• 10-Mavzu: Milliy g`oya targ`ibotida “Jamoatchilik bilan aloqalar”. (2-soat) Reja
  • Interfaol grafik organayzerlar




    Download 0.66 Mb.
    bet25/36
    Sana31.10.2023
    Hajmi0.66 Mb.
    #92264
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   36
    Bog'liq
    4-O\'quv materiallari, ma\'ruzalar matni
    Laboratoriya ishi5, Adabiyotlar, 7.Jumomurodov Ilyosbek
    Interfaol grafik organayzerlar: “Baliq skeleti”, “BBB”, “Konsteptual jadval”, “Venn diagrammasi”, “T-jadval”, “Insert”, “Klaster”, “Nima uchun?”, “Qanday?” va b. Interfaol grafik organayzerlarni ajratishda bunday mashg’ulotlarda asosiy fikrlar turli grafik shakllarda yozma ko’rinishda ifodalanishiga asoslaniladi. Aslida bu grafik organayzerlar bilan ishlash ham ko’proq jihatdan interfaol ta’lim metodlariga tegishli bo’lib, ularning orasida boshqa farqlar yo’q.

    Interfaol ta’lim metodlarini ko’pincha turli shakllardagi o’quv mashg’ulotlari texnologiyalari bilan bir vaqtda qo’llanmokda. Bu metodlarni qo’llash mashg’ulot ishtirokchilarining faolliklarini oshirib, ta’lim samaradorligini yaxshilashga xizmat qiladi.
    Shu munosabat bilan yuqoridagi tasnif bo’yicha hozirgi ayrim interfaol ta’lim metodlarining turli shakllardagi o’quv mashg’ulotlari texnologiyalari bilan qo’llash uchun qulayligi shartli ravishda quyidagi 8-jadvalda keltirildi.
    Bu jadvaldagi ayrim interfaol ta’lim metodlarining turli shakllardagi o’quv mashg’ulotlari texnologiyalari bilan qo’llash uchun qulayligi bir muncha shartli va aslida muayyan o’quv mashg’ulotlari texnologiyalari bilan boshqa yana ko’p interfaol metodlarni aniq maqsadlar yo’lida qo’llash mumkin ekanligini alohida ta’kidlash zarur.


    10-Mavzu: Milliy g`oya targ`ibotida “Jamoatchilik bilan aloqalar”. (2-soat)


    Reja:
    1. O`zbekiston davlat siyosatining tub mohiyatini jamiyat a`zolariga etkazish.
    2. Axborot yetkazuvchining vazifalari.
    3. Xorijda keng qo`llanilayotgan texnologiyalar.

    Bugungi kunda dunyoda katta o`zgarishlar sodir bo`layotgan bir davrda har bir insonning iqtidori va salohiyatini jamiyat taraqqiyoti sari yo`naltirishga undalmoqda.


