|
Yosh olimlar ilmiy-amaliy konferensiyasiBog'liq Yosh olimlar 0829 matem testYOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
100
Yuqoridagi holatlar bozor munosabatlari rivojlanishining dastlabki paytlarida qishloq
xo‘jaligida innovatsiyani rivojlantirishga o‘ziga xos yondashuvni talab qiladi. Endi masalaga
respublikamiz qishloq xo‘jaligida innovatsion g‘oyalar bozorini rivojlantirish bo‘yicha
shakllangan shart-sharoitlar nuqtai-nazaridan yondashadigan bo‘lsak o‘tish iqtisodiyoti
mamlakatlari tajribasining ko‘rsatishicha ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarishda yangi
iqtisodiy mexanizmlarni joriy etish «sinov va xatolar» uslubida amalga oshiriladi.
Muammolardan yana biri – qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish va bozor innovatsiyasi bo‘yicha
yuqorida ko‘rilayotgan choralardan tashqari, yig‘ib olingan mahsulotdan samarali foydalanish,
qayta ishlash sanoatini rivojlantirish, turli xil iste’mol tovarlarini ishlab chiqarishni
kengaytirishdir. Bu qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqish samaradorligini oshiradi,
shuningdek, ichki bozordagi singari tashqi bozorda ham raqobatbardoshlikni ma’lum darajada
ko‘taradi
1 . Innovatsion siyosatning strategik maqsadi – ilmiy g‘oya va ishlanmalarni raqobatbardosh
tovar mahsulotiga aylantirish, ushbu mahsulotlarni ishlab chiqarishga joriy qilish, shuningdek,
hududiy ilmiy-innovatsion salohiyatni saqlab qolish va rivojlanishni ta’minlovchi qulay
innovatsion muhitni yaratishdan iborat Qishloq xo‘jaligida innovatsiya faoliyatni rivojlantirish
butun bir innovatsiya tizimini shakllantirish va rivojlantirish bilan uzviy bog‘liq. Uning asosiy
vazifasi ijtimoiyiqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish, aholini oziq-ovqat bilan ta’minlash
arajasi va sifatini oshirish, ekotizimga salbiy antropogen ta’sirlarni kamaytirish bilan bir vaqtda
resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish hisoblanadi. ASMda innovatsion faoliyatni
tashkil etishning muhim shakllaridan biri bu innovatsiyalar bozoriga ilmiy-texnik
mahsulotlarni kiritishni, axborot-maslahat ta’minotini, loyihalarni ekspertizasini, takliflar va
buyurtmalarni, tajriba ishlab chiqarish ba’zalarini rivojlantirish, moliyalash uchun moliya-
kredit tuzilmalarni vujudga kelishini tashkil etadigan korxonalarni shakllantirishni ko‘zda
tutadigan innovatsion infratuzilmani rivojlantirish bo‘lib hisoblanadi. Agrar sohada
innovatsion faoliyatni rag‘batlantirish samaradorligini oshirish maqsadida, qishloq
xo‘jaligining asosiy tarmoqlarini rivojlantirishga qaratilgan va o‘zida naslchilik ishini
rivojlantirishga maqsadli subsidiyalar, kimyoviy vositalarini sotib olishda xarajatlarining bir
qismini qoplash, qishloq xo‘jalik o‘simliklarining original va elita urug‘larini, asosiy fondlarni
yangilash tadbirlari, yer tuzilishini, yerdan foydalanishni yaxshilash va yer unumdorligini
oshirish, agrosanoat majmuasi sub’ektlarini kreditlash va sug‘urtalashni mujassamlagan davlat
tomonidan qo‘llabquvvatlash tizimi instrumentlari taklif etilgan.
ASMda bugungi kunda tarmoqni innovatsion rivojlantirishning ilmiy-texnologik, boshqaruv va
tashkiliy shartsharoitlarini yaratishga qaratilgan iqtisodiy mexanizm ta’siri ostida amal qilishi
lozim. ASMda innovatsion rivojlantirishning iqtisodiy mexanizmi –bu ITTKIni tashkil etish va
rivojlantirishda o‘zaro bog‘liq shakl va yo‘llar tizimi bo‘lib, ASMning ilmiy-texnik sohasida
biznesni rivojlantirish va innovatsion jarayonlarning barcha bosqichlarida (tashkil etish,
tarqatish, agroinnovatsiyalarni joriy etish va o‘zlashtirish), qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishni
ijtimoiy-iqtisodiy va innovatsion rivojlanish darajasini ko‘tarish maqsadida uning
ishtirokchilarining o‘zaro xamkorligi asosida davlat tomonidan qo‘llab quvvatlash bo‘lib
hisoblanadi. ASMni innovatsion rivojlanish strategiyasidan kelib chiqib iqtisodiy mexanizmni
shakllantirish quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshishi lozim: Innovatsion faoliyatni normativ-
xuquqiy tartibga solish tizimini shakllantirish; • ASMning respublika va mahalliy darajalarida
innovatsion faoliyatni maqsadli; • dasturli rivojlantirish; Davlat-xususiy sherikligini
|
| |