Yorug’lik hodisalari




Download 126.7 Kb.
bet1/2
Sana05.03.2022
Hajmi126.7 Kb.
#18369
  1   2
Bog'liq
seminar7
PED NAZ UMK 1, QR kod , 1 rus Geom Ishchi o\'quv dastur Физика Астрономия, ijtimoiy adabiyotlar (2), Ўтилган фанлар, модулдаги фанлар, 42-maktab hisobot, КЛАССИФИКАЦИЯ ВРЕДНЫХ И ОПАСНЫХ ПРОИЗВОДСТВЕННЫХ ФАКТОРОВ (2), Декларация 2022 йил, Уралский университет, Excel 2 амалий иш, 1122, Mo\'minxo\'jayev Nurxo\'ja (5), 2 ZARNIGOR

23-Mavzu: “Yorug’lik hodisalari” bo’limining strukturasi, mazmuni va fizik tushunchalarini shakllantirish metodikasining ilmiy-metodik tahlili.
Reja:

  1. Yorug‘lik hodisalarining strukturasi

  2. Yorug‘lik hodisalarining ilmiy-metodik tahlili

Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, VI sinf o‘quvchilari fizika kursini birinchi yil o‘qimoqdalar. VI sinf o‘quvchilari fizikaga oid boshlang‘ich bilimlarini tabiatshunoslik, geografiya, botanika kabi fanlarda olgan bo‘ladilar. Shularni e’tiborga olsak, ularda hodisalarni kuzatish, u hodisalarni modda tuzilishi nazariyasi asosida tahlil qilib tushuntirishda ma’lum ko‘nikma va malaka hosil bo‘lgan.
Bunday tushunchalarni fizikaning elektr bo‘limini o‘rganishda ham uchratamiz. Shuni ham talabalarga ta’kidlab o‘tish lozimki, VI sinfda fizikani o‘rganishga 68 soat vaqt ajratilgan bo‘lib, faqat tabiatda uchraydigan fizik hodisalarni o‘rganiladi. Bunda soatlar taqsimoti quyidagicha ekanligini talabalarga yetkazish maqsadga muvofiq, ya’ni:



Kirish

4

Modda tuzilishi

7

Mexanik hodisalar

19

Oddiy mexanizmlar

6

Yorug‘lik hodisalari

12

Issiqlik hodisalari

11

Tovush hodisalari

6

Ekskursiya

2

Takrorlash

1

Jami:

68

Birinchi bosqich fizika kursida molekulyar-kinetik va elektron nazariya elementlarini kiritilishi issiqlik hamda elektr hodisalarining sababini tushuntirishda keng foydalanilishini, fizika kursini hozirgi zamon talablariga yaqinlashtirishga imkon berishini talabalarga tushuntiramiz. Shuningdek, 6-9 sinf fizika darslari eksperimentga asoslangan bo‘lishi kerak.


Endi 6-sinf (IV chorak)da o‘tiladigan “Yorug‘lik hodisalari” bobidagi asosiy tushunchalarning tahlili va ularni o‘quvchilar ongida shakllantirish usullariga to‘xtalib o‘tamiz. Shu yerda yorug‘likka rus fizigi S. I. Vavilovning bergan bahosini keltiramiz. “Yorug‘lik – insonning eng nozik, universal va kuchli sezgi a’zosi – ko‘zning ishlashi uchun zarur bo‘lgan shartdir(hodisadir). Tun kishini bu a’zodan foydalanishdan mahrum qilib, aktiv hayotni passiv hayotga aylantiradi. Sun’iy yorug‘likning roli kishi ongining samarali ishlashini to‘xtatmaslikdan iboratdir. Yorug‘lik aslini olganda kishining ongli hayotini uzaytiradi.
Yorug‘likning buyuk ahamiyati ham avvalo ana shunda. Shuning uchun bizning zamonamizda yorug‘lik miqdori haqidagi masala katta texnik-iqtisodiy muammoga aylanganligi ajablanarli emas.
“Yorug‘lik hodisalari” bo‘limi 1989 yillargacha bir marta faqat 11-sinfda o‘rganilar edi. 1999-90-o‘quv yilidan boshlab bu bo‘lim butunligicha VIII-sinfga ko‘chirildi.
O‘zbekiston o‘z mustaqilligini e’lon qilganidan so‘ng, yangi davlat standarti, dasturi, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar yaratila boshlandi. Natijada, 1989-2000 yildan boshlab uch marta, ya’ni VI sinfda, IX sinfda hamma AL va KHK larining II kurslarida o‘rganiladigan bo‘ldi.
Biz bugungi ma’ruzada VI sinfda o‘rganiladigan “Yorug‘lik hodisalari” haqida qisqacha ma’lumot beramiz, dasturli tahlil qilamiz.
VI sinfda darslikda mavzular quyidagicha taqsimlangan:




Download 126.7 Kb.
  1   2




Download 126.7 Kb.