    O`zbekistonning davlat siyosatining tub mohiyatini odamlarga tushuntirish, ularning bu siyosatni qo`llab-quvvatlashlariga erishish, vujudga kelgan muammolarni hal qilishda jamoatchilikning fikriga tayanish, siyosiy qarorlar qabul qilishda aholining manfaat va istaklarini o`rganish, davlat organlari va davlat xizmatchilariga nisbatan jamoatchilikda ijobiy munosabat uyg`otish, kishilarga etkazilayotgan axborot oqimini milliy manfaatlarga mos o`zanga yo`naltirish, fuqarolarni yot mafkuralarning zararli ta`siridan himoyalash vazifalarini amalga oshirishga xizmat qiladigan yangi texnologiyalardan foydalanishga extiyoj tobora ortib bormoqda.
    Ana shunday texnologiyalardan biri «Jamoatchilik bilan aloqalar» texnologiyasidir.
    «Public relations» (PR) «Jamoatchilik bilan aloqalar» targ`ibotning demokratik usullaridan biri sanaladi. «Jamoatchilik bilan aloqalar» texnologiyalari davlat bilan xalq o`rtasida muloqot o`rnatib, fuqarolarda davlat siyosatiga moyillik uyg`otishga xizmat qiladi. Shu orqali davlatga hamfikr insonlarni ko`paytirib, ularni ishonchli hamkorga aylantiradi.
    «Jamoatchilik bilan aloqalar» insonlar fikrlariga, kayfiyatiga, xissiyotiga va oxir oqibat xatti-harakatlariga kuchli ta`sir ko`rsatuvchi «ishonch va istaklar strategiyasidir».
    Yetakchi davlatlarda bu texnologiyalardan foydalanish mafkuraviy ta`sir ko`rsatish industriyasi darajasiga ko`tarilgan. O`zbekistonda ham mafkuraviy jarayonlarni tartibga solishda «Jamoatchilik bilan aloqalar» texnologiyalaridan foydalanish milliy g`oya targ`ibotining ta`sirchanligini, so`zsiz, oshiradi.
    «Jamoatchilik bilan aloqalar» u boshqaruvning alohida usuli bulib, boshqaruv tuzilmalarining jamiyat manfaatlariga xizmat qilishiga e`tiborni qaratish, amalga oshirilayotgan islohotlarga jamoatchilikni safarbar qilish, jamiyatda vujudga keladigan noxush holatlardan ogoh qilish orqali ularning oldini olishga xizmat qiladi. Jamoatchilik bilan aloqalar qonuniy, ochiq, samimiy, ahloqiy me`yorlarga mos keladigan muloqotlar asosida amalga oshiriladi.
    Qator mamlakatlarning davlat boshqaruvida «Jamoatchilik bilan aloqalar» texnologiyalarining qo`llanilishi boshqaruvning ma`muriy-buyruqbozlik usulidan davlat va jamiyat o`rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik usuliga o`tishga xizmat qiladi. Buning natijasida, davlat va jamoatchilik o`rtasida mavjud ko`zga ko`rinmas to`siq olib tashlanib, demokratik ruhdagi fuqarolar uchun ochiq, ularning talablariga javob beruvchi, o`zgarishlarga tez moslashuvchan yangicha, samarali ishlaydigan boshqaruvchilar qatlami shakllandi. Shu bilan birga, «Jamoatchilik bilan aloqalar» texnologiyalarini qo`llash fuqarolar ongiga demokratik qadriyatlarni samarali singdirishga, ularda vatanparvarlik tuyg`ularini uyg`otishga xizmat qilishini alohida ta`kidlab o`tish zarur.
    Siyosiy fanga oid adabiyotlarda «Jamoatchilik bilan aloqalar» texnologiyalariga quyidagicha umumiy ta`rif berilgan: «Jamoatchilik bilan aloqalar» texnologiyalari davlat organlari va boshqa turdagi tashkilotlarning insonlar, ijtimoiy guruhlar, korxonalar bilan o`zaro tushunish va ishonch muhitini yaratishga yo`naltirilgan faoliyatidir. «Jamoatchilik bilan aloqalar»ning ilmiy asosda o`rganilishi ushbu texnologiyalarni qo`llayotgan sub`ektga olib borilayotgan siyosatni qo`llanish uslublarini o`zlashtirish imkonini beradi. Quvvatlovchilarni aniqlash, jamoatchilik fikrini o`rganish, sub`ekt uchun ahamiyatli bo`lgan axborot oqimlarini boshqarish uslublarini o`zlashtirish imkonini beradi.
    «Jamoatchilik bilan aloqalar» texnologiyalariga I.Solov’yov tomonidan berilgan ta`rif xam e`tiborga loyiq: «Jamoatchilik bilan aloqalar» texnologiyalari axborot texnologiyalarining bir turi bulib, biror siyosiy maqsadni amalga oshirishda retsipient (Retsipient - axborotni qabul qiluvchi) ni hurmat qilgan holda axborot-tahliliy faoliyat yuritishni nazarda tutadi, deb yozadi u. – Ushbu texnologiyalar kommunikator (Kommunikator - axborot etkazuvchi.) va retsipient o`rtasidagi o`zaro munosabatlarni yaratishga xizmat qiladi. «Jamoatchilik bilan aloqalar» texnologiyalarining xaqiqatga asoslanishi mavjud muammolarni keng jamoatchilik o`rtasida erkin muhokama kilish imkoniyatini beradi va fuqarolarda siyosiy qarorlar qabul qiluvchi markaz haqida ijobiy tasavvur uyg`otadi. Bu texnologiyalar quyidagi asosida ishlab chiqiladi:

