QATNOV USTIDAN BO‘LGAN ORALIQ




Download 0.56 Mb.
bet2/3
Sana16.05.2023
Hajmi0.56 Mb.
#60211
1   2   3
Bog'liq
4-qayta topshirish
Jahongir PTA, 1, 4-amaliy ish 4s, 4-lab, LABORATORIYA MAShG, Хаёт фаолияти хавфсизлигининг назарий асослари, психологик паспорт лотин - копия, 15, TDTU o\'quv auditoriyalari uchun optimal korparativ tarmoqlarni tahlil, 5.1, Металларга резба кесиш , diplom ishi yakuniy ish (2) (2)
2. QATNOV USTIDAN BO‘LGAN ORALIQ
QURILMALAR.
Zamonaviy, qatnovi ustidan, harakat yog‘och ko‘ndalang to‘sinlar ustida bo‘lgan bir izli temir yo‘l oraliq qurilmalari ko‘ndalang kesimda bo‘ylama va ko‘ndalang bog‘lamalar bilan birlashtirilgan ikki tavr kesimli payvandlangan bosh to‘sinlarga ega.
Yog‘och ko‘ndalang to‘sinlar ustida joylashgan ko‘prik polotnosi pozdlarning yuqori tezlikda tekis harakatini, Shuningdek harakatchan tarkib izdan chiqsa poez g‘ildiraklarining o‘tishini ta’minlaydi.
Ko‘ndalang to‘sinlar yoki ko‘prik bruslari antiseptik Shimdirilgan sosna, listvennitsa va boshqa yog‘och turlaridan tayyorlanadi. Bruslar kesimi o‘lchamlari bosh to‘sinlar orasidagi masofaga bog‘liq holda qabul qilinadi. Masalan, bosh to‘sinlar orasidagi masofa 2 metrgacha bo‘lganda bruslar kesimi 20 x 24 sm, masofa 2,3 – 2,5 metr bo‘lganda 24 x 30 sm qilib tanlanadi. Bruslar uzunligi 3,25 metrdir. Ko‘prik bruslari to‘g‘ridan–to‘g‘ri to‘sinlar belbog‘lari ustiga oralaridagi ochiq masofa 10 sm dan katta va 15 sm dan kichik qilib joylashtiriladi. Agar bruslar orasidagi ochiq masofa ko‘rsatilganlardan kichik bo‘lsa bruslarni shamollatish va almashtirishni, to‘sin belbog‘larini esa tozalash va bo‘yashni qiyinlashtiradi. Bruslar orasidagi ochiq masofa ko‘rsatilganlardan katta bo‘lganda relsdan chiqqan g‘ildiraklarning zarbi keskin bo‘ladi, bu esa bruslarni siljishiga, sinishiga va natijada ko‘prikdagi poezdning ag‘anashiga olib kelishi mumkin.

Rasm 1. Qatnovi ustidan, harakat yog‘och ko‘ndalang to‘sinlar ustida bo‘lgan oraliq qurilma: 1-ko‘prik polotnosi; 2-boSh to‘sin; 3-tayanch qismi; 4-ko‘ndalang bog‘lamalar; 5-bo‘ylama bog‘lamalar

Bruslarning ko‘prik ko‘ndalang o‘qiga nisbatan siljishini oldini olish va qurilish balandligi hosil qilish uchun bruslarning ost tekisligida chuqurligi 1 sm dan kichik va 3 sm dan katta bo‘lmagan o‘ymalar (vrubki) hosil qilinadi. Har bir brus to‘sinlarning ustki belbog‘iga diametri 22 mm bo‘lgan panjasimon boltlar bilan tortib mahkamlanadi. Bruslarning ko‘prik bo‘ylama o‘qiga nisbatan siljishiga (ugonga) qarshilik qilish uchun yo‘l relslarini tashqi tomoniga kesim o‘lchamlari 160+100x14 mm bo‘lgan ugonga qarshi yoki qo‘riqlash burchaklari o‘rnatiladi. Bundan tashqari bruslar boltlar vositasida vertikal polkasi 120 mm dan kam bo‘lmagan, to‘sinlarning ustki belbog‘ining har bir 5 metridan kam bo‘lmagan masofaga o‘rnatilgan ugonga qarshi tirgaklarga mahkamlanadi.


