|
YANGI OʻZBEKISTON TALABALARI
|
bet | 2/3 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 69,04 Kb. | | #229569 |
Bog'liq Tarbiya fani ped tex (1)1-JILD, 5-SON (YOʻTA) 57
YANGI OʻZBEKISTON TALABALARI
AXBOROTNOMASI www.in-academy.uz
texnologiyalarni joriy etish,o'qitishning sifat-samaradorligini ta'minlash,qisqa vaqt ichida ko'proq ma'lumot yetkazish,o'qituvchi va o'quvchi o'rtasidagi axborot almashinuvini tezlashtirish va amaliy faoliyatning samaradorligini ta'minlash imkoniyatini beradi.
Zamonaviy ta'limni tashkil etishga qo'yiladigan muhim talablardan biri qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir.Bunda o'quvchilarga muayyan bilimlarni yetkazib berish,ular faoliyatini nazorat qilish va egallangan bilim,ko'nikma,malakalarni baholashga alohida e'tibor beriladi.Fanni o'qitishda o'qituvchi-pedagogning mahoratini oshirishning o'ziga xos xususiyatlari mamlakatimiz va xorijiy mamlakatlarda chop etilayotgan pedagogik texnologiyalar va uzluksiz tarzda kuzatib borishdan iborat. Ta'lim tizimining moddiy-texnik bazasini boyitish va zamonaviy texnologiyalar bilan ta'minlashni davrning o'zi taqozo etmoqda.
Tarbiya fanini o'qitishda didaktik o'yinlardan foydalanish ta'lim jarayonida o'quvchilarni o'qitish,tarbiyalash va kamol toptirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Didaktika-ta'lim nazariyasi hisoblanadi. Didaktik o'yinlar esa o'quvchilarning ijodiy ish faoliyatini kuchaytiradi,ixtiyoriy diqqatini jamlashga yordam beradi,shuningdek xotirani takomillashtiradi.Didaktik o'yin jarayonida o'quvchilar o'zlari sezmagan holda juda ko'p harakatlarni,mashqlarni bajaradilar,turli masalalarni yechadilar.
Didaktik o'yinning tarbiyaviy maqsadi-mustaqillik irodani tarbiyalash,muayyan yondashuvlar,nuqtai-nazarlar,ma'naviy estetik va dunyoqarashni shakllantirishdagi hamkorlikni jamoaga kirib keta olishni,kammunikativlikni tarbiyalashga qaratilgan bo'ladi. O'yinli texnologiyalar turli shaklda bo'lsada,ularning barchasi o'z mazmuniga ko'ra yagona maqsad sari yo'naltirilgan,ya'ni ular o'quvchilarning nazariy bilimlarini chuqurlashtirish,kengaytirish,egallangan nazariy bilimlardan amaliyotda mustaqil va samarali foydalana olish ko'nikmalarini hosil qilish,ularni ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni uyushtirishga tayyorlash,ijtimoiy faollikni shakllantirish,yetuk axloqiy sifatlarni tarkib toptirish,teran va sog'lom fikr,keng dunyoqarash egasi bo'lgan komil inson shaxsini kamol toptirishdan iborat vazifani hal etadi.O'qituvchi-pedagog avval o'quvchilarni individual,so'ngra guruhli o'yinlarga tayyorlashi va uni o'tkazishi o'yin muvaffaqiyatli chiqqandan so'ng esa,ularni ommaviy o'yinlarga tayyorlashi lozim. Chunki,o'quvchi didaktik o'yin mashg'ulotlarida faol ishtirok etishlari uchun zaruriy bilim,ko'nikma va malakalarga ega bo'lishlari,guruh jamoasi o'rtasida hamkorlik hamda o'zaro yordam vujudga kelishi lozim.
Davlatimiz tomonidan ta'lim sohasiga o'quvchilarning intellektual salohiyati,mustaqil va ijodiy fikrlash qobiliyatlari tafakkurini rivojlantirish,egallangan bilimlarini amaliyotda qo'llay olishlari,amaliy ko'nikma va malakalarini hosil etishga katta e'tibor berilmoqda. Ushbu vazifani amalga oshirish uchun o'quv-tarbiya jarayonining barcha imkoniyatlari,pedagogik texnologiya va axborot texnologiyalari didaktik vosita va usullaridan samarali foydalanish zarurati davlat ta'lim siyosatida muhim o'rin tutadi. Umumta'lim maktablari ta'lim tizimidagi didaktik o'yinlar yangi o'quv materialini o'zlashtirishga,mustahkamlashga,o'quvchining ijodiy qobiliyatini rivojlantiruvchi umummilliy ko'nikmalarini shakllantiruvchi masalalar majmuini yechishga qaratiladi.
|
| |