• Tashkilotlarning yong‘in xavfsizligi sohasidagi huquqlari va majburiyatlari
  • Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining yong‘in xavfsizligini ta’minlashdagi ishtiroki




    Download 24.13 Kb.
    bet5/7
    Sana13.05.2023
    Hajmi24.13 Kb.
    #59204
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Yong‘in o‘chirish vositalari.
    Аналог бўлими, mustaqil ish 2ta, 56, Aralash funksiyali birikmalar, Sikloalkanlar, Ишончнома 77 01.05.2023 дан, Termoyadroviy reaksiyalar, yulduzlar energiyasi, Elektrostansiya va podstansiyalarning elektr uskunalarida yerga ulagichni, Kuch transformatorlari va reaktorlarni ekspluatatsiyasida texnik talablar., Yong‘inni aniqlash vao‘chirish qurilmalari., konus, EYLER FUNKSIYASI. EYLER FUNKSIYASINING MULTIPLIKATIVLIGI. EYLER TEOREMASINI HISOBLASH FORMULASI. EYLER TEOREMASI. FERMA TEOREMASI, 6-Maruza. docx, 10-sinf Biologiya fanidan mavzulashtirilgan testlar
    Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining yong‘in xavfsizligini ta’minlashdagi ishtiroki
    Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari:
    ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmatining tashkil etilishiga va faoliyatiga ko‘maklashadi;
    yong‘in nazoratining amalga oshirilishiga ko‘maklashadi;
    yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilinishi ustidan jamoat nazoratini amalga oshiradi.
    Tashkilotlarning yong‘in xavfsizligi sohasidagi huquqlari va majburiyatlari
    Tashkilotlar:
    yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalarini belgilangan tartibda o‘z mablag‘lari hisobidan tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish;
    tegishli organlarga yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha takliflar kiritish;
    belgilangan tartibda yong‘in-texnik komissiyalarini tashkil etish;
    o‘z hududida sodir bo‘lgan yong‘inlarning kelib chiqish va kuchayish (tarqalish) sabablari hamda sharoitlarini aniqlashga doir ishlarni bajarish;
    yong‘in xavfsizligini ta’minlashni ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan rag‘batlantirish chora-tadbirlarini belgilash;
    belgilangan tartibda yong‘in xavfsizligi masalalari bo‘yicha axborot olish, shu jumladan yong‘indan saqlash xizmatining boshqaruv organlari va bo‘linmalaridan axborot olish huquqiga ega.
    Tashkilotlar:
    yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilishi;
    yong‘indan saqlash xizmati mansabdor shaxslarining qonuniy talablarini bajarishi;
    yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlarini ishlab chiqishi va amalga oshirishi, shuningdek ularning bajarilishi ustidan doimiy nazoratni ta’minlashi;
    yong‘inga qarshi targ‘ibot o‘tkazishi va o‘z xodimlariga yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlarini qo‘llashni o‘rgatishi;
    o‘ziga qarashli yong‘inga qarshi himoya tizimi va vositalarini, yong‘inga qarshi suv ta’minoti manbalarini, shu jumladan yong‘inni o‘chirishning birlamchi vositalarini ishga yaroqli holda saqlashi, ulardan belgilanganidan boshqa maqsadda foydalanilishiga yo‘l qo‘ymasligi;
    yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalariga yong‘inlarni o‘chirishda, shuningdek yong‘in nazorati organlariga yong‘inlarning kelib chiqish va kuchayish (tarqalish) sabablari hamda sharoitlarini aniqlashda, yong‘in xavfsizligi talablarining buzilishida va yong‘inlar kelib chiqishida aybdor shaxslarni topishda belgilangan tartibda ko‘maklashishi;
    o‘z hududidagi yong‘inlarni o‘chirish chog‘ida zarur kuchlar va vositalarni belgilangan tartibda berishi;
    yong‘indan saqlash xizmatining mansabdor shaxslari o‘z xizmat vazifalarini bajarayotganda ularning o‘z hududiga, binolar, inshootlarga va boshqa obyektlarga erkin kirishini ta’minlashi;
    o‘ziga qarashli obyektlarning yong‘in xavfsizligi holati to‘g‘risidagi, shu jumladan o‘zi ishlab chiqarayotgan mahsulotning yong‘in xavfliligi haqidagi, shuningdek o‘z hududida sodir bo‘lgan yong‘inlar va ularning oqibatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni hamda hujjatlarni yong‘in nazorati organlari mansabdor shaxslarining talabiga ko‘ra taqdim etishi;
    kelib chiqqan yong‘inlar, mavjud yong‘inga qarshi himoya tizimlari va vositalaridagi nosozliklar to‘g‘risida, yo‘llar va tor ko‘chalarning holati o‘zgarganligi haqida yong‘indan saqlash xizmatiga darhol xabar qilishi;
    ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmatining faoliyatiga belgilangan tartibda ko‘maklashishi shart.

    Download 24.13 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 24.13 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining yong‘in xavfsizligini ta’minlashdagi ishtiroki

    Download 24.13 Kb.