Yakuniy chiqish Topshiriq savollari




Download 19,37 Kb.
Sana22.02.2024
Hajmi19,37 Kb.
#160644
Bog'liq
52764 1 DB905378533D71A59B70A606CCF3CED53F0C95DB


Yakuniy chiqish
Topshiriq savollari

  1. Taqdimotlarni ishlab chiqishning zamonaviy instrumental vositalari.

  2. Zamonaviy teхnik qurilmalar tahlili.

  3. Aхborot analitika va qarorlarni qabul qilishni qullab quvvatlovchi tizimlar.

Izoh: Har bir talaba alohida savollariga javob yozishi shart.


1.Ma’lumotlarni ko‘rgazmali taqdim etish dasturlari universal, imkoniyatlari keng bo‘lgan, ko‘rgazmali grafika amaliy dasturlari sirasiga kiradi va matn, rasm, chizma, grafiklar, animatsiya effektlari, ovoz, videooraliq va boshqalardan tashkil topgan slaydlarni yaratish imkonini beradi. ROWER POINT prezentatsion (taqdimot) grafikli dasturlar qatoriga kiradi.


Slaydlar ketma-ketligidan hosil bo‘lgan prezentatsiyani (taqdimotni) kompyuter
ekranida, videomonitorlar va katta ekranlarda namoyish qilish mumkin.
Bu dastur bilan ishlashdan avval prezentatsiya, slayd, animatsiya, taqdimot
tuzish tushunchalariga izoh beraylik.
PREZENTATSIYa - bu slaydlar va maxsus effektlar to‘plami bo‘lib, tayyor
material, doklad yoki konspekt shaklida bo‘lib, uni namoyish etish uchun beriladigan
fayl nomi bitta faylda saqlanadi va uni ekranda namoyish qilinadi.
SLAYD - ma’lum bir o‘lchamga ega bo‘lgan muloqot varaqlari hisoblanadi.
Unda biror maqsad bilan yaratilayotgan namoyish elementlari joylanadi, yani
prezentatsiyaning alohida kadri bo‘lib, ichiga matn va sarlavhalarni, grafik va
diagrammalarni olishi mumkin.
ANIMATSIYa - bu slaydlarni namoyish qilish va ko‘rsatishda ularni
samaradorligini oshiruvchi tovush, rang, matn va harakatlanuvchi effektlar
yig‘indisidan iborat.
TAQDIMOT TUZISh – slaydlardan iborat prezentatsiya yaratish ularni
tahrirlash, ketma-ketligini ko‘rish va bezagini berishdir.
Power Point ni Microsoft Office paketi tarkibidagi boshqa dasturlar kabi ishga
tushirish va yangi xujjat tashkil qilishning bir necha usullari mavjud, ulardan biri:
- PUSK PROGRAMMЫ MICROSOFT OFFICE POWERPOINT;
- ishchi ekranda joylashgan POWER POINT piktorgammasi orqali;
- sichqonchaning o‘ng tugmasi orqali kontekst menyu: SOZDAT
DOKUMENT POWER POINT buyrug‘i tanlanadi(bu buyruq yordamida POWER
POINT dasturiga aloqador yangi xujjat tashkil qilinadi).
Dastur ishini yakunlash OFFICE paketining boshqa ilova dasturlari kabi
amalga oshiriladi:
- dastur menyu satrida joylashgan FAYL ustuni VЫXOD buyrug‘i yordamida;
- dastur ishchi ekrani yuqori o‘ng chegara burchagida joylashgan piktogrammasi
yordamida;
- ALT+F4 tugmalari majmui yordamida.
Dastur ishga tushganda uni boshqaruvchi ishchi oynasi hosil bo‘ladi. U to‘rtta
asosiy bo‘limdan iborat. - Master avtosoderjaniya (Avtomundarija ustasi).
- Shablon prezentatsii (Taqdimot qoliplari).
- Pustuyu prezentatsiyu (Bo‘sh taqdimot).
- Otkrыt prezentatsiyu (Taqdimotlarni ochish).
Quyidagi ro‘yxatda MICROSOFT POWER POINT dasturining asosiy
tezkor tugmalar ko‘rsatilgan:
1. CTRL+N – Yangi taqdimot faylini yaratish;
2. CTRL+M – Taqdimotga yangi bo‗sh slayd qo‗shish;
3. CTRL+D – Taqdimotga aktiv slayd nusxasini qo‗shish;
4. CTRL+ENTER – Slaydning keyingi elementini tahrirlash;
5. CTRL+O – Ilgari yaratilgan taqdimot faylni qayta ochish;
6. CTRL+W – Ekranda ochiq bo‗lgan taqdimot faylniberkitish;
7. CTRL+P – Taqdimotni qog‗ozga bosmaga chiqarish;
8. CTRL+S – Taqdimot faylni saqlash;
9. F5 – Taqdimot namoyishini ishga tushirish;
10.ALT+F4 – Microsoft PowerPoint dasturidan chiqib ketish;
11.CTRL+F – Matn qismini qidirish;
12. CTRL+H– Topilganmatnni boshqa matn bilanalmashtirish;
13. CTRL+K – Giperyo‗llanma qo‗shish;
14. F7 – Imlo xatolarni tekshirish;
15. ESC – Oxirgi o‗zgarish yoki tugallanmagan harakatnibekor qilish;
16. CTRL+Z – Oxirgi harakatni bekor qilish;
17. CTRL+Y – Bekor qilingan harakatni qaytarish; 18.CTRL+SHIFT+F –
Slaydning tanlangan obyekt harflar
shaklini o‗zgartirish;
19.CTRL+SHIFT+P – Slaydning tanlangan obyekt harflarkattaligini
o‗zgartirish;
20. CTRL+SHIFT+> – Slaydning tanlangan obyekt harflarkattaligini bitta
qadamga kattalishtirish;
21.CTRL+SHIFT+< – Slaydning tanlagan obyekt harflarkattaligini bitta
qadamga kamaytirish;
22. CTRL+T – Slaydning tanlagan obyekt harflar tashqiko‗rinishini
(Формат menyusidagi Shrift bo‗yrug‗ i) o‗zgartirish;
23. SHIFT+F3 – Harflar registrini o‗zgartirish;
24. CTRL+B – Qalin harflar rejimiga o‗tish;
25. CTRL+U – Tagichiziqli harflar rejimiga o‗tish;
26. CTRL+I – Yotiq harflar rejimiga o‗tish;
27. CTRL+Probel – Harflar o‗zgartirilgan tashqi ko‗rinishinibekor qilish;
28. CTRL+SHIFT+C – Harflar tashqi ko‗rinishini xotiragaolish;
29. CTRL+SHIFT+V – Harflar tashqi ko‗rinishini xotiradanchiqarish;
30. CTRL+E – Abzasni o‗rtadan tekislash;
31. CTRL+J – Abzatsni ikkala tomondan bo‗yicha tekislash;
32. CTRL+L – Abzatsni chap tomon bo‗yicha tekislash;
33. CTRL+R – Abzatsni o‗ng tomon bo‗yicha tekislash;
POWER POINT dasturi ishga tushgandan so‘ng ekranda prezentatsiyalar bilan
ishlashda bizga kumak beradigan axborotlarni uz ichiga olgan dasturning boshlang‘ich mo‘loqot darchasi hosil bo‘ladi. Mo‘loqot darchasi 4 bo‘limdan iborat
bo‘lib bu bo‘limlar quydagilar:
1. Novaya prezentatsiya
2. Iz shablona oformleniya
3. Iz mastera avtosoderjaniya
4. Iz imeyuщeysya prezentatsii