Uzunligi 25 metrdan katta va radiusi 1000 metrdan kichik egrilikda joylashgan barcha ko‘priklarda relsdan chiqib ketgan harakatchan tarkibni ushlab qolish uchun yo‘l relslarining ichki tomoniga kesimi 160x16 mm bo‘lgan kontrburchaklar o‘rnatiladi va bu kontrburchaklar har bir brusga ikki yo‘l Shurupi bilan mhkamlanadi.
Uzunligi 25 metrdan katta yoki balandligi 5 metrdan ortiq ko‘priklarning, Shuningdek stansiyalar chegarasidagi barcha ko‘priklar va yo‘l o‘tkazgichlarning oraliq qurilmalari po‘lat konsollar ustiga joylashtirilgan temirbeton plitali, alohida panjarali torotuarlarga ega bo‘lishi lozim. Konsollar burchakli po‘latdan yasaladi va ular mustahkamligi yuqori boltlar yordamida bosh to‘sinlarning bikrlik qovurg‘alariga mahkamlanadi. Ko‘prik polotnosini ko‘rikdan o‘tkazish va bruslarni almashtirishni qulaylashtirish uchun trotuarlar past sathda joylashtiriladi. Uzun ko‘priklarda ishchilarni saqlash uchun uzaytirilgan konsollar ustida panagoh-maydonchalar quriladi. Bu panagoh-maydonchalarning kengligi 1 metrdan kam bo‘lishi kerak emas va ular har bir 25 metrda Shaxmat tartibida joylashtiriladi.
Yo‘l o‘qi bo‘yicha ko‘prik bruslari ustiga kesimi 20x3 sm bo‘lgan ikki taxtadan iborat to‘Shama o‘rnatiladi. Bosh to‘sinlar (rasm 34.3) payvandlangan ikki tavrli kesimga ega. Bosh to‘sinlar balandligi ularning hisobiy oraliqlari uzunligining 1/11 – 1/13 qismiga teng qilib olinadi.

Rasm 3.Payvandlangan boSh to‘sin konstruksiyasi

To‘sinning balandligi uning belbog‘lari va devori massalari nisbatiga ta’sir qiladi – to‘sinning balandligi qancha katta bo‘lsa uning belbog‘lari massasi Shuncha kichik va devori massasi Shuncha katta bo‘ladi. To‘sinning optimal balandligi po‘lat sarfining eng kam bo‘lishi, mustahkamligi va vertikal egilishi, Shuningdek tayyorlash, tashib keltirish va montaj Shartlaridan aniqlanadi.


To‘sinlarning siqilgan belbog‘larining kengligi yog‘och bruslarning ezilishga mustahkamlik Shartidan kelib chiqib 240 mm va undan katta, lekin siqilgan belbog‘ning mahalliy turg‘unligi Shartiga ko‘ra 20t dan (t – belbog‘ qalinligi) va 600 mm dan katta bo‘lmasligi kerak. Cho‘zilgan belbog‘larning kengligi chegaralanmagan. Belbog‘lar qalinligi 60, 50 va 40 mm dan oshmagan (tegishlicha – oddiy Sharoitlar, Shimoliy A va B Sharoitlari uchun) bir po‘lat taxtadan yoki kengliklari orasidagi farq 100 mm dan kam bo‘lmagan (bo‘ylama payvand choklari qilishni qulaylashtirish uchun) ikki taxtadan iboratdir. Belbog‘lar taxtalari uzunligi bo‘yicha “uchma-uch” payvandlanadi. Po‘latni tejash uchun belbog‘lar kesimlari moment epyurasiga muvofiq oraliq o‘rtasidan to‘sin uchiga qarab kichraytirib boriladi. Belbog‘lar ko‘ndalang kesimlari yuzalarini o‘zgartirishga turli uzunlikdagi, qalinlikdagi va kenglikdagi po‘lat taxtalarni qo‘llash orqali erishiladi. Taxtalar birikmalaridagi kuchlanishlar konsentratsiyasini kamaytirish uchun bir o‘lchamdan boshqa o‘lchamga qiyaliklar orqali tekis o‘tiladi.

