• Yelimlash ishlari
  • Yelimlarni ishga tayyorlash va ulardan foydalanish qoidalari Yelimlash ishlari Yog‘ochni yelimlab birlashtirish mustahkamligi




    Download 303 Kb.
    bet1/2
    Sana03.02.2023
    Hajmi303 Kb.
    #40878
      1   2
    Bog'liq
    19-Mavzu
    MANAVIYAT SOATI 2022-2023, STGeNIUHOYV6lu41y5nlGnUTrr1eOceUpMxiK005, PQ-4910 03.12.2020 (1), Mutaxasislik fanidan o\'qitish materiallari, BIR CHO‘MICHLI KARYER EKSKAVATORLARI CHO‘MICHI HARAKATINI OPTIMAL, reagent formulasi, Шовот 2023 2024 дарслик кабул буйруки, 2-синф она тили дарслик 2 - кисм, wzPf- OV8BvdPtmaW6WBYVBlAV4S7Gp8, Mavzu 4 sinf geometrik jismlar bilan tanishtirish metodikasi, Mavzu aro‘ va rao‘ mikrosxemalari reja Kirish Diskretlashtiris, 2 вариант, monitoring javoblari

    Mavzu: Elim tanlash, tayyorlash va surtish.
    Reja:

    1. Yelimlarni ishga tayyorlash va ulardan foydalanish qoidalari

    2. Yelimlash ishlari

    3. Yog‘ochni yelimlab birlashtirish mustahkamligi

    Yelimlarni ishga tayyorlash va ulardan foydalanish qoidalari Yelimlash. Yog‘ochdan buyumlar tayyorlashda detallarni biriktirishning asosiy usuli yelimlashdir. Yelimlanadigan yog‘och detallari quruq bo‘lishi lozim. Bu detallarni yelimlab biriktiriladigan sirtlari bir-biriga zich yopishadigan aniq shakllarda tayyorlanib, changlardan tozalanadi. Yelimlab yopishtirilgan yog‘och sirtlari orasidagi yelim qatlami hosil qiladigan chokning qalinligi 0,1 mm dan 0,15 mm gacha bo‘lishi lozim. Chokning qalinligi bundan yupqa bo‘lsa ham, qalin bo‘lsa ham yelimli birikma mustahkam bo‘lmaydi. Biriktirilayotgan sirtlarga yelim surtilgan detallarni bir-biriga ishqalash yoki presslash usulida biriktiriladi. Ishqalash usulida biriktirilayotgan sirtlarning dastlab ozgina qismini birbiriga bosib turgan holda asta-sekin kerakli holatgacha surib boriladi. Presslash usulida ikki yoki undan ortiq detallarni bir-biriga biriktiruvchi yelim qatlami quriguncha press ostida tutib turiladi. 37 Kichik reykachalarni bir-biriga yaxshilab yelimlash orqali uzunligi 12 metrgacha bo‘lgan yog‘och to‘sinlar hamda kerakli egri shakldagi katta yog‘och detallari tayyorlanadi. Yog‘ochdan tayyorlanadigan buyumlarning yuzasidagi ortiqcha kamchiliklarni bekitish yoki uning ko‘rinishini yanada yaxshilash maqsadida gulqog‘oz, mato, qog‘oz kabi materiallarni yelimlash mumkin. Bugungi kunda yog‘ochning tabiiy rangini aks ettiruvchi turli xildagi gulqog‘ozlar ishlab chiqarilmoqda. Mebel qoplamalarini yelimlashda ana shunday gulqog‘ozlardan foydalaniladi. Duxoba, vilur, to‘r matolaridan foydalanib ham yog‘ochdan yasalgan uy-ro‘zg‘or buyumlarining ustki qismlarini bezatish mumkin.
    Yelimlash ishlari
    Mebel qismlari, eshik va derazalar, kesakilar, pardevorlar, qurilish konstruksiyalari tayyorlash uchun qalin arralangan materiallar talab qilinadi. Ishlab chiqarishni qalin materiallar bilan ta’minlash uchun yupqa arralangan materiallar uzunligi, qalinligi va eni bo‘yicha yelimlab biriktiriladi. Yelimlangan qismlar tayyorlash uchun asosan ignabargli yog‘och turlar (qorrqarag‘ay, qarag‘ay) dan arralangan materiallar xamda sintetik smolalar asosida olingan yelimlar ishlatiladi. Yelim markalari ularning xossalariga muvofiq tanlanadi. Sintetik (sun’iy) yelimlar suv va zamburug‘lar ta’siriga chidamli bo‘ladi, mustaxkam birikma xosil qiladi. Yelim eritmasini tayyorlash jarayonlari va yelimlab biriktirish rejimlari oddiyroq bo‘lgani uchun ko‘plab ishlab chiqarishda qulaydir.
    Yelimlangan qismlar tayyorlash texnologik jarayoni ushbu asosiy operatsiyalardan iborat: arralangan materiallarni quritish, saralash va arralash, to‘rtala tomoniga ishlov berish, yelimlar tayyorlash, yelimlab biriktiriladigan qismlariga yelim surtish, tanavorlarni uzunasi xamda eniga yelimlab biriktirish, ularni yig‘ish, presslash va yelim qotishi uchun bosim ostida tutib turish, yelimlab biriktirilgan qismlarga mexanik ishlov berish, himoya ishlovidan o‘tkazish, hosil bo‘lgan mahsulotning sifatini tekshirish.
    Arralab olingan zagatovkalarga bo‘ylama frezalash dastgoxlarida ishlov beiladi. Zagatovkalar yuzasi randalanmog‘i va frezalanmog‘i zarur. Zagatovkalarni uzunasiga birlashtirishda, ular ulab uzaytirilgandan keyin uzil kesil ishlovdan o‘tkaziladi. Frezalangan taxtalar xovosining xarorati 18-20o S va namligi 50 60% bo‘lgan xonada ko‘pi bilan bir kun saqlanadi, bunda ular ifloslanish, namiqish yoki xaddan tashqari qurishdan extiyot qilinadi.
    Yelimlab biriktiriladigan zagatovkalarning qalinligi bir xil bo‘lishi kerak. Agar zagatovkalarning qalinligi har xil yoki shaklida nuqsonlar bo‘lsa, ular arralashdan oldin qalinligi bo‘yicha aniq bir o‘lchamga keltiriladi (kalibrlanadi). Uzunasiga ulab uzaytirishda tirnoqlarni to‘g‘ri ulash lozim. Tirnoqlar tirnoq qirqadigan, frezalash dastgoxlari yoki ixtisoslashtirilgan liniyalarda ishlanadi
    Yelim yelimlab biriktiriladigan ikkala yuzaga surtiladi (yelimning xizmat muddati uzoq bo‘lsagina yelimni bir tomonga surtishga ruxsat etiladi).
    Ishlab chiqarish xajmi kam bo‘lganda qo‘lda mo‘yqalam, cho‘tka yoki valiklar bilan, katta bo‘lganda esa yelim surtish dastgoxlarida surtiladi.

    Download 303 Kb.
      1   2




    Download 303 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yelimlarni ishga tayyorlash va ulardan foydalanish qoidalari Yelimlash ishlari Yog‘ochni yelimlab birlashtirish mustahkamligi

    Download 303 Kb.