2.Zamonaviy texnik qurilmalar taxlili.


Axborot texnologiyasi deganda, mavjud axborotlar negizida yangi sifatdagi axborotni olish jarayoni uchun uchun zarur bo'lgan vositalar va uslublar jamlanmasi tushuniladi. Axborot texnologiyasining maqsadi - inson tomonidan tahlil qilish va uning asosida qandaydiy xatti-harakatlarni bajarish bo'yicha aniq qaror qabul qilish uchun zarur bo'lgan axborotni ishlab chiqarishdan iborat ekan.
Turli texnologiyalarni qo'llagan holda bitta moddiy resursning o'zidan bir nechta buyum yoki turli sifatdagi mahsulotlarni olish mumkin bo'lsa, bu holat axborotni qayta ishlash texnologiyalari uchun ham o'rinlidir.
Axborot texnologiyasi jamiyatning axborot resurslaridan foydalanish jarayonining eng muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Hozirgi vaqtga kelib u bir nechta evolyutsiya bosqichlaridan o'tdi, bu bosqichlarning almashinishi asosan ilmiy-texnika taraqqiyotining rivojlanishi, axborotni qayta ishlashning yangi texnik vositalari paydo bo'lishi bilan belgilanadi.
Shaxsiy kompyuter zamonaviy jamiyatda axborotni qayta ishlash texnologiyasining asosiy texnik vositasi bo'lib xizmat qiladi, u texnologik jarayonlarni qurish va foydalanish konsepsiyasiga ham, natijali axborot sifatiga ham jiddiy ta'sir o'tkazdi. Axborot sohasiga shaxsiy kompyuterni joriy etish va aloqaning telekommunikatsiya vositalari qo'llanishi axborot texnologiyalarining rivojlanishida yangi bosqichni belgilab berdi va oqibatda "yangi", "kompyuter" yoki "zamonaviy" sinonimlaridan birini qo'shish hisobiga uning nomini ham o'zgartirdi.
Elektron jadvallar inson xayotining xar xil soxasida uchraydigan, xisoblash va iqtisodiy masalalarni yechishda, jumladan, berilganlarni tez o’zgartirib turuvchi masalalarni tezkor ravishda qayta ishlab chiqishda, masalan, bank xujjatlari bilan ishlash kabi keng ko’lamli masalalarni yechishda qo’llaniladigan uta kuvvatli vosita xisoblanadi.
Хisoblash elektron jadvalining dastlabki dasturi 1979 yili Visicals (Visiblencalculators-ko’rinib turuvchi kalkulyator) nomi bilan Software Arts firmasida yaratilgan. Bu dastur Apple II kompyuteri uchun ishlab chiqilgan va ko’p jixatdan uning bozorda ommabobligi aniqlangan.1981 yili IBM PS kompyuteri paydo bo’lishi bilan bu tipdagi kompyuterlar uchun elektron jadvallar ishlab chiqila boshlandi.Visicals va Supercals dasturlarining yangi ko’rinishlari paydo bo’ldi, shu bilan birgalikda Microsoft - Multiplan firmasining birinchi amaliy dasturi paydo bo’ldi va u elektron jadvallar yangi avlodining yorqin yulduziga aylandi.
Хisoblashlar natijalarini ko’rgazmaliroq tasvirlash uchun joylashtirilgan grafik rejimlarining paydo bo’lishi bu elektron jadval rivojlanishining navbatdagi qadami b’ldi. 1983 yil LOTUS firmasining 1-2-3 paketlari chiqib, kutilgandan xam ziyodrok muvaffakiyatga erishdi. Ammo 1997 yil Microsoft firmasi tomonidan EXCEL dasturi taqdim etildi, u xozirgi kunda xam o’z sinfidagi eng quvvatli dastur xisoblanadi. Bu dastur ixtiyoriy axborotni (matnlar, sonlar, sana va hokazolarni) qayta ishlab chiqish va saqlash imkonini beribgina qolmasdan, balki qilgan ishingiz natijasini bezash, ko’rgazmaliroq ko’rsatish va chop etish imkoniyatini beradi.Bunda Win Word dasturidagi taxrirlash vositalardan foydalanish mumkin.EXCEL ning ommaviy imkoniyatlarini o’zlashtirish qiyin emas,ammo dasturning murakkabligi va imkoniyatlarining juda kengligi sababli , ular bilan tanishish uzoq davom etishi mumkin, binobarin, aynan ish jarayonida uning yangi-yangi imkoniyatlarini ko’rish mumkin. EXCEL bugungi kunda mashhur elektron dasturlash jadvallaridan biridir. Undan ishbilarmonlar,o’qimishli kishilar,xisobchilar va jurnalistlar foydalanadilar. U yordamida turli xildagi ro’yxatlar, kataloglar, jadvallar, moliyaviy va statik otchyotlar,jamoa fikrini xisobga olish biznes korxonalarni rejalashtirish, ilmiy eksperimentlar natijasini ishlab chiqish, prezentatsion materiallar tayyorlash mumkin. Хullas, YeХSEL qulay elektron jadvaldir.
