Yalpi majlis davomida Oʻzbekistonning unesco bilan hamkorligining bugungi holati hamda uni rivojlantirish istiqbollariga ham toʻxtalib oʻtildi




Download 1,08 Mb.
Sana23.01.2024
Hajmi1,08 Mb.
#143937
Bog'liq
Tadbirning yalpi majlisida UNESCO bosh direktori Odri Azule tashkilot faoliyati haqida soʻz yuritar ekan



Tadbirning yalpi majlisida UNESCO bosh direktori Odri Azule tashkilot faoliyati haqida soʻz yuritar ekan, kelgusi yil ikkinchi muddatga UNESCO Bosh direktorligiga oʻz nomzodini ilgari surish istagi haqida rasman eʼlon qildi. UNESCOʻning Oʻzbekistondagi milliy komissiyasi raisi, Bosh vazir oʻrinbosari Aziz Abduhakimovning soʻzlariga koʻra, yalpi majlisda mamlakatimizning UNESCOʻdagi doimiy vakolatxonasi vakili ham ishtirok etib, Oʻzbekiston tomon Odri Azule nomzodini qoʻllab-quvvatlashini maʼlum qilgan.

Oʻzbekiston tomoni UNESCO Bosh direktorining ikkinchi muddatga saylanishga oid tashabbusini maʼqullashi va 2021-yilning noyabr oyida bosh konferensiya 41-sessiyasi doirasida boʻlib oʻtadigan saylovlarda uning nomzodini toʻliq qoʻllab-quvvatlashi taʼkidlandi. Odri Azule Tashkilotni samarali va professional tarzda boshqarib, xalqaro hamjamiyatni murakkab damlarda, jumladan, bugungi pandemiya sharoitida oʻzaro muloqot, anglashuv va tinchlikni targʻib qilish orqali birlashtira olgani alohida qayd etildi. Tadbir doirasida mamlakatimizning UNESCOʻdagi vakili Tashkilot toʻgʻri yoʻlda ekanligi hamda Oʻzbekiston kelgusida ham uning shu yoʻsinda rivojlanishi tarafdori ekani qoʻshimcha qilgan. Xususan, Azulening maʼruzasida ilgari butun dunyoda taʼlim, ilm-fan, texnologiyalar va axborot olish koʻlamini yana-da kengaytiruvchi, shuningdek atrof-muhit bilan yana-da xavfsiz va samarali muloqot qilish usullarini ishlab chiqishni hamda insonning asosiy huquqlarini targʻib qilish orqali adolatli va tinchliksevar jamiyatni yaratishga doir saʼy-harakatlarni qoʻllab-quvvatlashni nazarda tutuvchi strategik maqsadlar surilgan takliflari alohida eʼtirof etildi.

Yalpi majlis davomida Oʻzbekistonning UNESCO bilan hamkorligining bugungi holati hamda uni rivojlantirish istiqbollariga ham toʻxtalib oʻtildi. Jumladan, Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2018-2019-yillarda Parij va Samarqand shaharlarida Odri Azule bilan uchrashuvi ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish va uni aniq mazmun bilan boyitishga katta turtki bergani taʼkidlandi. Xususan, Oʻzbekiston tashkilotning soʻz erkinligini himoya qilish, axborot olish imkoniyatini kengaytirish va jamiyatda mustaqil ommaviy axborot vositalarining rolini mustahkamlash borasidagi tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlaydi. Kelgusi yilda Oʻzbekiston Respublikasi BMT Bosh Assambleyasining tegishli qarori qabul qilinganidan keyingi Xalqaro axborotdan erkin umumfoydalanish kuniga bagʻishlangan birinchi UNESCO umumjahon konferensiyasiga mezbonlik qilishiga alohida urgʻu berildi. Shu bilan birga, Tashkilotning Taʼlim sektoriga soʻnggi yillarda yangi loyihalar toʻplamini birgalikda ishlab chiqib, yoʻlga qoʻygani uchun alohida minnatdorchilik bildirildi. Ishtirokchilarning eʼtibori, shuningdek, milliy va mintaqaviy darajalarda ijtimoiy hamjihatlikni mustahkamlash va jamiyatning barqarorligini oshirish uchun Oʻzbekiston tomonidan madaniy ifodalashning turli shakllarini rivojlantirish boʻyicha olib borilayotgan saʼy-harakatlarga qaratildi.

Shu oʻrinda UNESCO rahbariyatiga Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2021-yilda Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan Xiva shahrida “Markaziy Osiyo sivilizatsiyalar chorrahasida” xalqaro madaniy forumini oʻtkazish tashabbusini qoʻllab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirildi. Tadbir yakuniga koʻra, mamlakatimizning noyob moddiy va nomoddiy madaniy merosini targʻib qilish sohasida Oʻzbekiston tomonning Tashkilotga aʼzo davlatlar va UNESCO Kotibiyati bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirishga tayyor ekanligi qayd etildi. Oʻzbekiston vakili “Baxshi sanʼati”ni Insoniyatning nomoddiy madaniy merosining Reprezentativ roʻyxatiga kiritish va “Ipak yoʻli: Zarafshon-Qoraqum yoʻlagi” transmilliy faylini Jahon merosi roʻyxatiga kiritish masalasida hamkorlarning qoʻllab-quvvatlashiga katta ishonch bildirishini taʼkidladi.
Download 1,08 Mb.




Download 1,08 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yalpi majlis davomida Oʻzbekistonning unesco bilan hamkorligining bugungi holati hamda uni rivojlantirish istiqbollariga ham toʻxtalib oʻtildi

Download 1,08 Mb.