Yorugʻlik tezligi




Download 79.58 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana09.02.2023
Hajmi79.58 Kb.
#41679
  1   2
Bog'liq
Yorugʻlik tezligi - Vikipediya



Yorugʻlik tezligi
Yorugʻlik tezligi — elektromagnit
(jumladan, yorugʻlik) toʻlqinlarining
tarqalish tezligi; fizikaning asosiy
doimiylaridan biri; har qanday fizik
taʼsirlarning eng yuqori chegaraviy
tarqalish tezligi; eng aniq qiymati c=299
792 458 m/s. Yorugʻlik tezligi moddiy
jismlarning toʻliq energiyasini ularning
massasi bilan bogʻlaydi: $E = m c^2$.
Yorugʻlikning muhitdagi tezligi c'


muhitlarning sindirish koʻrsatkichi n bilan
bogʻlangan boʻlib, har doim c dan kichik
boʻladi. Yorugʻlik tezligini bevosita va
bilvosita aniqlash mumkin. Yorugʻlik
tezligini dastlab 1676-yilda daniyalik
astronom O. K. Ryomer aniqladi. U
Yupiter sayyorasi yoʻldoshlarining
tutilishlari orasidagi vaqt oʻzgarishiga
qarab c=300 870 ± 2 700 km/s ga teng
ekanligini topdi. Soʻngra (1728-yilda)
ingliz astronomi J. Bradley yulduzlarning
yorugʻlik aberratsiyalarini kuzatib yorugʻlik
tezligini aniqladi. Yerda yorugʻlik
tezligining qiymatini birinchi boʻlib 1849-
yilda fransuz fizigi A. I. L. Fizo tishli


gʻildiraklarning aylanishi natijasida hosil
boʻlgan yorugʻlik nurining aniq masofaga
borib qaytish vaqtini oʻlchash usuli orqali
topdi. U olgan natija: 313 300 km/s.
Keyingi qadamni 1862-yilda fransuz fizigi
J. B. L. Fuko qoʻydi. U yurtdoshi D. Arago
tomonidan 1838-yilda taklif qilingan
aylana koʻzgu usulidan foydalangan
holda tajriba utkazib, s = 298 000 ±
500 km/s ekanligini aniqladi. Fuko
yorugʻlikning suvdagi tezligi havodagi
tezligidan kamligini koʻrsatdi.
Fizo va Fuko usuliga moslashgan
tajribalar keyinroq koʻp marta har xil
oʻzgarishlar kiritilgan holda boshqa


olimlar tomonidan ham oʻtkazilgan. Bular
orasida amerikalik fizik A. Maykelson
oʻzining aylanma prizma usulida Fizoning
tishli gʻildirak va Fukoning aylanma
koʻzgu usullaridagi kamchiliklarni bartaraf
qilib Yorugʻlik tezligining „yangi“ qiymatini
topdi. Bu usul natijasi: c= 299 890 ±
60 km/s. Havoning bir jinsli emasligi
Yorugʻlik tezligini aniqroq oʻlchashga
taʼsir qiladi. Maykelson havosiz trubadan
foydalanadi va c=299 796 ± 4 km /s
natijani oladi (1926). Yorugʻlik tezligining
bu qiymati oʻsha vaqtda eng toʻgʻrisi
boʻlib, u fizik kattaliklarning xalqaro
jadvaliga kiritilgan. 19-asrda Yorugʻlik


tezligini oʻlchash fizikada katta
ahamiyatga ega boʻlishi bilan birga, yana
bir marta yorugʻlikning toʻlqinlar
nazariyasini tasdikladi, optikaning
elektromagnetizm nazariyasi bilan
bogʻliqligini bilish hamda J. K. Maksvell
tomonidan 1864—73-yillarda
yorugʻlikning elektromagnetizm
nazariyasini yaratishda katta tayanch
boʻldi. Bilvosita usullar quyidagilar:
barcha yulduzlar osmon gumbazida
ellips (sfera) boʻylab harakatlanadi;
ularning qisqa oʻklari Yerdan Df = 20,47"
burchak ostida koʻrinadi. Bu yorugʻlik
aberratsiyasi tufayli, yaʼni Yerning Quyosh


atrofida g)=29,8 km/s tezlik bilan
harakatlanishidan hosil boʻladi. Yerdan
yulduzlarni kuzatish uchun teleskop
trubasini Yer harakati tomonga ogʻdirish
kerak. U vaqtda ogʻish burchagi tangensi
tgcp= ^? . Bu usul natijasi: c=299 640 ±
750 km/s. Elektr zaryadi va elektrostatik
oʻlchash birliklari nisbatidan iborat
elektrodinamik doimiyni aniklash (nemis
fiziklari R. Kolraush va V. Veber; 1856),
yorugʻlikning chastota va toʻlqin uzunligi
maʼlum boʻlganda Yorugʻlik tezligini
aniklash usullari ham bor. Hozirgi vaqtda
Yorugʻlik tezligini oʻlchash Fizo
usullarining zamonaviylashtirilgan


usullarini, yorugʻlik modulyasiyasini
qoʻllash orqali amalga oshiriladi. Lazer
nurlaridan va chastotasi
barkarorlashtirilgan ultratovush
modulyatoridan foydalanish usuli orqali
oʻlchangan Yorugʻlik tezligining aniklik
darajasi anchagina yuqori boʻlib, olingan
natija s= 299 792,5 ±0,15 km/s ni tashkil
qiladi. 1972-yilda amerikalik olim K.
Ivenson oʻz xodimlari bilan birga seziy
chastota standarti orqali aniqroq natija
olgan: s= 299 792 456,2 ± 0,2 m/s.
Xalqaro fan va texnika soniy maʼlumotlar
qoʻmitasi bosh assambleyasining 1973-
yildagi karoriga binoan vakuumdagi


Yorugʻlik tezligining qiymati s = 299 792
458 ± 1,2 m/s deb qabul qilingan.
[1]
Yorugʻlikning vakuumdagi tezligi „c“ fizik
doimiydir. Uning eng aniq qiymati c=299
792 458 m/s, yoki 1 079 252
848.8 km/soat teng. Shuningdek, 1983-
yilda yorugʻlik tezligining aniq qiymatidan
foydalanilgan holda metr etaloni qabul
qilingan. 1 metr — yorugʻlik nurining
Vakuumdagi qiymati

Download 79.58 Kb.
  1   2




Download 79.58 Kb.
Pdf ko'rish