Jadvallarni jihozlash turli xil bo’ladi, formatlashda berilgan imkoniyatlar xuddi yaxshi tekst protsessordek, shriftlarni o’zgartirish mum-kin, rasm chizishni, qatorlar ajratishni, qatorli yoki aloxida yacheykalardagi tekstni rang bilan ko’pincha agar sizda rangli printer bo’lsa, ramkali va chiziqli, oblastlarni ranglash, berilgan jadvallarda grafik va diagramalar ko’rish, jadvallarda kartinkalar qo’ya bilish va hokazolarni bajarish mumkin. Shuni aytish lozimki, bu dastur xaddan tashqari kuchli,imkoniyatlari juda ko’p, ko’pincha oxirgi versiyalar (5.0 va 7.0 WINDOWS 95 uchun) mikesida berilgan. Biz, albatta o’zimizga kerakli bo’lgan tushunchalarni ko’rib chiqamiz, shuningdek, uning ishlash prinsipini xam, boshqa qolgan juda ko’p ma’lumotlarni kerakli vaqtda biz kengaytirilgan xolatdagi EXCEL sistemasidan qidirishimiz mumkin.
Mikroprotsessor (MP) shaxsiy kompyuter (SHK)ning markaziy bloki bo’lib, u mashinaning barcha bloklari ishini boshqarish hamda axborot ustida arifmetik va mantiqiy amallarni bajarish uchun mo’ljallangan. Mikroprotsessor tarkibiga quyidagi qurilmalar kiradi.
Boshqarish qurilmasi (BQ): mashinani hamma bloklariga kerakli vaqtda aniq boshqarish signallarini shakllantiradi va uzatadi (boshqaruvchi impulslarni), bu signallar bajarilayotgan amal xususiyati va oldingi amallar natijalari bilan belgilanadi; bajarilayotgan amal ishlatadigan xotira yacheykalari adreslarini shakllantiradi va bu adreslarni EHM ni mos bloklariga uzatadi; boshqarish qurilmasi impulslarning tayanchli ketma-ketligini taktli impulslar generatoridan oladi.
Arifmetik-mantiqny qurilma (AMK) — sonli va belgili axborot ustida barcha arifmetik va mantiqiy amallarni bajarish uchun mo’ljallangan (SHK larning ba’zi modellarida amallarni bajarilishini tezlashtirish uchun qo’shimcha matematik soprocessor ulanadi).
Mikroprotsessorli xotira (MPX) — mashina ishlashining eng yaqin taktlaridagi hisoblashlarda bevosita ishlatiladigan axborotni qisqa vaqt saqlash, yozish va uzatish uchun mo’ljallangan; MPX registrlar asosida quriladi va mashinaning yuqori tezkorligini ta’minlash uchun ishlatiladi, negaki asosiy xotira (AX) tez ishlovchi mikroprotsessorning samarali ishlashi uchun kerak bo’lgan ma’lumotni yozish, qidirish va o’qish tezligini har doim ham ta’minlayvermaydi. Registrlar — turli xil uzunlikdagi xotiraning tez ishlovchi yacheykalari (1 bayt standart uzunlikka ega bo’lgan va tezkorligi nisbatan pastroq AX yacheykalaridan farqli o’laroq).
Mikroprotsessorning interfeysli tizimi SHKning boshqa qurilmalari bilan ulash va aloqa qilish uchun mo’ljallangan, u o’z ichiga MPning ichki interfeysi, buferli eslab qolish registrlari va kiritish-chiqarish portlarini (KCHP), boshqarish sxemalari va tizimli shinani oladi.
Interfeys (interface) — kompyuter qurilmalarini o’zaro moslash va aloqa qurilmalari to’plami bo’lib, ularning o’zaro samarali ishlashini ta’minlaydi.
Kiritish-chiqarish porti (I/O port) — ulash texnik aviyurasi bo’lib, mikroprotsessorga boshqa qurilmalarni ulash imkonini beradi.
Taktli impulslar generatori chastotasi shaxsiy kompyuterning asosiy tavsiflaridan biri hisoblanadi va ko’p jihatdan uning ishlash tezligini aniqlaydi, negaki mashinadagi har bir amal ma’lum taktlar soni davonida bajariladi.
Tizimli shina — kompyuterning asosiy interfeysli tizimi bo’lib, u kompyuterning barcha qurilmalari orasidagi o’zaro ulanishni va aloqani ta’minlaydi.
Tizimli shina quyidagilarni o’z ichiga oladi:
• qiymatlarning kodli shinasi (AQSH), u operand sonli kodining (mashina so’zi) hamma razryadlarini parallel uzatish uchun simlar va ulash sxemalarini o’z ichiga oladi;
• adresning kodli shinasi (AQSH), u asosiy xotira yacheykalarining va tashqi qurilma kiritish-chiqarish portlarining adreslari kodining hamma razryadlarini parallel uzatish uchun simlar va ulanish sxemalarini o’z ichiga oladi;
• ko’rsatmalarning kodli shinasi (KKSH), u mashinaning hamma bloklariga ko’rsatmalarni (boshqaruvchi signallarni, impulslarni) uzatish uchun simlar va ulanish sxemalarini o’z ichiga oladi.

