Yarim o'tkazgichli asboblar book · June 023 citations reads 1,469 authors




Download 1,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana18.02.2024
Hajmi1,16 Mb.
#158514
1   2   3   4   5
Bog'liq
Darslik

Taqrizchilar:
 
 
 
t.f.d., prof. L.K. Mamadaliyeva 
 
 
 
 
 
 
 
t.f.n., dots. X.M. Xalilov 
 
ISBN: 978-9943-8245-7-7
 
Farg‘ona “Classic” - 2022
 
 
 
 
 
 
Kasimaxunova A.M., Karimov B.X., Atajonova S.B. 



SO‘Z BOSHI 
Yarim o‘tkazgich materiallari asosida tayyorlangan asboblar va 
qurilmalar elektrotexnika, elektronika, mikroelektronika, kompyuterlar
aloqa, energiyani bip turdan ikkinchi turga aylantirish, sanoat, transport, 
maishiy hizmat soxasi, qishloq xo‘jaligi va jamiyat faoliyatining boshqa 
sohalarida keng qo‘llanilmoqda. 
Hozirgi kunda mamlakatimizda yarim o‘tkazgichli asboblar fizikasi 
yo‘nalishlari bo‘yicha Fanlar akademiyasi institutlari hamda oliy o‘quv 
yurtlarining laboratoriyalarida samarali ilmiy-amaliy tadqiqotlar jahon 
fani saviyasida olib borilmoqda.
O‘zbekistonda elektronika sanoati mavjud bo‘lib, u boshqa 
sanoatlar kabi tez taraqqiy etmoqda. Elektronika sanoatining yanada 
rivojlanishi uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash muhim omil 
hisoblanadi. 
Malakali 
mutaxassislar 
tayyorlashda, 
albatta, 
adabiyotlarning ahamiyati juda muhimdir. 
Hozirgi kunda yarim o‘tkazgichli asbob fizikasi, texnikasi va 
texnologiyasi bo‘yicha o‘zbek tilida nashr etilgan zamonaviy adabiyotlar 
kam. 
Biz yuqoridagi masalani bartaraf qilish va yarim o‘tkazgichli 
asboblar fanini o‘qitishda o‘z hissamizni qo‘shish maqsadida
o‘zimizning ko‘p yillik ilmiy, pedagogik tajribamizga asoslangan holda 
yarim o‘tkazgichli asboblar fani bo‘yicha darslik ishlab chiqdik. 
Bizning darslik, asosan, mexatronika va robototexnika, avtomatika, 
elektronika va energetikada keng qo‘llaniladigan yarim o‘tkazgichli 
asboblar haqidagi ma’lumotlarni qamrab olgan. 
Yarim o‘tkazgichli asboblar fizikasi yarim o‘tkazgich materiallar 
fizikasiga asoslanadi. Shu boisdan, ushbu darslikda yarim o‘tkazgichli 
materiallar fizikasining asosiy tushunchalari haqidagi ma’lumotlar o‘rin 
olgan.
Ma’lumki, yarim o‘tkazgichli asboblar qurilma zanjirlariga metall 
kontaktlar orqali ulanadi. Ular tokni to‘g‘irlamaydigan (omik) kontakt 
bo‘lishi zarur. SHu sababli, omik kontaktlarga qo‘yiladigan talablar va 
ularni tayyorlash masalalariga alohida e’tibor berilgan. 


202 

Download 1,16 Mb.
1   2   3   4   5




Download 1,16 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yarim o'tkazgichli asboblar book · June 023 citations reads 1,469 authors

Download 1,16 Mb.
Pdf ko'rish