Jahon savdo tashkiloti doiralarida standartlashtirish




Download 19.51 Kb.
bet2/3
Sana21.02.2023
Hajmi19.51 Kb.
#43015
1   2   3
Bog'liq
Yevropa ittifoqi doiralarida standartlishtirish
Илмий тўгарак йиллик иш режаси, ИТИ билан шугул. иқт. тал. ҳақида маълумот.2015 AT, 122222, 4-amaliy Akustik aloqa kameralari va ularning konstruksiyalari. Reverb ka, 12 талик рўйхат , amaliy, 2eee2, Стартап АРИЗА OXIRGI last, 20-ish. О‘tkаzgichning qаrshiligini о‘zgаrmаs tok kо‘prigi yordаmidа аniqlаsh., Axborot xavfsiziligi, himoyalash usullari, 3-маъруза, Algoritm va algoritlash tushunchalari, Amaliy mashg‘ulot Bulutli texnologiyalar. Google asbob uskun (1), algoritm va uning turlari, аралаштиргич амалий
Jahon savdo tashkiloti doiralarida standartlashtirish
Jahon savdo tashkiloti (JST) 1994 – yilda savdo muzokaralari bo‘yicha Qo‘mitaning Yakuniy sessiyasida JST ni tuzish to‘g‘risida Bitimga muvofiq tashkil etiladi. Bu Bitim Urugvayda o‘tkazilgan sakkiz yillik (1986-1994 yy.) ko‘p tomonlama savdo muzokaralariga yakun yasadi.
Sessiya qatnashchilarining ta’kidlashicha, JST ning tuzilishi xalqaro iqtisodiy hamkorlikda yangi davrni ochadi, barcha xalqlarning farovon yashashi uchun ancha oqilona va ochiq ko‘ptomonlama savdo tizimi doiralarida ishlashga keng istaklarni aks ettiradi.
JST ni tuzishda savdo muzokaralari qatnashchilari “o‘zlarining savdo sohasidagi munosabatlari va iqtisodiy siyosati hayot darajasini oshirish, to‘liq bandlikni va haqiqiy daromadlar darajasining jiddiy va doimiy o‘sishini ta’minlash, talabning samaradorligi, shuningdek ishlab chiqarishni va mollar hamda xizmatlar savdosini kengaytirish maqsadida amalga oshirilishi lozimligiga tayanishlari lozim”. Bunda iqtisodiy rivojlanishning turli darajalarida barqaror rivojlanish maqsadlarida, atrof muhitni himoyalash va asrashga intilgan holda dunyo boyliklaridan maqbul foydalanish lozimligi e’tiborga olinishi lozim.
Bunda JST ning kuchi rivojlanayotgan mamlakatlarga savdodagi tariflarni va boshqa to‘siqlarni jiddiy qisqartirish va xalqaro savdo munosabatlarida kamsitishlarni bartaraf etish, savdoda tariflar bo‘yicha Bosh bitim (GATT) asosida ancha yashovchan va barqaror ko‘p tomonlama savdo tizimlarini yaratish yo‘li bilan xalqaro savdoning o‘sishida kafolatlangan ulushini ta’minlashga yo‘naltiriladi.
Savdo tizimining asosiy prinsiplari:
kamsitishsiz savdo;
– tariflarni qisqartirish va kamaytirish yo‘li bilan bozorga kirib borishni oldindan bilish va kengaytirish (1995-2000 yy da rivojlangan mamlakatlarning mollarga tariflari 40 % ga qisqardi);
– oqilona raqobatni rivojlantirish;
– iqtisodiy islohotlarning rivojlanishini rag‘batlantirish.
JST bo‘yicha Bitimning asosiy qismi “Ko‘p tomonlama savdo bitimlari” va “Qatnashchilar doirasi cheklangan Bitim” nomli huquqiy hujjatlardan iborat (Cheklovlar Bitimlarni qabul qilgan JST ning a’zolariga tegishli). Ko‘rsatilgan bitimlarga, masalan, Xizmatlar savdosi bo‘yicha bosh bitim (GATS), mahsulotni jo‘natishdan oldingi inspeksiya, bojxonadagi narxi, import mahsulotni litsenziyalash, savdodagi texnik to‘siqlar (STT) to‘g‘risida bitimlar, fuqarolar aviatexnikasi savdosi to‘g‘risidagi bitim, sut mahsulotlari, mol go‘shti bo‘yicha bitimlar va h.k. kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi JST ga kirishni mo‘ljallamoqda. Kirish to‘g‘risida 1994-yilda ariza berilgan va shu yilning dekabr oyida kirishga tayyorgarlik bo‘yicha Ishchi guruh tuzildi. O‘zbekiston respublikasi 1998-yilda JST ga Tashqi savdo Rejimi to‘g‘risida Memorandum taqdim etdi. JST ga kirish uchun Respublika tashqi savdo rejimini Yevropa Ittifoqi va JST ning talablariga mos keltirishi lozim. Yevropa ittifoqi savdodagi texnik to‘siqlar bo‘yicha o‘zining qonunlarini JST ning qonunlari bilan to‘liq uyg‘unlashtirgan. Shuning uchun O‘zbekiston qonunlarini Yevropa ittifoqining qonunlariga yaqinlashtirish JST ning talablariga muvofiqlikni ta’minlaydi. Bu masalani hal etish uchun 1999-y da Florensiyada (Italiya) Yevropa ittifoqi va O‘zbekiston o‘rtasida SHerikchilik va Hamkorlik bo‘yicha Bitim (SHHB) imzolandi.
JST ga kirishga tayyorlanish maqsadida savdodagi texnik to‘siqlar bo‘yicha Bitim va fitosanitariya tadbirlarini qo‘llanish bo‘yicha Bitim talablarini bajarish uchun O‘zbekiston Respublikasining “Texnik tartibga solish to‘g‘risida” Qonunning loyihasi tayyorlandi.
Savdodagi texnik to‘siqlar (STT) bo‘yicha Bitim maqsadlari uchun (ISO/MEK 2:1996 O‘zs DSt 1.10) da qabul qilingan atamalar va ta’riflarning o‘zi, lekin STT bo‘yicha Bitim konteksti, predmeti va maqsadini hisobga olgan holda qo‘llaniladi.
STT bo‘yicha Bitim maqsadlari uchun qo‘llaniladigan atamalar va ta’riflar:
Savdodagi texnik tadbirlar – Mollarga bajarilishi majburiy bo‘lgan talablarni o‘rnatish va amalga kiritish, shuningdek mollarning bu talablarga muvofiqligini majburiy tasdiqlash protseduralarini qo‘llanishni o‘z ichiga olgan texnik siyosat tadbirlari;

Download 19.51 Kb.
1   2   3




Download 19.51 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Jahon savdo tashkiloti doiralarida standartlashtirish

Download 19.51 Kb.