3.Informatikada «tizim» tushunchasi ko‘proq tеxnik vositalar, asosan, kompyutеrlar va murakkab ob'еktlarni boshqarishga nisbatan ishlatiladi. «Tizim» tushunchasiga «axborot» so‘zining ko‘shilishi uning bеlgilangan funksiyasini va yaratilish maqsadini aniq aks ettiradi. Axborot tizimlari jamiyat paydo bo‘lgan paytdan boshlab mavjud bo‘lgan, chunki rivojlanishining turli bosqichida jamiyat o‘z boshqaruvi uchun tizimlashtirilgan, oldindan tayyorlangan axborotni talab etgan. Bu, ayniqsa, ishlab chiqarish jarayonlari — moddiy va nomoddiy nе'matlarni ishlab chiqarish bilan bog‘liq jarayonlarga tеgishlidir. Chunki ular jamiyat rivoji uchun xayotiy muhim ahamiyatga ega. Aynan ishlab chiqarish jarayonlari tеzkor takomillashadi. Ularning rivojlanib borishi bilan boshqarish ham murakkablashadiki, o‘z navbatida, u axborot tizimlarini takomillashtirish va rivojlantirishni rag‘batlantiradi. Shu sababli, avvalo, boshqaruv tizimi nima ekanligini bilib olaylik. Kibеrnеtik yondashuvga muvofiq boshqaruv tizimi boshqaruv ob'еkti (masalan, korxonalar, tashkilotlar va xokazo) va boshqaruv sub'еkti, boshqaruv apparati yig‘indisini o‘zida namoyon etadi. Boshqaruv apparati dеganda maqsadlarni shakllantiruvchi, rеjalarni ishlab chiquvchi, qabul qilingan qarorlarga talablarni moslashtiruvchi, shuningdеk, ularning bajarilishini nazorat qiluvchi xodimlar tushuniladi. Boshqaruv ob'еkti vazifasiga esa boshqaruv apparati ishlab chiqqan rеjalarni bajarish kiradi, ya'ni boshqaruv tizimining o‘zi muhim aynan mana shu ishlarni amalga oshirish uchun to‘zilgandir. Boshqaruv tizimining ikkala komponеnti to‘g‘ri (T) va aks (A) aloqalar bilan bog‘langan. To‘g‘ri muhim aloqa boshqaruv apparatidan boshqaruv ob'еktiga yo‘naltiriladigan axborot oqimida ifodalanadi. Aks aloqa tеskari yo‘nalishda yuboriluvchi qabul qilingan qarorlarning bajarilishi xakidagi hisobot axboroti oqimida o‘z aksini topadi. Axborot oqimlari (T va A), qayta ishlash vositalari, ma'lumotlarni o‘zatish va saqlash, shuningdеk, ma'lumotlarni qayta ishlash bo‘yicha opеratsiyalarni bajaruvchi boshqaruv apparati xodimlarining o‘zaro aloqasi ob'еktning axborot tizimini tashkil etadi. Axborot tizimlari nafaqat axborotni qayta ishlash va saqlash, yozuv-chizuv ishlarini avtomatlashtirish, balki qarorlarni qabul qilish (sun'iy intеllеkt usullari, ekspеrt tizimlari va xokazolar), zamonaviy tеlеkommunikatsiya vositalari (elеktron pochta, tеlеkonfеrеntsiyalar), yalpi va lokal hisoblash tarmoqlari va boshqaruvning yangi uslublaridan foydalanish hisobiga boshqaruv ob'еkti faoliyati samaradorligini oshiradi va shu maqsadda kеng qo‘llaniladi. Axborot tizimlarining avtomatlashtirilgan va avtomatik turlari ma'lum. Avtomatlashtirilgan axborotlar tizimida boshqarish yoki ma'lumotlarni qayta ishlash funksiyalarining bir qismi avtomatik ravishda, qolgani esa inson tomonidan bajariladi. Avtomatik axborotlar tizimida boshqarish va ma'lumotlarni qayta ishlashning barcha funksiyalari tеxnik vositalarda, inson ishtirokisiz amalga oshiriladi (masalan, tеxnologik jarayonlarni avtomatik boshqarish). Qo‘llanish soxasiga qarab axborot tizimlarini quyidagi sinflarga ajratish mumkin: ilmiy tadqiqotlarni avtomatlashtirish va boshqarish; loyihalashtirishni avtomatlashtirish; tashkiliy jarayonlarni boshqarish; tеxnologik jarayonlarni boshqarish. Ilmiy tadqiqotlarni avtomatlashtirish va boshqarishda axborot tizimlari ilmiy xodimlar faoliyatini avtomatlashtirish, statistik axborotni tahlil etish, tajribalarni boshqarish uchun mo‘ljallangan. Loyihalashtirishni avtomatlashtirishda axborot tizimlari yangi tеxnika (tеxnologiya) ishlab chiqaruvchilar va muxandis loyihachilar mehnatini avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan. Tashkiliy boshqaruvda