    • axborotning xolisligi va oshkoraligi;

    • o`zaro munosabatlarda ham kommunikatorning, ham retsipienining manfaatlarini xisobga olish;

    • jamoatchilik fikriga tayanib faoliyat yuritish, jamoatchilik fikrini xurmat qilish;

    Axborot etkazish faoliyatining bunday tashkil etilishida kommunikator retsipientga shunchaki axborot qabul qiluvchi deb emas, balki uz dunyoqarashiga ega shaxs sifatida murojaat qiladi. Shu sababli, «Jamoatchilik bilan aloqalar» texnologiyalarining ishtirokchilari jamoatchilik fikridan doimo boxabar bo`lib turadilar».
    Olim ushbu muammoga to`xtalar ekan «Jamoatchilik va aloqalar» texnologiyalari qanday maqsadga yo`naltirilganligiga qarab uni bir necha turlarga ajratadi.
    Masalan, «Jamoatchilik bilan aloqalar» texnologiyalarning kommunikatorning davlat va jamoat tashkilotlari bilan aloqalarni yaxshilashda (rublic) shaxsning istalgan qiyofasini yaratishda (image making), ommaviy axborot vositalari bilan aloqalarni mustaxkamlashda (media relations), axborot etkazish va uning auditoriya tomonidan qabul qilishini boshqarishda (massage management) axborot markazlaridan kadrlar bilan ishlari (emloyee commumications), jamoatchilik bilan o`tkaziladigan tekshirishlarda (publik involuement), homiylar bilan yaxshi aloqalarni ta`minlashda (investor relations), tanishtiruvchi tadbirlarni o`tkazishda (spesial events), inqirozli vaziyatlarni boshqarishda (crisis manegement) va boshqalarda foydalanish mumkin», (Solov`yov A.N.Politologiya; politicheskaya teoriya, politicheskie texnologii. - M.: Asnek Press, 2000, s. 518.) deb e`tirof etadi. U mazkur texnologiyalarning alohida ko`rinishlarini sanab o`tadi va ularning har biri o`ziga xos vazifalarni bajarishini ta`kidlaydi. «Jamoatchilik bilan aloqalar» texnologiyalarini bunday qismlarga ajratilishi axborot berish jarayonini boshqarish har bir informatsion loyihalarning o`ziga xos jihatlarini o`rganish standartlashtirilgan vazifalarni amalga oshirishda ijodiy yondashish imkoniyatini beradi. «Jamoatchilik bilan aloqalar» texnologiyalari demokratik davlatlarda mamlakat tomonidan jamoatchilikga axborot etkazishining mazmuniga aylanganligi bois davlat organlari bilan fuqarolar o`rtasidagi o`zaro munosabatlarni mustahkamlashga xizmat qiladi.
    «Jamoatchilik bilan aloqalar» texnologiyalari muammosi bo`yicha ilmiy izlanishlar olib borgan qator olimlar davlat boshqaruvida mazkur texnologiyalarning qo`llanilishini, avvalo:
    - davlat faoliyati to`g`risida fuqorolarga axborat etkazish;
    - siyosiy jarayonlarda fuqorolarning ishtirokini ta`minlash;
    - fuqarolar tomonidan davlat siyosati va dasturlarini qo`llab-quvvatlashga erishish;
    - davlat tuzilmalarining ijobiy imijini yaratish (Solov`yov A.N.Politologiya; politicheskaya teoriya, politicheskie texnologii. - M.: Asnek Press, 2000, s. 518.) kabi vazifalarni amalga oshirishga xizmat qilishini ta`kidlaydilar.