Rasm 4. To‘sin belbog‘larining kesim yuzalarini o‘zgartirish usullari:
a-kengligini kichraytirish usuli; b-qalinligini kichraytirish usuli; v-po‘lat taxtalar sonini kamaytirish usuli

Po‘lat to‘sinlarning devorlarining qalinligi 12 mm dan kam bo‘lmaydi va ular tayanch kesimlarida kesilishga bo‘lgan hisob bilan tekshiriladi. To‘sin devorining qappayishga bo‘lgan turg‘unligini ta’minlash uchun devorlar vertikal ko‘ndalang, to‘sinning balandligi katta bo‘lganda esa gorizontal bo‘ylama bikrlik qovurg‘alari bilan ham kuchlantiriladi. Ko‘ndalang bikrlik qovurg‘alari to‘sinning tayanch usti kesimida va bir-biridan ( - devor balandligi) va 2 metrdan katta bo‘lmagan oraliqlarda joylashtiriladi. Bo‘ylama qovurg‘a siqilgan belbog‘dan (0,2 – 0,25) masofada joylashtiriladi. Bikrlik qovurg‘alari qalinligi 10 mm dan kam bo‘lmagan, kengligi esa qovurg‘aning 15 qalinligidan ko‘p bo‘lmagan va dan kam bo‘lmagan kattalikda qabul qilinadi. Birlik qovurg‘alari simmetrik ravishda to‘sin devorining har ikki tarafiga uzilmas ikki tomonlama choklar orqali payvandlanadi.


Bikrlik qovurg‘alarining yuqorigi uchlari siqilgan belbog‘ga payvandlanadi, pastki uchlari va ostki belbog‘ orasiga esa qalinligi 16-20 mm bo‘lgan metall prokladkalar siqib kirgiziladi va bu prokladkalar faqat bikrlik qovurg‘alariga payvandlanadi.
Yo‘l o‘qiga ko‘ndalang yo‘nalishda bosh to‘sinlarning o‘qlari orasidagi masofa, asosan, oraliq qurilmaning ag‘darilib tushishga turg‘unligi Sharti va gorizontal bikrlik talablariga ko‘ra aniqlanadi. Bu masofa odatda oraliq uzunligining 1/18 – 1/20 qismiga teng qabul qilinadi.
Bo‘ylama bog‘lamalar to‘sinlarning ustki va ostki belbog‘lari sathida joylashtiriladi. Bog‘lamalarning tirgak va dioganallari yakka burchaklardan tayyorlanadi va ular burchaklar va fasonkalar orqali mustahkamligi yuqori boltlar bilan mahkamlanadi.
Ko‘ndalang bog‘lamalar tayanch kesimlarida va ular orasida joylashtiriladi. Bog‘lamalar elementlari ham yakka burchaklardan tayyolanadi va ular kengaytirilgan vertikal bikrlik qovurg‘alariga mustahkamligi yuqori boltlar bilan mahkamlanadi. Eng chetki ko‘ndalang bog‘lamalarda ostki tirgaklar o‘rniga ikki tavr kesimli domkrat osti to‘sinlari o‘rnatiladi.
Ko‘rik moslamalari (rasm 34.5) tayanchga tushish uchun mo‘ljallangan maydonchali vertikal zina va bosh to‘sinlar orasidagi ostki bo‘ylama bog‘lamalar ustiga joylashgan yo‘lakdan iborat. Shimol sharoitlari uchun mo‘ljallangan oraliq qurilmalarida, bundan tashqari, tashqi tomonda panjarali ikki bo‘ylama yo‘lak joylashtiriladi.

Rasm 5. Ko‘rik moslamalari: 1-zina; 2-panjarali maydoncha; 3-ko‘rik yo‘lagi;
4- Shimol Sharoitlari uchun taShqi tomondagi yo‘lak

Tipovoy oraliq qurilmalar 18,2; 23,0; 27,0 va 33,6 metrga teng hisobiy oraliqlarga ega, bosh to‘sinlar o‘qlari orasidagi masofa 2,0 metrga teng. Oraliq qurilmalarning asosiy elementlari kam legirlangan po‘latlardan tayyorlanadi. Tipovoy oraliq qurilmalarning muxim afzalligi - elementlari va detallarining maksimal darajada unifikatsiya qilinganidir. Bu esa ularni tayyorlashda mexnat sarfini va qiymatini kamaytiradi. Tipovoy oraliq qurilmalar temir yo‘llarda yaxlitligicha tashiladi va ular tayanchlarga konsol kranlar bilan, bo‘ylama surish bilan yoki boshqa usullar bilan montaj qilinadi.





Download 0.56 Mb.
1   2   3




Download 0.56 Mb.