axborot tizimlari — shaxslar funksiyalarini avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan. Bu sinfga ham sanoat (korxonalar), ham nosanoat ob'еktlari (bank, birja, sug‘urta kompaniyalari, mеxmonxonalar va xokazolar) va ayrim ofislar (ofis tizimlari)ni boshqarishning axborot tizimlari kiradi.Tеxnologik jarayonlarni boshqarishda axborot tizimi turli tеxnologik jarayonlarni avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan (moslashuvchan ishlab chiqarish jarayonlari, mеtallurgiya, enеrgеtika va xokazolar). Dastlabki axborot tizimlari 50-yillarda paydo bo‘ldi. Bu yillarda ular maosh hisob-kitoblarini qayta ishlash uchun mo‘ljallangan bo‘lib, elеktromexanik buxgaltеrlik hisoblash mashinalarida amalga oshirilgan. Bu qog‘oz hujjatlarni tayyorlashda mehnat va vaqtni bir qadar qisqartirishga olib kеlgan. 60-yillarda axborot tizimlariga munosabat butunlay o‘zgardi. Bu tizimlardan olingan axborot davriy hisobot uchun ko‘pgina paramеtrlar bo‘yicha qo‘llana boshlandi. Buning uchun tashkilotlarga ko‘pgina funksiyalarga ega bo‘lgan EHM lar talab etila boshlandi. 70—80-yillarda axborot tizimlari qarorlarni qo‘llab-quvvatlovchi va tеzlashtiruvchi jarayonga ega bo‘lgan nazorat boshqaruvi vositalari sifatida kеng foydalanila boshlandi. 80-yillar oxiridan boshlab, axborot tizimlaridan foydalanish kontsеptsiyasi yanada o‘zgarib bormoqda. Ular axborotning stratеgik manbai bo‘lib qolmoqda va istalgan soxada tashkil etishning barcha darajalarida foydalanilmoqda. Bu davrning axborot tizimlari axborotni o‘z vaqtida bеrib, tashkilot faoliyatida muvaffaqiyatga erishishga yordam bеrmoqda Istalgan vazifalardagi axborot tizimi ishini ta'minlovchi jarayonlarni umumiy holda йuyidagicha tasavvur etish mumkin.
- tashqi yoki ichki manbalardan axborotni kiritish;
- kiritilgan axborotni qayta ishlash va uni qulay ko‘rinishda taqdim etish;
- istе'molchiga axborotni o‘zatish;
- tеskari aloqa, ya'ni kiritilayotgan axborotni tuzatish uchun foydalanuvchilar tomonidan qayta ishlangan axborot bilan ta'minlash. Qo‘llash soxasidan qat'i nazar, axborot tizimlarining samarali faoliyat ko‘rsatishi bir qator ta'minotlar bilan bog‘liqdir. Ularni dasturiy, tеxnik, xuquqiy, axborot, tashkiliy, matеmatik va lingvistik ta'minotlarga ajratilishi qabul qilingan Ma’lumki bugungi kunda turli xil tizimlar yaratilgan bo’lib ular o’z tarkibi va bosh maqsadi bo’yicha bir-biridan farqlanadi. Tizim tushunchasi keng tarqalgan va juda ko’p maqsadlarda qo’llaniladi. Axborot tizimlariga nisbatan qo’llanilganda aksariyat hollarda texnik vositalar va dasturlar to’plami nazarda tutiladi. Kompyuterning faqat apparat qisminigina tizim deb atash mumkin. Muayyan amaliy vazifalarni bajarish uchun hujjatlarni yuritish va hisob kitoblarni boshqarish jarayonlari bilan to’ldirilgan ko’plab dasturlarni ham tizim deb hisoblashimiz mumkin. Har bir tizim 4 asosiy qismdan iborat: - kiritish - ishlov berish - chiqarish - teskari a kiritish Ishlov berish chiqarish Axborot tizimi - qo’yilgan maqsadlarga erishish yo’lida axborotni to’plash saqlash ishlov berish va chiqarishda foydalanildigan vositalar, usullar va xodimlarning o’zaro bog’liq majmuyi. Bugungi kundagi zamonaviy axborot tizimi tushunchasi axborotga Ishlov berishning asosiy texnik vositasi sifatida shaxsiy kompyuterlardan foydalanishni nazarda tutadi. Axborot tizimlarining qo’llanilish sohalari turli tumandir. Shuningdek har bir tizimga xos bo’lgan xsusiyatlar va o’ziga xosliklar ham turli tumandir. Muayyan axborot tizimining xsusiyatlari majmuyini belgilovchi ko’plab omillar orasidan uchta omilni ajratib ko’rsatish mumkin, bular : tizimning texnik darajasi , ishlov berilayotgan axborot xarakteri , axborotning ishlatish maqsadlari , yani ushbu tizim hal