Yosh olimlar ilmiy-amaliy konferensiyasi




Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana01.11.2023
Hajmi0.52 Mb.
#92789
1   2   3   4
Bog'liq
Yosh olimlar 0829
matem test
YOSH OLIMLAR 
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
 
in-academy.uz/index.php/yo 
99 
Fikrimizcha, mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari, shu jumladan, qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq 
fan va texnikatexnologiya yangiliklarini yaratish hamda innovatsion faoliyatni rivojlantirish 
jarayonini respublikamiz ichidagi tor doirada emas, balki industrial taraqqiy etgan xorijiy 
davlatlarning ushbu yo‘nalishlardagi innovatsion faoliyat yutuqlari bilan uyg‘un tarzda olib 
borish maqsadga muvofiq. Agrar tarmoqdagi innovatsiya jarayoni ilm-fan yutuqlari asosida 
yaratilgan, sifat jihatidan yangi mahsulotlarni, iqtisodiy mexanizmlar, aniq tashkiliy, texnik yoki 
texnologik g‘oyalarni bevosita ishlab chiqarishda foydalanishgacha yetkazish bilan bog‘liq 
tadbirlar yig‘indisi hisoblanadi. 
Respublika agrar tarmog‘ida yuz berayotgan iqtisodiy o‘sish asosan, import o‘rnini bosadigan 
mahsulotlar yetishtirish, tadbirkorlikni rivojlantirish hisobiga yuz bermoqda. Biroq tarmoqda 
ilmiy sig‘imli agrar texnologiyaga asoslangan yo‘nalishlardagi innovatsion jarayonni 
rivojlantirish talab darajasida emas. Bunga tarmoq xususiyatidan kelib chiqqan holda 
innovatsiyalar samaradorligini oshirish yo‘llari, innovatsion xavf va xatarlarni, innovatsion 
salohiyatning mavjud sharoitlarga mosligini baholash, tarmoqda innovatsion tavakkalchilikni 
boshqarish borasidagi iqtisodiy, moliyaviy, huquqiy asoslar yetishmasligi salbiy ta’sir 
etmoqda.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchi ko‘p sonli dehqon va fermer xo‘jaliklari faoliyati 
sharoitida agrar innovatsiya bozori shakllanishi va faoliyati xususiyatlari, yo‘nalishlari 
to‘g‘risida aniq ma’lumotlarni yig‘ish, ularga ishlov berish, olingan xulosalardan foydalanish 
borasidagi bilimlar yetishmasligi sharoitida, ilmiy ishlanmalarni innovatsion loyiha sifatida 
amalga oshirishga urinish yuz bermoqda. Bu esa innovatsion g‘oyalarning iqtisodiy, texnik va 
texnologik, ekologik samaradorligi pasayishiga olib keladi. Bizningcha, agrar tarmoqda 
innovatsion g‘oyalar bozori eng avvalo, mamlakatdagi “innovatsion muhitning” shakllanish 
darajasiga bog‘liq holda rivojlanadi.
Bozor sharoitida innovatsion g‘oyalar tovar hisoblanadi va u talab mavjud bo‘lgan holdagina 
sotiladi. Innovatsion g‘oya muallifi nafaqat o‘z loyihasini foyda bilan sotishdan, balki ushbu 
loyiha natijasidan keyinchalik ham daromad olishdan manfaatdor bo‘ladi. Demak, innovatsion 
g‘oyaning aniq egasi (mualliflik huquqiga ega shaxs) bo‘lishi lozim. Bunday tizim har doim ham 
mavjud emas. Mavjud qonunlarimiz respublika doirasida innovatsion g‘oyalarni intellektual 
mulk ob’ekti sifatida ro‘yxatga olish imkonini beradi va ulardan foydalanishda muallif 
huquqlarini kafolatlaydi. Iqtisodiyotni erkinlashtirish davlatning xo‘jalik yurituvchi 
sub’ektlarning ishlab chiqarish-moliyaviy faoliyatiga aralashuvini kamaytirib borishi bilan 
bevosita bog‘liq holda yuz bermoqda. Fermer tadbirkor sifatida innovatsion g‘oyalarning 
haqiqiy xaridoriga aylanishi uchun uning birinchi navbatda iqtisodiy erkinligi kengayib borishi 
lozim. Bunda asosan: dehqonning ishlab chiqarish vositalariga, yetishtirilgan mahsulot va 
yaratilgan • foydaga to‘liq egalik imkoniyatini kengaytirib borishga; ekinlar tarkibini belgilash 
va agrotexnik tadbirlarni amalga oshirishdagi • erkinlik darajasini ortib borishiga; mahsulot 
sotish kanalini tanlash va baho belgilash borasidagi erkinligi; • raqobat muhitidagi resurslar 
bozoridan erkin mahsulot sotib olish imkoniyatini • yaratishga; raqobat muhitidagi xizmatlar 
bozoridan sifati va bahosi jihatidan maqbul • xizmat xarid qilish imkoniyatini kengaytirishga; 
raqobat muhitidagi qayta ishlovchilarga mahsulot sotish imkoniyatini yaratish • tadbirlarini 
amalga oshirishga; o‘sib boruvchi bozor talabini qondirishga qodir bo‘lgan mahsulotlar ishlab 
• chiqarishga zamonaviy texnikalar, ekinlarning yangi navlari, agrotexnologik yangiliklarni 
joriy qilishga asoslanishi lozim.



Download 0.52 Mb.
1   2   3   4




Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yosh olimlar ilmiy-amaliy konferensiyasi

Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish