki polizchilik shirkatlarining umumiy foydalanishdagi yerlari (maydonlar, ko‘chalar, tor ko‘chalar, yo‘llar, shaxobcha yo‘llar, sug‘orish tarmoqlari, kollektorlar, sohil bo‘yi yerlari va boshqa shu kabi umumiy foydalanishdagi yerlar);
    3) umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari egallagan yerlar;
    Oldingi tahrirga qarang.
    4) aholining madaniy-maishiy ehtiyojlarini qondirish va dam olishi uchun foydalaniladigan yerlar (daraxtzorlar, istirohat bog‘lari, sayilgohlar, xiyobonlar, aholining ommaviy dam olishi va turizmini tashkil etish uchun belgilangan joylar, shuningdek ariq tarmoqlari egallagan yerlar);
    (426-modda ikkinchi qismining 4-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-659-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/659/1681-son — 2021-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
    5) davlat qo‘riqxonalarining, kompleks (landshaft) buyurtma qo‘riqxonalarining, tabiat bog‘larining, davlat tabiat yodgorliklarining, buyurtma qo‘riqxonalarning (bundan ovchilik xo‘jaliklarida tashkil etiladigan buyurtma qo‘riqxonalar mustasno), tabiiy pitomniklarning, davlat biosfera rezervatlarining, milliy bog‘larning yerlari;
    6) sog‘lomlashtirish ahamiyatiga molik yerlar – tegishli muassasalar va tashkilotlarga doimiy foydalanishga berilgan, profilaktika hamda davolash ishlarini tashkil etish uchun qulay tabiiy shifobaxsh omillarga ega bo‘lgan yer uchastkalari;
    7) rekreatsiya ahamiyatiga molik yerlar – aholining ommaviy dam olishi va turizmini tashkil etish uchun tegishli muassasalar hamda tashkilotlarga berilgan yer uchastkalari;
    8) tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar – tegishli muassasalar va tashkilotlarga doimiy foydalanishga berilgan moddiy madaniy meros obyektlari, xotira bog‘lari egallagan yer uchastkalari;
    9) gidrometeorologiya va gidrogeologiya stansiyalari hamda postlari egallagan yerlar;
    10) yuridik shaxs balansida bo‘lgan va fuqaro muhofazasi hamda safarbarlik ahamiyatiga molik alohida joylashgan obyektlar egallagan yerlar;
    Oldingi tahrirga qarang.
    11) kommunal-maishiy ahamiyatga molik yerlar (dafn etish joylari, maishiy, qurilish va boshqa chiqindilarni yig‘ish, qaytadan ortish va saralash joylari, shuningdek chiqindilarni zararsizlantirish hamda utilizatsiya qilish joylari);
    (426-modda ikkinchi qismining 11-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-659-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/659/1681-son — 2021-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
    12) ko‘p kvartirali uylar egallagan yerlar, bundan yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk obyektlari egallagan yer uchastkalari mustasno;
    Keyingi tahrirga qarang.
    13) suv fondi;
    14) zaxiralar;
    Oldingi tahrirga qarang.
    15) geologiya-qidiruv va (yoki) izlanish ishlarini o‘tkazish uchun ajratilgan yer uchastkalari.
    (426-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-741-sonli Qonuniga asosan 15-band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 03/21/741/1219-son)
    Agar ushbu moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatilgan yer uchastkalari xo‘jalik faoliyatini yuritish uchun foydalanilsa, ular ushbu bobda belgilangan tartibda soliq solish obyekti hisoblanadi.

    Download 37.95 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 37.95 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Xvi bo‘lim. Yer solig‘I 61-bob. Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i 424-modda. Umumiy qoidalar

    Download 37.95 Kb.