|
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining yong‘in xavfsizligi sohasidagi vakolatlari
|
bet | 4/7 | Sana | 13.05.2023 | Hajmi | 24.13 Kb. | | #59204 |
Bog'liq Yong‘in o‘chirish vositalari. Аналог бўлими, mustaqil ish 2ta, 56, Aralash funksiyali birikmalar, Sikloalkanlar, Ишончнома 77 01.05.2023 дан, Termoyadroviy reaksiyalar, yulduzlar energiyasi, Elektrostansiya va podstansiyalarning elektr uskunalarida yerga ulagichni, Kuch transformatorlari va reaktorlarni ekspluatatsiyasida texnik talablar., Yong‘inni aniqlash vao‘chirish qurilmalari., konusDavlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining yong‘in xavfsizligi sohasidagi vakolatlari
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari (bundan buyon matnda vakolatli organlar deb yuritiladi) o‘z vakolatlari doirasida:
yong‘in xavfsizligi sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi va ularning amalga oshirilishini tashkil etadi;
yong‘in xavfsizligi sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari ishlab chiqilishida ishtirok etadi;
yong‘in xavfsizligi sohasidagi texnik reglamentlar, standartlar, normalar, qoidalar va boshqa normativ hujjatlar ishlab chiqilishida ishtirok etadi;
yong‘in nazoratini tashkil etadi;
yong‘in xavfsizligi sohasidagi ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarni muvofiqlashtiradi;
davlat ehtiyojlari uchun yong‘in-texnik mahsulotining nomenklaturasini ishlab chiqadi va hajmlarini belgilaydi;
yong‘inlarni va ularning oqibatlarini hisobga olish tizimini yaratadi;
aholi punktlarida, o‘ta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yong‘in va portlash xavfi yuqori bo‘lgan obyektlarda, ijtimoiy-madaniy, sanoat obyektlarida hamda boshqa obyektlarda, hududlar va kommunikatsiyalarda yong‘inlar o‘chirilishini tashkil etadi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining yong‘in xavfsizligi sohasidagi vakolatlari
Mahalliy davlat hokimiyati organlari:
yong‘in xavfsizligi sohasidagi davlat dasturlari amalga oshirilishida ishtirok etadi;
yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlarining bajarilishini tashkil etadi;
mahalliy budjetlarning yong‘in xavfsizligiga, shu jumladan yong‘indan saqlash xizmatining ta’minoti xarajatlariga doir qismining ishlab chiqilishi, tasdiqlanishi va ijro etilishini ta’minlaydi;
yong‘in o‘chiruvchilar depolari qurilishini amalga oshiradi, yong‘indan saqlash xizmatining mahalliy budjetlar mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan bo‘linmalarini belgilangan tartibda saqlaydi va moddiy-texnika bazasi bilan ta’minlaydi;
yong‘in xavfsizligini ta’minlashning ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan rag‘batlantirilishini amalga oshiradi;
tegishli hududda yong‘inga qarshi alohida rejim o‘rnatadi.
|
| |