• Termiz muhandislik-texnologiya Instituti falsafa fanlari doktori (PhD) M. A. Shaymardonova
  • Yil talabasi 2022




    Download 30.08 Kb.
    Sana27.10.2022
    Hajmi30.08 Kb.
    #28295
    Bog'liq
    TAVSIYANOMA
    MTT MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA, 1028835 10A 19 web manual B570QE 2019-09 TR (1), IQTISODIYOT NAZARIYA Orifjonov Saidalo, 6-mavzu tasodifiy miqdorning sonli xarakteristikalari reja, 5ab46b9f2722b2c17191e0267ccba511, Umumiy test 2, Qalqon, Yuklamalarning tuzilishiga ko\'ra turlari (2), Yordamchi so\'zlarning grammatik xususiyatlari, turlari, «Umumiy pedagogika» fanidan test topshiriqlari-fayllar.org, metodik (1), Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent, KIS22 04 Akramov Jamshid, Test

    Yil talabasi 2022” tanloviga nomzod Termiz muhandislik-texnologiya instituti Sanoat va kimyo texnologiyalari fakulteti “Kimyoviy texnologiya” ta’lim yo‘nalishi talabasi
    Shoymardonova Habiba Soatmurod qiziga ilmiy rahbar tomonidan

    TAVSIYANOMA


    Shoymardonova Habiba Soatmurod qizi 2004-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti tugallanmagan oliy, partiyasiz.


    2021-yil sentyabr oyidan boshlab Termiz muhandislik-texnologiya instituti Yengil sanoat va kimyo texnologiyalari fakulteti “Kimyoviy texnologiya” ta’lim yo‘nalishida davlat granti asosida tahsil olib kelmoqda.
    Shoymardonova Habiba talabalik davrining birinchi kunidanoq, o‘zining tirishqoqligi, bilimga va innovatsion fikrlashga bo‘lgan intilishi tufayli pedagoglar e’tiboriga tushdi. O‘z guruhining har tomonlama yetakchisi bo‘lgan Habiba o‘quv yili davomida institutda tashkil etilgan barcha ilmiy va ma’naviy tadbirlar, jumladan, “Zakovat” intellektual o‘yini “Innoweek 2022” ko‘rgazmasida faol ishtirok etib kelmoqda.
    Shoymardonova Habiba Soatmurod qizi ilmiy sohalarda ham faol ishtirok etib kelmoqda universitet hamda respublika miqyosida o‘tkazib kelinayotgan ilmiy-amaliy konferensiyalarda kimyo fanining dolzarb muammolariga bag‘ishlangan maqolalari bilan qatnashib kelmoqda.
    Habiba Shoymardonova mening rahbarligimda ilmiy-tadqiqot ishlari bilan muntazam shug‘ullanib kelmoqda. Respublika miqyosidagi ilmiy amaliy anjumanlarda ma’ruzalar bilan ishtirok etdi. Jumladan, 2022-yil iyun oyida institutda tashkil etilgan “Muhandislik-texnologiya fan sohalaridagi muammolar: yechim va takliflar” ilmiy texnik anjumanida “Sement ishlab chiqaruvchi korxonalarni armosfera havosi ifloslanishini oldini oluvchi filtrlarniishlash sifatini o‘rganish ” mavzusidagi ma’ruzasi 2022-yil 24-senabr oyida bo‘lib o‘tgan “Tabiiy polimerlar asosida biologik aktiv moddalar kimyosi va texnologiyasining dilzarb muammolari” konferensiyasida “KFA-1 Ioniti va Xovdak bentoniti asosidagi kompozitsiyani o‘simlik yog‘ini oqartirishda qo‘llash” mavzusidagi maqolalari bilan faol qatnashib kelmoqda. Bundan tashqari Innovative Chemical -Technological” tomonidan o‘tkazilgan “Ilmiy va innovatsion faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha davlat boshqaruv tizimi takomillashtirish davr talabi” mavzusidagi IV Xalqaro ko‘p tarmoqli onlayn masofaviy ilmiy amaliy konferensiyasida faol ishtirok etib sertifikat bilan taqdirlandi. “Legal system of the United Kingdom. Possibilities of requalifecation in England and Wales”, “Инновационные технологии в образовательном процессе” ilmiy metodologik konferensiyalarida ham faol ishtirok etdi.Shoymardonova Habiba Soatmurod qizi institutda o‘tkaziladigan ma’naviy –ma’rifiy tadbirlarda va jamoat ishlarida faol ishtirok etadi va har ishda tashabbuskor, jur’atli, to‘g‘ri so‘z, mehribon va g‘amxo‘r inson. Berilgan topshiriqlar va vazifalarni bajarishga mas’uliyat bilan yondoshadi, institut talabalari orasida alohida hurmatga ega.
    Men H. Shoymardonovani ilmiy rahbari sifatida unga qo‘limdan kelgancha ilmiy maslahatlar berib kelmoqdaman. Men aminmanki, Habiba kelajakda yaxshi tahsil olib, yetuk kimyogar texnolog bo‘lib yetishadi hamda respublikada eng yosh falsafa doktori ilmiy darajasini oladi. Habiba bugungi kunda IELTS setrifikatini olish ustida g‘ayrat qilib tayyorlanmoqda. U Yangi O‘zbekistonning iqtidorli yangi yoshlari safining oldi qatorlarida bo‘lishiga ishonch bildiraman.
    Shoymardonova Habiba Soatmurod qizi olib borayotgan ilmiy izlanishlar mamlakatimizning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy sohalaridagi taraqqiyotiga hissa qo‘shadi va talabani “Yil talabasi 2022 ” tanloviga munosib nomzod deb tavsiya etaman.
    Termiz muhandislik-texnologiya
    Instituti falsafa fanlari doktori (PhD) M. A. Shaymardonova
    Download 30.08 Kb.




    Download 30.08 Kb.