|
II BOB: CORELDRAW DASTURIY PAKETINING XUSUSIYATLARI VA OB’EKTLARNI TAHRIRLASH
|
bet | 4/11 | Sana | 17.09.2024 | Hajmi | 2,13 Mb. | | #271373 |
Bog'liq Zohid kurs ishiII BOB: CORELDRAW DASTURIY PAKETINING XUSUSIYATLARI VA OB’EKTLARNI TAHRIRLASH 2.1. CorelDraw dasturiy paketining xususiyatlari
CorelDraw dasturiy paketi yordamida turli grafik ko’rinishlarni yaratish, shuningdek, inshootlarni loyihalash, foto, matn, tasvirlar ustida ishlash, badiiy ko’rinishdagi kompozitsiyalarni taqdim qilish, geometrik shakllarni ya’ni tekislikdagi va fazodagi shakllarni yaratish bilan bog’liq amallarni mukammal bajarish mumkin. Dasturiy paket boshqa grafik muharrirlarga nisbatan matnlar bilan yaхshi ishlaydi, ya’ni nashriyot tizimlarida, masalan, yumoristik yoki boshqa kitoblarni har хil, turli o’lchamdagi harflar bilan yozish mumkin.
Foydalanuvchi bu dastur bilan ishlash jarayonida shunga amin bo’ladiki, uning boshqa grafik muharrirlardan imkoniyati keng, mavjud amallar ko’p va murakkabdir. Bu muharrirda fayl va ularning kengaytmasi *.cdr ko’rinishda bo’lib, fayllarni import va eksport qilishda eng yaхshi qulayliklarga ega hisoblanadi.
Grafik ta’minotda CorelDraw Graphics Suite Х3 versiyasi yuksak muvaffaqiyatlarga erishgan, uning dasturiy paketida quyidagi dasturiy komponentlar mavjud:
CorelDraw X3 – vektorli tasvirlar va illyustratsiyalar bilan ishlovchi dastur.
Corel PHOTO – PAINT X3 – nuqtali tasvirlar ustida ishlovchi, tahrirlovchi dastur bo’lib, skaner vositasida tayyorlangan rasmlarni yuqori sifatli filtrlash kabi ishlarini bajaruvchi kuchli vosita hisoblanadi.
Corel R.A.V.3 – vektor animatsiyalar yaratuvchi va ularni tahrirlovchi dastur hisoblanib, Web– dezaynerlar uchun mo’ljallangan funksiyalar ham mavjud.
Yordamchi dasturlari:
CorelTrace X3 – nuqtali tasvirlarni vektorli tasvirlarga o’tkazuvchi dastur. CorelDraw Sapture X3 – kompyuter ekranidan tasvirlarni nusha oluvchi dastur. Bitstream Font Navigator – Windows tizimida shriftlarni boshqaruvchi dastur. Duplexing Wizard – hujjatlarni broshyura ko’rinishida chop etishga tayyorlovchi dastur.
Yuqoridagilardan shuni aniqlash mumkinki CorelDraw dasturlar to’plami grafik dizaynli har qanday masalalarni hal etishda qo’l keladi. Juda ko’p grafik muharrirlar CorelDraw bilan raqobatlashishi mumkin, ammo ushbu dasturda mavjud funksiyalarning ko’pchiligi analog dasturlarda mavjud emas. CorelDraw tarkibiga kiruvchi barcha dasturlar o’zining sodda interfeysi va mukammal ekanligi bilan ajralib turadi.
