• Тranzistorlarning tuzilishi va ishlash jarayoni, dinistorlar, volt-amper tavsifi
  • Umumiy emitter sxemasi bilan ulangan tranzistorlarning parametrlari va tavsifi




    Download 186.27 Kb.
    bet3/4
    Sana25.04.2022
    Hajmi186.27 Kb.
    #20294
    1   2   3   4
    Bog'liq
    Yarimo‘tkazgich asboblar yarimo‘tkazgichlar va ularning xossalar
    2 5215306284189880799, Задание № 2, 5, Namuna, Sanoat ekologiyasi fanining qisqacha tarihi, maqsad va vazifalari., 2 5463224926230032950, Juldız. San kategoriyası 1, квадрат мат дет, SVODKALASH VA GURUHLASH, materiya, a34, 19830738-1df1-4b7c-88e9-f4ad4c78f505, Yakuniy nazorat savollari, 2a766bee-e0d1-4600-997c-bf6c9084263c
    Umumiy emitter sxemasi bilan ulangan tranzistorlarning parametrlari va tavsifi
    Umumiy emitter bilan ulangan sxemalarda kirish va chiqish zanjirlari uchun umumiy elektrod tranzistorning emitter hisoblanadi (2.21-rasm). Umumiy emitterli sxemalar juda ko‘p tarqalgan. Shuning uchun umumiy emitterli sxemalar uchun


    tranzistorlarning statik tavsiflarini o‘rganishga alohida e’tibor berish kerak. Kirish toki bunday sxemalarda — baza toki, chiqish toki — kollektor toki hisoblanadi. 2.22-rasmda MP41 tranzistorining ishlash diagrammasi keltirilgan. Shundan kelib chiqib, umumiy emitter sxemalarida kirish tavsiflari bo‘lib baza tokining Ib kuchlanishdan Ube bog‘liqligi hisoblanadi, bunda: Uke = const bo‘ladi. Baza toki Ib absolut miqdori bo‘yicha doimo emitter tokidan ancha kichik bo‘ladi. Umumiy emitter bilan ulangan sxemalarning umumiy baza bilan ulangan sxemalardan farqi, unda kirish emitter toki bo‘ladi.


    Umumiy emitter bilan ulangan sxemalar uchun tranzistorning chiqish tavsifi deb, baza tokining Ib bir necha belgilangan qiymatlar olingan, kollektor tokining Ik kuchlanishga Uke bog‘liqligiga aytiladi (2.23-rasm). Umumiy emitter bilan ishlovchi sxemalar uchun tranzistorning muhim parametri quyidagi koeffitsiyent bilan aniqlanadi:

    Umumiy emitter bilan ulangan sxemalarda tokka katta zo‘rlik beriladi.


    Тranzistorlarning tuzilishi va ishlash jarayoni, dinistorlar, volt-amper tavsifi
    Endi tranzistorlarning ishlash tartibini eng ko‘p tarqalgan umumiy emitter sxemasi bilan ulangan tranzistorlarda ko‘rib chiqamiz. Bu 2.24-rasmda keltirilgan. Eke manba chiqish zanjiriga ulangan, elektron lampalar sxemasida Ea manbaga to‘g‘ri keladi. EYK Eke manba energiyasi hisobiga kirish signali Ukir. quvvati kuchayishi sodir bo‘ladi. EYK Ebe manba elektron lampalarning kuchaytiruvchi sxemalarida to‘rli surilish manbayiga to‘g‘ri keladi, uning yordamida dinamik tavsifda va nagruzka liniyasida boshlang‘ich A' va A ishchi nuqta belgilanadi. Ukir. = 0 bo‘lganda, baza zanjirida Ibo tinch tok oqa boshlaydi, u kollektor zanjirida Iko tokini chaqiradi. Iko toki Ibo baza tokiga to‘g‘ri kelib, chiqish tavsifi bilan nagruzka liniyasi kesishish nuqtasi bilan aniqlanadi. Kirishda o‘zgaruvchan kuchlanish Ukir. paydo bo‘lishi bilan, baza toki Ib.max dan Ib.min gacha atrofida o‘zgaradi, bu dinamik tavsifda va nagruzka liniyalarida B'C' va BC uchastkalar bo‘yicha ishchi nuqtalarning ko‘chishiga olib keladi.
    Тranzistorlar epitaksial, plaxarva polevoy bo‘ladi. Polevoy tranzistorlar odatdagi tranzistorlardan ta’sir etish prinsipi bilan farq qiladi. Polevoy tranzistorning chiqish zanjirida elektr-teshik o‘tishi yo‘q, shuning uchun ularni injek- siyasiz tranzistorlar guruhiga kiritiladi. Polevoy tranzistorning statik volt-amper tavsifi 2.25-rasmda ko‘rsatilgan. Undan ko‘rinib turibdiki, tavsifning katta kuchlanishlarida Us kanalning zaryad tashuvchilar tomonidan to‘yinishi sababli gorizontal bo‘lib qoladi. Polevoy tranzistorlar 150 mHz gacha bo‘lgan tebranishlarda yaxshi ishlaydi.



    Download 186.27 Kb.
    1   2   3   4




    Download 186.27 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Umumiy emitter sxemasi bilan ulangan tranzistorlarning parametrlari va tavsifi

    Download 186.27 Kb.