Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz




Download 18.27 Kb.
Sana06.09.2022
Hajmi18.27 Kb.
#25607
Bog'liq
;;;
Лидер 2014, Tarmoq havsizligi mustaqil ishi2, chiziqli, labaratoriya-1

Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz

Jonajon Vatanimiz – O‘zbekiston Respublikasi o‘zining davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgani va mustaqil taraqqiyot yo‘lini boshlaganiga 31 yil to‘ldi. Istiqlol el-yurtimiz uchun o‘z taqdirining haqiqiy egasi bo‘lib, qadr-qimmatini anglab, munosib hayot kechirish, yurtimizda huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish imkoniyatini yaratdi. Ayni paytda u har bir odamning iqtisodiy, ijtimoiy sohalarda iste’dod va qobiliyatini to‘la namoyon etishi, huquq va erkinliklarini ro‘yobga chiqarishining mustahkam zaminidir.


Mustaqillik yillarida ko‘hna tariximiz, boy merosimiz, milliy davlatchiligimiz, muqaddas dinimiz, urf-odat va an’analarimiz qayta tiklandi. Bugungi kunda mehr-oqibat, bag‘rikenglik hamjihatlik kabi olijanob fazilatlar, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat, Vatan taqdiri va kelajagiga daxldorlik tuyg‘usi yuragimizning tub-tubidan o‘rin oldi.
Mamlakatimiz mutaqilligining 31 yilligini nishonlash arafasida, o‘tgan davr mobaynida bosib o‘tilgan murakkab yo‘limizga yana bir bor nazar tashlash, mustaqil taraqqiyotimiz davomida amalga oshirilgan ishlar, erishgan natijalarni xolisona baholash va ularning mohiyati va ahamiyatini keng jamoachilik, butun xalqimizning ongi shuuriga yetkazish maqsadga muvofiqdir.
Yoshlarni madaniyat, san'at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb qilish, ularning axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish, kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirishga qaratilgan 5 ta muhim tashabbus hayotga samarali tatbiq etilmoqda.
Ushbu islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini xalqimizga yetkazish, targ‘ibot tadbirlarini mahallalar bo‘yicha o‘tkazish, aholi kayfiyatini ko‘tarish maqsadida “Yangi O‘zbekiston – yangicha dunyoqarash” ma'naviy-ma'rifiy targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish rejalashtirilgan. Targ‘ibot tadbirlarini yil davomida o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita va Respublika shtabi ish boshladi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish ishlarini mahallalarda tashkil etish bo‘yicha Respublika shtabining 7 yo‘nalish bo‘yicha ishchi guruhi tuzildi. Ularga targ‘ibot guruhlari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish, targ‘ibot materiallarini tayyorlash va yetkazish, oliy ta'lim muassasalari tomonidan mahallalarda targ‘ibot ishlarini tizimli olib borish kabi vazifalar yuklatildi. Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi “Ma'rifat” targ‘ibotchilar guruhi va Yozuvchilar uyushmasi a'zolari, siyosatchilar, olimlar, madaniyat arboblari, san'atkorlar, psixologlar hamda yoshlardan iborat Respublika targ‘ibot guruhlari tashkil etildi. Sohaviy yo‘nalishlar bo‘yicha 14ta hududiy targ‘ibot guruhi shakllantirildi.

Darhaqiqat, istiqlol tufayli o‘zligimizni angladik, ozod xalq, mustaqil davlat sifatida O‘zbekistonning bor bo‘y-bastini, ulkan salohiyatini butun dunyoga namoyon qilish imkoni ochildi. Ozodlik bois bizni jahon tanidi, xalqimizning fidokorona mehnati, yoshlarimizning g‘ayrati, azmu shijoati ila vatanimizning shon-shuhrati olam uzra yanada kengroq yoyilmoqda. Hurriyat bergan beqiyos imkoniyatlar negizida ertangi kunimiz - erkin va farovon kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan bunyod etmoqdamiz.


“Mustaqillik” va “islohot” tushunchalariga mushtarak so‘zlar sifatida qarashimiz tabiiy, albatta. Chunki faqat mustaqil davlat va mustaqil jamiyatdagina islohotlarni amalga oshirish mumkin. Mustaqillik ham, islohotlar ham insonning yaxshi yashashi, munosib turmush darajasiga erishishi uchun zarur sharoit yaratdi. Mamlakatimizda mustaqillik yillarida olib borilgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida milliy davlatchiligimiz poydevori mustahkamlanib, davlatimiz suvereniteti, chegaralarimiz daxlsizligi ta’minlandi, jamiyatimizda tinchlik va osoyishtalik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik muhitini kuchaytirish, qonun ustuvorligi, inson huquq va erkinliklari hamda manfaatlarini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha ulkan ishlar amalga oshirildi.
Iqtisodiyotda ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan eski boshqaruv tizimidan voz kechib, bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o‘tilgani, pul-kredit siyosati puxta o‘ylab olib borilgani, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, fermerlik harakati uchun yo‘l ochib berilgani makroiqtisodiy barqarorlikni, iqtisodiyotning yuqori sur’atlar bilan rivojlanishini ta’minlash, inflyatsiyani prognoz ko‘rsatkichlari darajasida saqlab qolish, eng muhimi, xalqimizning hayot sifati darajasini oshirishda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lmoqda.
Ayni vaqtda mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘lining chuqur tahlili bugungi kunda jahon bozorida kon’yunktura o‘zgarib, raqobat tobora kuchayib borayotganini har tomonlama hisobga olishni, shu asosda davlatimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha strategik yondashuv va tamoyillarni ishlab chiqish va amalga oshirishni taqozo etmoqda.

Bunga muvofiq davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning 5ta ustuvor yo‘nalishi keltirilgan:


- demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish;
- qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish;
- iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish;
- ijtimoiy sohani rivojlantirish;
- xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlardir.
Ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo‘naltirilgan aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirib borish, ijtimoiy himoya va sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, arzon uy-joylar barpo etish, yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish bo‘yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, ta’lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’at va sport sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish;
Farmon bilan 2017−2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Milliy komissiya, shuningdek ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish bo‘yicha komissiyalar tashkil etildi.
Har qanday g‘oya, agar u kelajakka bo‘lgan ishonchni mustahkamlasa, jamiyatning kuchi va resurslarini jalb qila olsagina, muvaffaqiyatga erishishi mumkin. Shuni g‘urur bilan aytish joizki, aholi turli qatlamlari bildirayotgan fikr-mulohazalar, takliflar Harakatlar strategiyasi loyihasi xalqimizning yaratuvchanlik salohiyatini yanada keng ro‘yobga chiqarib, odamlarimizni shijoat bilan ezgu maqsadlar yo‘lida birlashtirishga qodirligini ko‘rsatdi.
Do'ppingizni ko'kka oting, 
Orzu osmoniga yeting. 
Ozod yurtni obod eting, 
Bugungi kun baxtdan darak, 
mustaqillik kun muborak. 
*****
Madh etgancha sho'x ovozing
Qadamlarni dadil bosing, 
Parvoz uzra, qanot yozing. 
Yoshlardur buyuk kelajak,
mustaqillik kun muborak. 
*****
O'zbek eli o'ziga bek, 
Yaxshi yomon kunlar ko'rdik. 
Baxt ostonasiga keldik
Bugungi kun eltar ko'prik, 
Mustaqillik kun muborak.
Download 18.27 Kb.




Download 18.27 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz

Download 18.27 Kb.