qilishda yordam berishi mo’ljallangan vazifalar doirasi. Texnika darajasi bo’yicha axborot tizimlari quydagi tizimlarga bo’linadi: Dastlabki Mexanizatsiyalashgan Avtomatlashtirilgan Avtomatlashgan Dastlabki axborot tizimlarida axborotga ishlov berishning barcha jarayonlari qo’lda bajarilgan. Bunday tizimlarda axborotni qidirish uchun oddiy selektiv moslamalardan foydalaniladi. Bu qurilmalar arzon, ular bilan ishlatish uchun oliy malakali xizmat ko’rsatuvchi xodimlar talab etilmaydi. Mexanizatsiyalashgan axborot tizimlarida axborotga ishlov berish va qidirish uchun turli mexanizatsiyalshgan vositalardan foydalaniladi, ular orasida hisoblash perforatsiya mashinalari keng tarqalgandir.Mexanizatsiyalashgan axborot tizimlarida axborot eltuvchilari bo’lib perfokartalar hisoblanadi. Bunday mexanizatsiyalashgan tizimlarning texnik vositalari takibiga perforatsiya mashinalari kiradi. Ularning har biri muayyan bir vazifani bajaradi. Perforator yordamida zxborot dastlabki hujjatdan perfokartalarga o’tkaziladi. Saralovchi umumiy belgilarga ega bo’lgan perfokartalarni alohida guruhlar bo’yicha joylashtiriladi. Avtomatlashtirilgan avtomatlashgan axborot tizimlaridagi axborotni saqlash, unga ishlov berish va qidirish uchun hamda kompyuterlarda axborotni to’plash, tayyorlash va uzatish, shuningdek axborotni istemolchiga chiqarib berish bilan bog’liq operatsiyalarni bajarish uchun ham foydalaniladi. Bu tizimlar keng funksional imkoniyatlarga ega va axborotni juda katta hajmlarini saqlash va ishlov berishga qodir. Bu yerda axborot eltuvchilar kompyuterning xotira qurilmalaridir. Axborot tizimlari quyidagi ҳossalar bilan ҳarakterlanadi Har qanday axborot tizimi,tizimni tashkil etishning umumiy prinspi asosida tahlil qilinadi va boshqariladi. Axborot tizimi dinamik ko’rinishga e`ga bo’lib, rivojlanuvchi tizim hisoblanadi Axborot tizimining maxsuloti ham axborot hisoblanadi Axborot tizimini odam-kompyuter tizimi ko’rinishida tasavvur qilish lozim Axborot tizimlarini hayotda qo'llab qanday natijalar olish mumkin Matematik metod va intellektual tizimlarni qo'llab, boshqarishning optimal variantlarini olish. Tizimni avtomatlashtirish natijasida ishchilarning vazifalarini engillashtirish. Eng tog’ri axborotga ega bo'lish. Axborotlarni qog’ozda emas balki magnit yoki optik disklarda saqlash Maҳsulot ishlab chiқarish sarf ҳarajatlarini kamaytirish. Foydalanuvchilar uchun qulayliklar yaratish. Axborot tizimlarida boshqaruv tuzilmasining o'rni Axborot tizimi jamiyat va har bir tashkilot uchun quyidagilarni bajarishi lozim: Axborot tizimining tuzilmasi va uning qo'llanilish maqsadi, jamiyat va korxona oldida turgan vazifa bilan to'g'ri kelishi kerak. Masalan; tijorat firmasida – foydali biznes, davlat korxonasida ijtimoiy va siyosiy vazifalarni bajarishi kerak. 2. Axborot tizimi inson tomonidan boshqarilishi va ijtimoiy etika prinsplari asosida foyda keltirishi kerak. 3. To'g'ri, kafolatli va o'z vaqtida axborotlarni mijoz yoki tizimlarga etkazishi lozim. Hozirgai davrda turli maqsadlarga mo’ljallangan turli axborot tizimlari muvoffaqiyatli ishlab turibdi, ular foydalanuvchilarning axborot so’rovlarini qondirish uchun yo’naltirilgan. Bunday tizimlarning o’ziga xos xsusiyati shundaki ularda so’rovga muvofiq topilgan axborotdan aynan shutizimning doirasida bevosita foydanilmaydi, balki foydalanuvchiga beriladi, u olingan axborotda o’ziga zarur istalgan maqsadda foydalanadi.
•Aeroport va temir yo’l transportida joylarni oldindan band qilishning avtomatlashtirilgan tizimi ana shunday axborot-ma’lumot tizimiga misol bo’ladi. Bu tizimlar opertiv tizimlarning tipik misoli ham bo’la oladi. Chunki mtizimga har bir murojat qilish axborot fondining joriy holati o’zgarishiga olib keladi.

