|
Yaratilgan: Ангрен 2005 йил. Kategoriya: Педагогика Bo'lim
|
bet | 26/44 | Sana | 18.03.2021 | Hajmi | 0,5 Mb. | | #13258 |
TAYANCH TUSHUNCHALAR
Diqqatning ko`chishi - sub’ektning bir faoliyatdan ikkinchi faoliyatga, bir ob’ektdan ikkinchi ob’ektga, bir harakatdan ikkinchi harakatga ataylab o`tishida namoyon bo`ladi.
Diqqatning buzilishi - parishonxotirlikdir.
Barqarorlik, jadal diqqatni saqlab turishning davomiyligi bilan belgilanadi.
Diqqatning taqsimlanishi - ikkita va undan ko`proq faoliyat turlarining (bir qancha harakatlarining) ayni bir vaqtning o`zida (birga qo`shib) muvaffaqiyatli bajarish imkoniyati bilan bog`liq xususiyatdir.
Xotira – esda olib qolish, esda saqlash, esga tushirish va unitishda namoyon bo`ladigan aqliy faoliyat.
Harakat xotirasi – esda olib qolish, esda saqlash va esga tushirishlar harakat bilan bog`liq bo`lgan xotira turidir.
Emotsional xotira – his-tuyg`uga asosilangan xotiradir.
Obraz xotira – tasavvurlar, tabiat hayotiga bog`langan xotira.
|
| |