    1970 yilda o`ttizdan ortiq mamlakatning Jamoatchilik bilan aloqalarning texnologiyalarining qo`llovchi muassasa vakillari ishtirok etgan Mexikodagi xalqaro forumda «Jamoatchilik bilan aloqalar» texnologiyalari jamiyatda vujudga keladigan tendentsiyalar va ularning oqibatini oldindan ko`ra bilish amalga oshirilayotgan islohotlarni xayotga tadbiq etishda jamoatchilik va tashkilot (davlat) manfaatlariga birdek xizmat qiluvchi san`at va ijtimoiy fandir, (Chumikov A.I. Pablik rileyshiz-svyazi s obshestvennost’yu. - M.: Imidj-Kontakt, Infra-M, 2001 s. 25-26.) deb baholandi.
    Frantsiyadagi jamoatchilik bilan aloqalar va ilg`or texnologiyalar oliy instituti professori, «Jamoatchilik bilan aloqalar» texnologiyalari bo`yicha qator ilmiy izlanishlar olib borgan F.Buari uni «ishonch qozonish texnologiyasi» deb atagan. U jamiyatdagi munosabatlar jamoatchilik bilan aloqalar barcha munosabatlarning nuqtasidir» deydi.
    Taniqli psixolog erix Frommning ta`kidlashicha, kishilarni ko`r-ko`rona ishontirish, ularning dunyoqarashini boshqarish fikridan voz kechib ongli va faol hamkorlik muhitini yaratish zarur (Filipp A. Buari. Pablik rileyshiz ili strategiya doveriya.-M, 2001, s. 25-26.), bu aynan «Jamoatchilik bilan aloqalar» texnologiyalari mohiyatini tashkil etadi. Shu sababli milliy g`oya targ`ibotida «Jamoatchilik bilan aloqalar» texnologiyalari foydalanish insonning fikr erkinligiga daxl qilmaydi, amalda bu boradagi ishlarimizni yaxlit tizim shakliga keltirishga xizmat qildi.
    Bugungi kunda xorijda keng qo`llanilayotgan texnologiyalardan biri «Jamoatchilik bilan aloqalar» texnologiyalari davlat boshqaruvini samarali tashkil etish maqsadida keng qo`llanilmoqda. Hozirgi kunda rivojlangan mamlakatlarning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari o`z faoliyatida jamoatchilik bilan aloqalarning texnologiyalarini qo`llanishi yo`lga qo`yilganligi buning yaqqol dalilidir.
    «Jamoatchilik bilan aloqalar» texnologiyalari targ`ibot tashviqot masalalariga qaratilayotgan ana shunday qat`iy talabga to`la mos keladi. Chunonchi, «Jamoatchilik bilan aloqalar» texnologiyalari qo`llanilishida ommaning fikrining boshqarish usulidan voz kechiladi.
    Olimlar «Jamoatchilik bilan aloqalar» texnologiyalarini targ`ibotdan keskin farq qilishini ta`kidlaydi. Xususan, F.Teylorning fikricha, «Targ`ibot-axborot etkazishning shunday usuli, unda faqatgina kommunikatorning manfaatlariga mos g`oyalar, mafkuralar, axborot ommaga etkaziladi» (Taylor P.M. mumtions of the mind. History of Propoganda from ancient to present day-Manchester-New York, 1995. P-6).
    Milliy g`oyani targ`ibotida “jamotachilik bilan aloqalar” usullaridan tashqari yana bir qancha ilmiy negiz va asoslarga ega bo`lgan bir qancha targ`ibot usullaridan ham foydalaniladi va ular quyidagilar:

    1. “Ekspert baholash” usuli;

    2. “Del’fi” usuli;

    3. “Pattern” usuli;

    4. “O`yinlar nazariyasi” usuli;

    5. “Fokus guruhlar tashkil qilish” usuli va hak.