•Axborot- ma’lumot tizimi so’rovga muvofiq ravishda uning axborot fondida saqlanayotgan ma’lumotlar ichidan zarur axborotlarni qidirish ishlarini amalga oshiradi. Qidirish bunday tizimlarda asosiy operatsiyalardan biri hisoblanadi, shuning uchun ular axborot qidiruv tizimlari hamdir. Biznesda ishlatiladigan quydagi axborot tizimlari navjud: elektron tijorat tizimlari, tranziksiyalarni qayta ishlash (processing), boshqaruv axborot tizimlari, qarorlarni qabul qilishni qo’llab quvvatlash tizimlari. Undan tashqari bazi tashkilotlar maxsus maqsadli tizimlarni ishlatadilar: suniy intellekt, ekspert tizimlari, virtual voqealik va boshqalar. Elktron-tijorat – axoborot texnologiyalari yordamida amalga oshiriladigan tovarlarni sotish, ishlarni bajarish va xizmat kor’satish bo’yicha tadbirkorlik faoliyati. Tranzaksiya biznesga bog’liq o’zaro almashish. Masalan: masalan mijoz amalga oshirgan to’lov ,ishchiga to’langan ish haqi.Tranzaksiyalarni qayta ishlash tizimi - bu biznes tranzaksiyalarini saqlab qolish va qayta ishlash uchun foydalaniladigan odamlar, jarayonlar, dasturlar, ma'lumot bazalari va uskunalar bilan tashkil etilgan to'plamdir. Boshqaruv tizimlari turli-tuman boshqaruv va texnikiqtisodiy masalalarni hal etilish uchun mo'ljallangan. Odatda bu tizimlar korxonalar, tashkilotlar, tarmoqlar (masalan: kasalxonalar, avtomatlashgan omborlar, moddiy-texnika ta'minoti va zahira qismlarini boshqarish, kadrlarni hisobga olish va buxgalteriya hisobining axborot tizimlari) avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari (ABT) doirasida ishlaydi. Ko'pincha bu tizimlar ayrim sohalarga xizmat ko'rsatadi va mustaqil hisoblanadi, ya'ni o'zining axborot fondi, algoritmi va dasturiy ta'minotiga ega bo'ladi. Boshqaruv tizimlari integratsiyalashgan, ma'lumotlar bazasi tamoyili bo'yicha qurilgan bo'lishi mumkin. Bunday tizimlar korxonadagi aylanib yuruvchi butun axborot oqimiga ishlov beradi va korxonaning resurslaridan oqilona foydalangan holda uning bir maromda va rejali ishlashini ta'minlashga yo'naltirilgan bo'ladi. Texnik vositalar yordamida faqat axborot operatsiyalarini avtomatlashtirishga erishiladi. Bevosita qarorlar qabul qilish funksiyalarini va boshqa boshqaruv operatsiyalarini odamning o’zi bajaradi. Shuning boshqaruv tizimlari odatda alohida xizmatlar va korxona rahbariyatiga turli ma’lumotlar va hisobot shakllarini berishga yo’natirilgan bo’ladi. Demak, boshqaruv tizimlari bir vaqtning o’zida axborotma’lumot tizimlarining vazifalarini ham bajaradi. Bu tizimda so’rovlar odatda doimiy va reglamentli xarakterga ega bo’ladi. Axborot tizimi bu so’rovlarni amalga oshira borib, nazorat qilinadigan jarayonlarning holati to’g’risidagi axborotga muntazam ravishda (har kuni har hafta va h.k) ishlov berish natijasida ma’lumot shakllarining muayyan ro’yxatini beradi, shuningdek boshqa turdagi so’rovlarga ham xizmat ko’rsatadi.


