Yog‘ochning texnologik xossalari




Download 1.06 Mb.
bet1/67
Sana13.10.2022
Hajmi1.06 Mb.
#27141
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67
Bog'liq
Yog‘ochning texnologik xossalari
Документ Microsoft Word, Ekonometrika Kaf 01.Ekonometrika asoslari 20ta

Yog‘ochning texnologik xossalari. Yog‘ochga konstruksion material sifatida qaraladi. Uning eng asosiy xususiyatlari metall mixlami tutib turish, yeyilish, egilish va yorilishga chidamlilik darajasi hisoblanadi.
Misol tariqasida yog‘ochning metall mix va birikmalami tutib turish xususiyatini ko‘rib chiqamiz. Daraxtning tolasiga ko‘ndalang yo‘nalishda qoqilgan mixni chiqarib olish uchun tola bo‘ylab qoqilgan mixni tortib olishdan ko‘ra 1,5 baravar ko‘proq kuch sarflanadi. Burama mixni yog‘ochdan chiqarib olish uchun esa oddiy mixni tortib olishdan ko‘ra anchagina ko‘proq kuch talab qilinadi. Chunki bunda ishqalanishni yengish va burama mix rezbasi joylashgan yog‘och tolalarini uzishga kuch sarflashga to‘g‘ri keladi. Biroq, bolg‘a bilan qoqib qo‘yilgan burama mix birikmani oddiy mixdan ko‘ra kamroq ushlaydi. Shu sababli, biriktirishda burama mixni to‘g‘ri ishlatish, ya’ni uni albatta yog‘ochga burab kiritish lozim. Yog‘ochning zichligi qanchalik yuqori bo‘lsa, uning metall mixlarni tutib qolish sifati shunchalik yuqori bo‘ladi. Yog‘ochning tashqi kuchlar ta’siriga qarshilik ko‘rsata olishi yoki buzilmaslik qobilyati, uning mexanikaviy xossalari deyiladi. Yog‘ochlarning puxtaligi, qattiqligi, yegiluvchanligi, qovushqoqligi, mo‘rtligi, yoriluvchanligi va mixlanuvchanligi ularning mexanikaviy xossalarini tashkil etadi. Yog‘ochning tashqi kuchlar ta’sirida buzilmasdan va mumkin qadar shaklini o‘zgartirmasdan qarshilik ko‘rsata olish qobilyati yog‘ochning puxtaligi deb ataladi. Yog‘ochlarning puxtaligi siqilishga va yegilishga tekshiriladi. Yog‘ochning o‘zidan qattiq j ism botishiga qarshilik ko‘rsata olishi qattiqlik deb ataladi.Qattiqlik yog‘ochning turiga, zichligiga va namligiga bog‘liq bo‘ladi. Yog‘ochning qattiqligini arralash, randalash, o‘yish-teshish, mixlash jarayonlarida aniqlash mumkin. Yog‘ochlar qattiqlik darajasiga qarab uch guruhga bo‘linadi:

  1. guruh-yumshoq yog‘ochlar: qarag‘ay, oq qarag‘ay, archa, terak, tog‘terak, arg‘uvon va h.

  2. guruh-qattiq yog‘ochlar: qayin, qora qayin, tilog‘och, eman, zarang, bujun va h.

  3. guruh: juda qattiq yog‘ochlar: nok, qayrag‘och, yong‘oq, akatsiya, shamshod, pista va h.

Yog‘oclming tashqi kuch ta’sirida o‘zgargan shaklini qayta tiklash qobiliyatiga
yog‘ochning elastikligi deyiladi. Yog‘ochning elastikligi ularning namligiga, hajmiy og‘irligiga, o‘zak nurlarining o‘lchami va soniga, daraxtning yoshiga bog‘liq. Yog‘och qancha quruq bo‘lsa, u shuncha elastik bo‘ladi. Elastik yog‘ochlar zarbni yutadi va yumshatadi. Yog‘ochning bu xususiyatidan foydalanib, undan mashina bolg‘alarining sandoni, tagiga qo‘yiladigan taglik-qistirmalar, nog‘oralarning cho‘pi, bolg‘a, iskana, egov, belkurak, ketmon, tesha dastalari tayyorlanadi.
I V.M ustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:

  1. Yog‘ochning sifati qanday usullar bilan aniqlanadi?

  2. Yog‘och olinadigan daraxtni kuzatishda nimalarga e’tibor berish kerak?

  3. Yog‘ochning Qattiqligi qanday sinab ko‘riladi?

  4. Yog‘ochning rangi va guldorligi qanday aniqlanadi?

  5. Yog‘ochning zararli ta’sirlarga chidamliligini oshirish uchun nimalar qilinadi?


Download 1.06 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67




Download 1.06 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yog‘ochning texnologik xossalari

Download 1.06 Mb.