Yarim o‘tkazgich materiallar va ulardagi o‘tkazuvchanlik xossalari




Download 85.19 Kb.
bet1/3
Sana20.04.2022
Hajmi85.19 Kb.
#20039
  1   2   3
Bog'liq
elektronika mustaqil ish
РИВОЯТЛАРНИНГ САНЪАТ АСАРЛАРИДАГИ ТУТГАН УРНИ ВА, FarPI Azimjon ELEKTR YORDAMIDA TOLA HOSIL QILISH JARAYONLARI, kengash, Taqriz, ОЛДИ СОТДИ ШАРТНОМА 1235

Yarim o‘tkazgich materiallar va ulardagi o‘tkazuvchanlik xossalari
Yarim o‘tkazgichlar va dielektriklar fizikasi hozirgi zamon fizikasining eng asosiy qismi bo‘lib, uning yutuqlari asosida asbobsozlik, radiotexnika va mikroelektronika sohalari rivojlanadi. Yarim o‘tkazgichlar elektr o‘tkazuvchanligi bo‘yicha metallar bilan dielektriklar oralig‘idagi moddalar guruhiga kiradi va T=0 da ularning valent zonasi elektronlar bilan band bo‘lib taqiqlangan zonasining kengligi katta emas (1eV). Atom elektron buluti bilan o‘ralgan yadrodan tashkil topgan.
Yarim o‘tkazgichlarga shunday materiallar kiradiki, ularning xona haroratidagi solishtirma elektr qarshiligi 10-5 dan 1010 om sm gacha bo‘ladi. (yarim o‘tkazgichli texnikada 1 sm3 hajmdagi materialning qarshiligini o‘lchash qabul qilingan). Yarim o‘tkazgichlar soni metall va dielektriklar sonidan ortiq, juda ko‘p hollarda kremniy, arsenid galliy, selen, germaniy, tellur va har xil oksidlar, sulfidlar va karbidlar kabi yarimo‘tkazgich materiallardan foydalaniladi.
Yarim o‘tkazgich materiallarining elektrofizik xususiyatlarini o‘rganish asosida yangi fizik asboblar yaratish imkoniyati tug‘iladi. Ayniqsa, qattiq jismlar fizikasining yarim o‘tkazgichlar fizikasi qismini o‘rganadigan materiallar asosida hozirgi zamon talablariga javob beradigan fizik asboblar va qurilmalar yaratiladi.
Elementar yarim o‘tkazgich bo‘lgan kremniy va germaniy elementlaridan, shuningdek murakkab strukturali yarim o‘tkazgichlar xususiyatlarini o‘rganish, ularning tashqi ta’sir ostida xususiyatlari o‘zgarishini kuzatish orqali ham kerakli xossalarga ega bo‘lgan asboblar yaratish imkoniyati tug‘iladi.
Ayniqsa, kremniy elementi kristallidan asbobsozlik va mikroelektronikada juda ko‘p qo‘llaniladi. Shuning uchun ham bu elementning elektrofizik, mexanik, optik va boshqa xususiyatlarini o‘rganish katta ahamiyatga egadir. Tashqi ta’sir: nurlanish, bosim, deformasiya va boshqa ta’sirlarda kremniyning xususiyatlari o‘zgarishini o‘rganish dolzarb muammodir.
Yarim o‘tkazgich bo‘lmish kremniyda erkin zaryad tashuvchilar (elektronlar va kovaklar) konsentrasiyasi (p,r), harakatchanlik (Mr,Mp) ni o‘lchashning bir qancha usullari mavjud. U yoki bu usulning qo‘llanilishi ularning meterologik tavsifiga, o‘lchanayotgan kattaliklarni tushuntirish ma’lumotlarga boyligi, o‘lchash usullarining fizik asoslari, namunaning elektrofizik xossalari, geometrik shakli va o‘lchamlariga bog‘liq. Bularning hammasi Xoll effektiga asoslangan usuldir. Bu usul bilan kremniy namunasidan pmp ni o‘lchashdan tashqari, elektr o‘tkazuvchanligini ham aniqlash mumkin.
Kremniy Si (Silicimin) Mendeleyev davriy sistemasidagi IV-gruppa elementi, atom nomeri 14, atom massasi 28,0856 bo‘lib, metallmaslar guruhiga kiradi. Binobarin, uning yakka atomida 14 ta elektroni bo‘lib, 10 tasi mustahkam ichki qobig‘da 5 ta sathni to‘ldirgan, qolgan 4 tasi ikkita tabiiy kremniy 3ta stabil izotopdan 2814 Si (92,28 %), 2914 Si (4,67 %), 30 14 Si (3,05%) va ikkita radiaktiv izotopi 27 14 Si (+ , 4.9s), 31 14 Si(-, 170 min) dan iborat.
Elektron strukturasi – 1S2 2S2 2P6 3S2 3P2 ga teng.
Kremniy Si atomining kristalli kimyoviy radiusi 0,134 nm, Si+4 ionining radiusi 0,039 nm. Kremniy Si tomonlari markazlashgan kub fazoviy panjara shaklida kristallashadi va bu kubning panjara doimiysi =0,54304 nm. Kremniyning zichligi -2,328 g/sm3 , erish temperaturasi 14150S, issiqlik sig‘imi - 20,1kj/mol∙K, erish issiqligi-49,8 J/m∙Mol, bug‘lanish issiqligi -355 kj/mol.

Download 85.19 Kb.
  1   2   3




Download 85.19 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yarim o‘tkazgich materiallar va ulardagi o‘tkazuvchanlik xossalari

Download 85.19 Kb.