    “Ekspert baholash” usuli bugungi kunda keng qo`llanilayotgan usullaridan biri bo`lib, uni vujudga kelishi bevosita Ikkinchi jahon urushidan so`ng etilgan iqtisodiy va siyosiy muammolari echimini topishga doir tadqiqotlar bilan bog`liqdir. Uning asosiy mazmuni-mutaxassislar fikrlari va qarashlari asosida biror bir jarayonning kelajakdagi ahvolini o`rganish va tadqiq qilishdir. Bu usulning ijobiy xususiyatlaridan biri-uni asosan ilmiy mezonlarga tayanganligi bilan ajralib turadi. ekspert baholari o`z navbatida 2 ga ajratiladi: individul baholash va jamoaviy baholash. Individual baholashda faqatgina bir mutaxassisning fikri ijobatga olinadi, muammoning darajasiga (jiddiyligiga) qarab, esa jamoaviy xulosalar va baholar beriladi. Ushbu usulning milliy g`oya targ`ibotida muhim ahamiyati shundan iboratki, targ`ibot jarayonida mavjud bo`ladigan va kuzatiladigan muammolarni, (ham targ`ibotchi va qabul qiluvchi o`rtasidagi) ilmiy asosda echimini topilishiga imkon beradi va bu kelajakda targ`ibotni keng ko`lamda amalga oshirishda o`zining samarasini beradi.
    “Ekpert baholash” usulining davomi sifatida talqin qilinadigan usullardan biri- “Del’fi ” usuli bo`lib, unga bunday nom berilishining asosiy sababi, qadimda Yunonistonda biror hodisa-jarayon haqida xulosalar va taxminlar qilish jarayonida bir guruh qoxinlar Del’fi (Gretsiyaning shimolida) ibodatxonasida yig`ilishgan va atamaga ana shu joyning nisbati berilgan. Ammo bu nomdagi usulning paydo bo`lishi AQShda, 1960 yillarning boshlariga to`g`ri keladi va kelajakdagi ilmiy-texnikaviy jarayonlarning holati haqida tasavvur beruvchi usuldir. Bu usul davomida dastlab biror bir hodisa va jarayonning dastlabki holati haqida fikr ilgari suriladi va va shu holat davomida vujudga keladigan har qanday mazmundagi (katta yoki kichik) muammolarni ilmiy dalillar asosida to`la o`rganiladi va avvalgi ko`rsatib berilgan jarayonlar o`rtasidagi ma`lumotlar saralab olinib, uni umumiy jamoaning fikrlari sifatida qabul qilinadi. Bu usulning yana bir muhim jihatlaridan biri uni ekspert guruxlarning aniq matematik xulosalari asosiga qurilganligi, muammoga nisbatan paydo bo`ladigan savollarga birgalikdagi munosabat bildirishga qodir bo`lgan fikrlar xilma-xilligiga ega bo`lganligidadir. Jamiyat rivojlanishining asosiy mazmun-mohiyati, unda ilgari surilayotgan g`oyalar va mafkuralarning maqsadi, qarashlari, intilishlari bilan bilan chambarchas bog`liqdir. Ayni shu ma`noda ana shu jamiyatning barcha a`zolari mana shu g`oya va mafkurani to`la anglab etgandagina, uning kelajagi porloq bo`ladi. Milliy g`oya targ`iboti o`z navbatida, mana shu maqsadlarni birlashtiruvchi asosiy manba vazifasini bajaradi va turli usullar va tamoyillarga tayanadi. “Del’fi” usulining milliy g`oya targ`ibotidagi o`rni shundan iboratki, avvalo, uni oddiy nazariya va qarashlarga emas, balki aniq maqsad sari intiluvchi ilmiy farazlarga ega bo`lganligidadir. Ma`lumki, targ`ibot oddiy ko`rinsa-da, ammo doimo bir yo`nalishda amalga oshirilmaydi, u turli yo`nalishlar va targ`ibot-tashviqot a`zolarining turli-tumanligiga asoslanadi. Shu o`rinda aynan “Del’fi” usuli targ`ibot davomidagi nafaqat mavjud bo`lgan, balki, kutilishi mumkin bo`lgan muammolarni ham mutaxassislar yordamida o`rganib bartaraf etib borilishi bilan ajaralib turadi.