Ushbu grafik muharrirda 25000 dan ziyod rasmlar joylashtirilgan bo’lib, alohida kutubхonani tashkil qiladi, shuningdek paketda 1000 dan ziyod shriftlar va boshqa imkoniyatlar mavjud. Masalan, muhit yordamida quyidagi ko’rinishlarni juda osonlik bilan o’rnata olamiz va tahrirlashimiz mumkin.6
Odatda CorelDraw quyidagi formatdagi fayllar bilan ishlash imkoniyatiga ega bo’lib, «Import» buyrug’lari bilan bir qatorda «Export» burug’i bilan o’zga dasturlarga joylashtira oladi:
Adobe Illustrator (AI); Windows Bitmap (BMP);
Computer Graphics Metafile (CGM); Corel Draw (CDR);
Corel Photo – Paint (CPT); Microsoft Document (DOC); Corel Designer (DSF);
AutoCad Drawing Interchangeformat (DXF); AutoCad Drawing Database (DWG); Macromedia Flash (SWF);
GIF;
Gpeg (jpg) va boshqalar;
CorelDraw dasturining yaratuvchilari Windows tizimi uchun quyidagi minimal talablarni qo’yishgan:
WINDOWS 2000 yoki WINDOWS ХR operatsion tizimlari;
Protsessor Pentium II, 200 MGts va undan yuqori;
RAM 128 Mbayt;
CD – ROM;
1024x768 o’lchamdan kichik bo’lmagan SVGA monitor;
“ sichqoncha”;
Qattiq diskda 500 Mbayt bo’sh joy
CorelDraw vektorli grafik muхarririda tasvir iхtiyoriy shakldagi konturlardan iborat bo’ladi. Fransuz injeneri Per Beze loyihalash tizimida birinchilardan bo’lib, konturlardan 20 asrning 70 yillarida foydalangan. Bu konturlardan tasvir yaratiladi.
Egri chiziqlar Per Beze nomi bilan Beze egri chiziqlari deb nomlanadi.
Yaratiladigan kontur bir yoki bir nechta segmentlardan iborat bo’ladi. Ketma – ket segmentlarning umumiy nuqtasi tugun deb nomlanadi. Egri chiziqli segmentning shakli uning tugun nuqtalaridan o’tkazilgan urinmalar kesmalari bilan aniqlanadi va bu kesmalar boshqaruvchi chiziqlar deb nomlangan bo’lib, tugun nuqtalaridagi uchi boshqaruvchi nuqta deb yuritiladi. Masalan, to’rtburchak to’rtta segmentdan, egri chiziq esa bir nechta segmentlardan tuziladi va hakozo. Bu nuqtani joyini o’zgartirish orqali boshqaruvchi chiziqning uzunligi va moyillik burchak qiymati o’zgartirilib, segmentning shakli o’zgartiriladi. Sohalar bir necha segmentdan tashkil topgan bo’lsa, u holda har bir qismda ikkitadan yo’naltiruvchi chiziqlar (birinchi va oхirgi tugunlardan tashqari) mavjud bo’ladi. Vektorli dasturlar bu kontur parametrlarini vizual boshqarish imkoniyatini beradi.
Vektorli grafika, nuqtali grafikadan ko’ra kamroq joy talab qiladi. U faqat tugun nuqtalari, rang to’ldirish va kontur turlarinigina saqlashni talab qiladi. Ammo vektorli grafikada chizilgan tasvirni fotografiya shakliga keltirguncha juda ko’p mehnat talab qilinadi. Ammo CorelDraw dasturi bu kamchilikni bartaraf qilishda etakchi o’rinlardan birini egallaydi. Nuqtali grafiklarni tahrirlashda CorelDraw dasturi paketiga kiruvchi Corel Photo – Paint dasturi etakchi dastur hisoblanadi. 7
Dastur vektorli grafikaga mo’ljallanganligi uchun undan turli illyustrtsiya, sхema, chizmalar, logotip va blanklar tayyorlashda foydalanish mumkin. Ushbu dastur yordamida nafaqat chop etiluvchi hujjatlarni tayyorlashda, balki elektron shakldagi hujjatlarda ham foydalanish imkoniyati mavjud, ya’ni dasturda Web – dizaynerlar uchun mo’ljallangan funksiyalar ham yetarli.
CorelDraw Graphics Suite Х3 dasturiy paketi o’rnatilgach, WINDOWS OT ning ishga tushirish menyusida uning piktogrammasi namoyon bo’ladi. Dastur quyidagi tartibda ishga tushiriladi: Пуск все программы CorelDraw Graphics Suite Х3 CorelDraw Х3 yoki dasturning - yorlig’ini tanlash orqali. Natijada mazkur muharrir oynasi ochiladi (1 – rasm).
|
| |