• Axborot-hisoblash tizimlarida saqlanayotgan axborotdan turli hisoblash operatsiyalari bilan bog'liq vazifalarni hal qilish uchun foydalaniladi. Bunday vazifalarga statistik hisobot va tahlil, ob-havo va konlarni prognozlash, tashhislash (kasalliklarga tashhis qo'yish, uskunalarning nosozliklari sabablarini aniqlash) kabilar kiradi. Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari (ALT) doirasida ishlaydigan axborot tizimlarini ham axborot-hisoblash tizimlariga kiritish mumkin. Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari asbobsozlik va mashinasozlik, radioelektronika va kemasozlikda turli loyihalar hisob-kitoblarini bajaradi, elementlar, sxemalar, qurilmalarning parametrlarini maqbullashtirish vazifalarini hal qiladi. Hisoblash tizimlarining funktsiyalari axborot tizimlarining boshqa turlariga ham xos bo'lishi mumkin. Axborot-mantiqiy tizimlar boshqa tizimlardan farqli o'laroq ilgari bevosita shaklda tizimga kiritilmagan, balki tizimdagi mavjud axborot massivlarini mantiqiy tahlil qilish, umumlashtirish, ma'lumotlarni qayta ishlash asosida ishlab chiqiladigan axborotni bera oladi. Bunday tizimlar muayyan darajada mutaxassistadqiqotchi mehnatining o'rnini bosib, ilmiytadqiqot masalalarini hal qilishi mumkin. Ularni ba'zan intellektual tizimlar deb ataydilar, chunki ularni ishlab chiqishda sun'iy intellekt nazariyasi qoidalaridan foydalaniladi. Har qanday ixtiyoriy so’rovlarni amalga oshira oladigan tizimlar foydalanuvchilar uchun katta imkoniyatlar ochib beradi. So’rovlarni shaklantirish uchun tizim so’rovlar tiliga, ularni tuzish qoidalariga ega bo’lishi kerak. Foydalanuvchining tizim bilan muomilasi insonning mashina bilan muloqoti shaklidagi muomilasidan qulaydir. Bunda foydalanuvchi olinayotgan axborot bilan tanishib o’z sorovini tuzatish imkoniyatiga ega bo’ladi. Shuni qayd etib o’tish zarurki, har qanday muayyan axborot tizimi tizimlarning alohida ajratib ko’rsatilgan turlariga xos bo’lgan xsusiyatlar majmuyi bilan tacsiflanishi mumkin. Shu bilan birga axborot tizimlarini qo’llanilish sohasiga bog’liq holda tizimning o’zigagina xos xsusiyatlarga ega bo’ladi.
Download 19,37 Kb.




Download 19,37 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yakuniy chiqish Topshiriq savollari

Download 19,37 Kb.