    Zamonaviy ilmiy farazlar va targ`ibot dasturlarida keng qo`llanilayotgan usullardan biri- “Pattern” (Planning Assistence Through Technical Relevance Number so`zlarining inglizcha qisqartmasidan olingan) usuli bo`lib, u ham AQShning boshqa “g`oya markazi” ya`ni, “Xonduell Inkorporeytid” tashkiloti tomonidan 60- yillarning oxirlarida ishlab chiqilgan. Va dastlab bu usul AQShning mudofaa, harbiy-siyosiy maqsadlari uchun xizmat qiladi. Ushbu usulning mohiyati o`zi uchun kerakli bo`lgan voqea hodisalar to`g`risida ma`lumotlar yig`iladi. Va uni amalga oshirish uchun “Pattern” usulining birinchi qoidasi ya`ni amalga oshirladigan “maqsadlar daraxtini” chizib olinadi va o`sha vaqtdagi muammolarga asoslanadi. Shu bilan shu muammoning holati bilan, keyingi jarayonlarning samarasi belgilab beriladi. Milliy g`oya targ`ibotida dastlabki jarayon bilan keyingi natijalarni bog`lab borish alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki, milliy g`oya targ`iboti fikrlar erkinligi va hodisalarning turli-tumanligiga asoslanganligi bilan ajralib turadi. Bu usulning milliy g`oya targ`ibotida qo`llanilishining asosiy mazmunini belgilab beruvchi xususiyatlaridan biri avvalo muammoni o`rganishga nisbatan “ maqsadlar daraxtini” tuzilishidir. Va ayni shu erda, amalga oshiriladigan barcha ishlarning rejasi ishlab chiqiladi, shuningdek kutilajak muammolarni ilmiy tahlillar va nazariyalar asosida “xavfi” bartaraf etiladi.
    Milliy g`oya targ`ibotida eng ko`p qo`llaniladigan usullardan biri-“Fokus guruhlar”dir. Aslida bu usulning paydo bo`lishi sotsiologiya fani bilan bog`liqdir. Ammo sotsiologiyaning o`zi jamiyatni tadqiq qiluvchi fan bo`lgani uchun, ushbu usulning “qadri” jamiyatning boshqa sohalari uchun ham birdek qimmatlidir. Bu usulning mohiyati-tanlab olingan yoki boshqa guruhlarni interv’yu asosida fikrlari o`rganish va shu asosida, qo`yilgan muammoning manzarasi ochib beriladi va bartaraf etiladi. Milliy targ`ibotida bu usulning qo`llanilishi, avvalo, targ`ibot samarasini oshirishda alohida ahamiyat kasb etadi. Jamiyatdagi u yoki bu guruh ichidan ixtiyoriy tanlov asosida saralab olingan respondentlarning fikrlari asosida ana shu jamiyatda milliy g`oya targ`ibotini amalga oshirishga doir fikrlar, yo`nalish va albatta ilmiy nazariyalar ilgari suriladi.
    G`oya targ`iboti alohida mazmun kasb etadigan usullardan biri bu- “O`yinlar nazariyasi” usulidir. Bu usulning umumiy tuzilishi o`yinlardagi optimal maqsadlarni aniqlashning matematik qonuniyatlar asosida o`rganilishidir. O`yin deyilganda, bu erda biror-bir jarayonni tushuniladi. Bu usul davomida ma`lum bir maqsadlar ilgari surilgan holatni tahlil qilish jarayonida ikki yoki undan ortiq guruhlarga bo`linadi va guruhlar o`z manfaatlarini uchun kurashadi, aynan ma`qul deb topilgan guruh va uning maqsadi etakchi darajaga chiqariladi. Bu usul milliy g`oya targ`iboti bilan bilvosita chambarchas bo`lib, aynan g`oya targ`ibotining tar-iboti samarasi ham fikrlar, qarashlar erkinligi bilan izohlanadi.
