• Armaturachilar va elektrpayvandlovchilar
  • Yo'nalish Kodi




    Download 268.52 Kb.
    bet2/4
    Sana11.04.2023
    Hajmi268.52 Kb.
    #50443
    1   2   3   4
    Bog'liq
    qurulish
    Mavzu Aniq integrallarni taqribiy hisoblash, Yoriyev O M . Umumiy va noorganik kimyodan masala va mashqlar to\'plami., Ижара ЭМФ 1.03.2021г, 1 sinf a tovushi va aa harfi bilan , 12695 2 1F78141C8FE347CF075407B8659ABEF4B14CF9DE, Document, маълумотнома мактаб, 1317345 диёрбек
    G‘isht teruvchining ishi, hozirgi maktab o‘quvchilarining ko‘pchiligi o‘ylaganidek, zerikarli va oddiy emas, bu qaysidir ma’noda, san’at. G‘isht o‘ziga nisbatan o‘zgacha muomalani talab qiladi, bu haqda o‘tgan asrlar g‘isht teruvchi - quruvchilari yaxshi bilishgan. Balki, shuning uchun qadimda inshootlarni, bugungi kundagidek 50-100 yilga emas, balki asrlarga mo‘ljallab qurishgan. Albatta, ommaviy qurilishda hozir san’atga o‘rin yo‘q. Kamdan-kam hollarda g‘isht teruvchilarni, ular uchun qavatlarda ish qoldirgan holda, binoning tashqi devorlariga ishlov berishga jalb qilishadi. G‘isht teruvchi - quruvchi ixtiyoriy paytda ish topa oladi. Ularni yordamchi binolar, garajlar, zamonaviy uy-joylar qurilishi bilan shug‘ullanadigan brigadalarga ishga taklif qilishadi. Tajribali g‘isht teruvchilar o‘z qurilish brigadalarini tashkil qilishadi va katta bo‘lmagan tashkilotlar yoki xususiy qurilish firmalaridan buyurtmalar qabul qilishadi. Bugun ko‘plab inshootlar va zamonaviy uy-joylarning katta qismi o‘sha eski qadrdon an’anaga aylangan g‘isht terish usuli bilan qurilmokda.
    Buyurtmachilar ko‘p holatlarda faqatgina g‘isht bilan emas, balki o‘ziga xos noan’anaviy toshlar (granit, mramor va shu kabilar) bilan ham ishlash qo‘lidan keladigan ustalarni izlashmokda. Bunisini endi ijod deydilar. San’atkorona tosh terish bo‘yicha mutaxassis emin-erkin o‘z shaxsiy biznesini ochishi yoki shu toifadagi buyurtmalar asosida ishlab, shunchaki yaxshigina pul topib yuraverishi ham mumkin. Qisqacha qilib aytadigan bo‘lsak, bu sohada professional karera va ijod uchun perspektiva bor.
    Agar g‘ishtkori imoratlar devorlarini g‘isht teruvchilar ko‘rishsa, monolit konstruksiyalar ustida esa armaturachi va betonchilar ishlashadi. Armaturachilar va elektrpayvandlovchilar turli sohalarda – mashinasozlik, metallurgiya, kommunal xo‘jalik, temir yo‘l sohasida ham ishlashadi. Lekin ularning juda ham katta qismi, baribir, qurilish sohasida o‘z faoliyatini olib boradi. Metall karkas bo‘yicha qurilayotgan yirik inshoot va bino karkaslari muhandislar tomonidan alohida konstruksiyalardan, armatura hamda boshqa elementlardan ishlangan chizmalar asosida montaj qilinadi, bunda alohida elementlarni elektrpayvandlash usuli bilan batamom birlashtirishga to‘g‘ri keladi. Mana, armaturachilar va elektrpayvandlovchilarning ishi qanchalik mas’uliyatli. E’tiborga loyiq jihatlardan yana biri shundaki, ko‘p hollarda karkasni avval fundament ostida tayyorlab, so‘ngra uni yana va yana yuqoriga ko‘tarish lozim bo‘ladi. Va bu erda elektrpayvandlash ishini o‘zlashtirib olgan montajchi-ko‘taruvchilar ularning o‘rinlarini bosishadi, yoki ularning o‘zlari montajchi-ko‘taruvchilikni o‘rganib olishadi. Bu kasb vakillari qurilayotgan bino karkasiga ko‘tarilishadi va o‘sha erda ishlashadi.

    Download 268.52 Kb.
    1   2   3   4




    Download 268.52 Kb.