34
“YOSH MUTAXASSISLAR” ILMIY – AMALIY JURNALI 2023-YIL 5-SON
Kislota amidlarini karbon kislotalarga ammiak ta’sir ettirib ham olinadi.
Bunda
kislotaning ammoniyli tuzi ham bo‘ladi va u qizdirilsa kislota amidi va suv hosil
bo‘ladi:
Kislota amidlarini angidridlardan ham olinadi:
Nitrillar gidroliz qilinganda ham kislota amidlari hosil bo‘ladi:
Yog‘lar glitserin va kislota gomologik qatorining murakkab efirlaridir. Bu
murakkab efirlar tarkibidagi
kislotalar moy kislotasidan
stearin kislotasigacha
bo‘lishi mumkin. To‘yingan yog‘larning tuzilishi quyidagicha bo‘ladi:
Suyuq yog‘larning molekulasida radikal to‘yinmagan
kislotalarning
qoldiqlaridan iborat bo‘lib, bittadan uchtagacha qo‘sh bog‘ tutgan bo‘ladi. Yog‘larni
Ni katalizatori ishtirokida qaytarilsa, qattiq holga keladi. Bunga yog‘ni qattiq holga
keltirish deyiladi va margarin hosil bo‘ladi.
Yog‘ni bitta molekulasining o‘zida turli kislotalarning qoldiqlari bo‘lishi
mumkin.
Glitserinning murakkab efirlariga glitseridlar deyiladi. Novvos yog‘i stearin
(n=17) kislotaning glitserididan iborat bo‘ladi. Qo‘y, mol va kokos yog‘i palmitin
(n=15,) kislotasining glitserididan iborat bo‘ladi.
Yog‘ ishqoriy muhitda gidroliz qilinsa sovun hosil bo‘ladi va uning tarkibidagi
glitserin ajratib olinadi. Agar shu moddani
osh tuzi bilan qaynatilsa, qattiq
sovun
hosil bo‘ladi.