Yevropa ittifoqi doiralarida standartlishtirish




Download 19.51 Kb.
bet3/3
Sana21.02.2023
Hajmi19.51 Kb.
#43015
1   2   3
Bog'liq
Yevropa ittifoqi doiralarida standartlishtirish
Илмий тўгарак йиллик иш режаси, ИТИ билан шугул. иқт. тал. ҳақида маълумот.2015 AT, 122222, 4-amaliy Akustik aloqa kameralari va ularning konstruksiyalari. Reverb ka, 12 талик рўйхат , amaliy, 2eee2, Стартап АРИЗА OXIRGI last, 20-ish. О‘tkаzgichning qаrshiligini о‘zgаrmаs tok kо‘prigi yordаmidа аniqlаsh., Axborot xavfsiziligi, himoyalash usullari, 3-маъруза, Algoritm va algoritlash tushunchalari, Amaliy mashg‘ulot Bulutli texnologiyalar. Google asbob uskun (1), algoritm va uning turlari, аралаштиргич амалий
Savdodagi texnik to‘siqlar – Vatanda va xalqaro amaliyotda qabul qilingan texnik reglamentlar va standartlar yoki muvofiqlikni tasdiqlash protseduralaridagi talablar o‘rtasidagi, ko‘proq cheklashlarga ega bo‘lgan farq, ya’ni texnik reglamentlar va standartlarni yaratishda qonun bo‘yicha o‘rnatilgan maqsadlarga erishish uchun zaruriydan ortiqcha cheklovga ega, natijada mollarni jahon yoki vatan bozorida sotish uchun oddiy tijoratdagiga nisbatan qo‘shimcha mablag‘ va (yoki) vaqt sarflashga sabab bo‘luvchi farqlar.
Texnik reglament – molning(mahsulotning) tafsilotlari o‘ratilgan hujjat yoki bu tafsilotlar bilan bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqarish jarayonlari va metodlari, shu jumladan qo‘llaniladigan, rioya qilinishi majburiy bo‘lgan ma’muriy nizomlar. Hujjat molga, ishlab chiqarish jarayoni yoki metodiga nisbatan qo‘llaniladigan atamalar, belgilar, idishlarga joylash, tamg‘alash yoki etiketka yopishtirishga talablarni ham o‘z ichiga olishi yoki faqat shunday talablardan iborat bo‘lishi mumkin.
Standart – vakolatli idora tomonidan tasdiqlangan, umumiy va ko‘p marta foydalanish uchun mo‘ljallangan qoidalar, qo‘llanmalar yoki mollarning tafsilotlarini yoki bular bilan bog‘liq bo‘lgan, rioya qilinishi majburiy bo‘lmagan ishlab chiqarish jarayonlari va metodlarini o‘z ichiga olgan hujjat. Bu hujjat o‘z ichiga atamalar, belgilar, tamg‘alash yoki molga tegishli etiketkalarni yopishtirishga talablarni ham o‘z ichiga olishi yoki faqat shunday talablardan iborat bo‘lishi mumkin.
O‘z DSt 1.10 da keltirilgan ta’rifga asosan, standartlar majburiy yoki STT bo‘yicha Bitim maqsadlariga mo‘ljallangan standartlardan farqli ravishda, qo‘llanishi majburiy bo‘lmagan, ixtiyoriy bo‘lishi mumkin.
JST ga a’zo bo‘lishning muhim sharti standartlashtirish bo‘yicha milliy idoralar tomonidan standartlarni tayyorlash, tasdiqlash va qo‘llanishga oid vijdonan yaqinlashish amaliyoti Kodeksini tan olish va rioya qilishdan iborat.
Vijdonan amaliyot Kodeksini tan olgan va unga rioya qiladigan standartlashtirish bo‘yicha idoralar STT bo‘yicha Bitim prinsiplariga rioya qiluvchilar sifatida JST ning a’zosi deb tan olinadi.
O‘z SDT ni islohot qilish asosiy yo‘nalishlari fundamental dastlabki shartga: mahsulot, jarayon, xizmatlarga talablarni o‘rnatishning ikki darajali tizimiga o‘tish (rioya qilinishi shart bo‘lgan texnik reglamentlarning talablari va talablariga rioya qilish shart bo‘lmagan standartlar-ixtiyoriy standartlar) dan iborat.
O‘zbekistonda, sobiq Sovet Ittifoqining boshqa davlatlaridagi kabi, majburiy texnik meyorlar standartlarda, farmakopeya maqolalarida, sanitariya, ekologik, shahar qurilish, yong‘indan saqlash, veterinariya, energetik, transport qoidalari va meyorlarida va b. da o‘rnatilgan.
Majburiy hujjatlar turining ko‘pligi mamlakatimizdagi ishlab chiqaruvchilar uchun mahsulot va xizmatlarni yaratish va sotishda hamda tashqi savdo aloqalarida qiyinchiliklar tug‘diradi.
Texnik tartibga solish doirasida xalqaro ish amaliyotiga asta-sekin o‘tish va texnik to‘siqlar bo‘yicha Bitim nizomlariga mos keltirish uchun davlat standartlashtirish tizimiga “texnik reglament”, “ixtiyoriy standartlar” tushunchalari kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasida qo‘llaniladigan me’yoriy hujjatlarning darajalariga xalqaro, hududiy va chet mamlakatlarning milliy standartlari kiritilgan.
Hozirgi vaqtda DAK a’zo-davlatlar tomonidan texnik qonunlar va ularning huquqiy asoslari bo‘yicha ishlar faol olib borilmoqda. Hozirgi kunda “Texnik tartibga solish asoslari to‘g‘risida” milliy qonunlar Rossiya federatsiyasi, Belarus Respublikasi, Ukraina, Qozog‘iston, Moldava Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi tomonidan qabul qilingan.
Bundan tashqari, 2003-yildan boshlab, davlatlararo manfaatga ega bo‘lgan sektorlarda davlatlararo model texnik qonunlarni qabul qilish jarayoni boshlandi. MDH mamlakatlari tomonidan yangi texnik tartibga solish tizimiga o‘tish taxminan 7 yilga rejalashtirilmoqda. MDH mamalakatlarining iqtisodiyotida sodir bo‘layotgan yuqori darajadagi integratsiyani, respublika sanoatida davlatlararo standartlarning ko‘pligi (foydalanayotgan hujjatlarning umumiy sonidan 60-80 foizni tashkil etadi), O‘zbekistonning yaqin orada JST ga kirishini hisobga olgan holda texnik tartibga solish sohasida MDH mamlakatlari bilan kelishilgan harakatlarni o‘tkazish zarur.
Download 19.51 Kb.
1   2   3




Download 19.51 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yevropa ittifoqi doiralarida standartlishtirish

Download 19.51 Kb.