    O`zbekistonda amalga oshirilayotgan tub o`zgarishlarning taqdiri insonning faolligiga bog`liqdir. Bu esa islohotlarning mohiyatini xalqqa tushuntirishni talab qiladi. O`zbekiston hayotidagi o`zgarishlar insonlar ongida ham kengroq o`zgarishlar qilishni talab etadi. O`tish davrini boshdan kechirayotgan har qanday davlat insonni tarbiyalash haqida jiddiy qayg`urishi tabiiy. Hozirgi kunda inson ongi va qalbini egallash uchun kurash borayotgani hech kimga sir emas.
    Bunday sharoitda begona mafkuraning qo`poruvchi ta`siriga qarshi doimiy va uzluksiz aksil targ`ibotni tashkil etish zarur. Chunki, bunday mafkuraviy kurash nafaqat mamlakatimiz ichkarisida balki xalqaro maydonda ham olib borish talab etiladi. Shuni aloxida ta`kidlash joizki, demokratik jamiyat barpo etish davlatning fuqorolik jamiyati bilan doimiy aloqaga kirishishini o`z maqsad va vazifalarni insonga tushuntirib borishini, jamiyatdan kelayotgan talab va takliflar asosida siyosiy qarorlarni qabul qilishni taqozo etadi. Bu esa jamiyatdagi turli kuchlarning manfaatlarini uyg`unlashtirishi ular o`rtasida vujudga kelishi mumkin bulgan ziddiyatlarning oldini olish va boshqa ijtimoiy muammolarni hal qilishning maqbul usullarini joriy etish imkonini beradi.
    Yoshlarning u yoki bu darajada o`z mafkuraviy himoya qobig`iga ega bo`lishi, unga g`oyaviy ta`sirlarga qarshi kurashish imkonini beradi. Shu o`rinda ta`kidlash lozimki, yoshlarning siyosiy vaziyatni idrok etishida, mushohada va tahlil qilishida g`oyaviy barqarorlik muhim ahamiyatga ega.
    Ezgulikka, fikr sofligiga yo`naltirilgan bunyodkor g`oyalar-yoshlarning axborot-psixologik xavfsizligini ta`minlashning mafkuraviy-g`oyaviy negizlari bo`lib xizmat qiladi.
    Yoshlar o`zining ongli yashash huquqi uchun, o`z taqdirini o`zi belgilash erkinligi, hayotiy ezgu maqsadlarini amalga oshirishi uchun o`zlari faol bo`lishlari kerak.
    Bunyodkor g`oyalarning asosiy mohiyati yoshlarning qalbi va ongiga singdirilsa, shaxs tafakkuri turli eskicha aqida va tushunchalardan, turli g`oyaviy ta`sirlardan xolos bo`lib, davlat manfaatiga xizmat qiladi. Uning ravnaqiga o`z hissasini qo`shadi.
    Shuningdek, huquqiy demokratik davlat barpo etishda odatda davlat boshqaruvi organlari islohotchi vazifasini o`taydi. Boshqacha qilib aytganda, aynan davlat organlari islohotlarning yo`nalishlari ko`rinishi ularni amalga oshirish bosqichlarini belgilab beradilar. Shu bois davlatning muhim vazifalardan biri islohotlar jarayonida fuqorolar bilan davlat organlari o`rtasida erkin axborot almashinuvini yo`lga qo`yishdan iborat .
    Rivojlangan mamlakatlarda fuqarolarni davlat organlari faoliyatidan xabardor qilishning turli mexanizmlari mavjud bo`lib ulardan eng ko`p tarqalgan «Jamoatchilik bilan aloqa» texnologiyalaridir.
    Jamoatchilikka muhim axborotlarni o`z vaqtida etkazish, o`zaro hamkorlik muhitini yaratish, jamoatchilikning ishonchini qozonish demokratik qadriyatlarni singdirish ishlari puxta ishlab chiqilgan reja asosida olib borilishini taqazo etadi.



    Download 0.66 Mb.
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   36




    Download 0.66 Mb.