• Reja: Virtual dunyo Komyuter o’yinlarining ta’siri Virtual suhbatlarning salbiy omillari
  • Virtual olam
  • Yoshlar va virtual dunyo




    Download 345.02 Kb.
    bet1/3
    Sana22.01.2023
    Hajmi345.02 Kb.
    #39028
      1   2   3
    Bog'liq
    21-Mavzu
    , G\'arbiy frontda o\'zgarish yo\'q [uzsmart.uz], 47926, CEFR, Ikromov Muhammadyusuf, 22-M, 1 ameliy, Organik birikmalar klassifikatsiyasi, 1-topshiriq, 3160 январ ойи ҳ777, 8-sinf Algebra va Geometriya 1-4 chorak, pythonda sodda masalalarni dasturlash, urazov farrux BMI 2, 1680589327 (1)

    21-mavzu: YOSHLAR VA VIRTUAL DUNYO.


    O‘quv mashg‘ulotining o‘qitish texnologiyasi modeli



    Vaqt: 80 daqiqa

    Ta’lim oluvchilar soni

    O‘quv mashg‘uloti shakli va turi

    Nazariy

    O‘quv mashg‘uloti rejasi



    1. Virtual dunyo

    2. Komyuter o’yinlarining ta’siri

    3. Virtual suhbatlarning salbiy omillari

    O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: Yoshlar va virtual dunyo to‘g‘risidagi bilim(ko‘nikma)larni shakllantirish (mustahkamlash).

    O‘qitish natijasi



    Ushbu mavzuni o‘zlashtirish natijasida
    o‘quvchida shakllanadigan asosiy bilim, ko‘nikma yoki kompetensiyalar

    Pedagogik vazifalar:

    1. Virtual dunyo bilan tanishtirish.

    2. Komyuter o’yinlarining ta’siri tasnifini berish.

    3. Virtual suhbatlarning salbiy omillari tushuntirish.

    O‘quv faoliyati natijalari:

    1. Virtual dunyoni anglaydi

    2. Komyuter o’yinlarining ta’siri tavsiflaydilar

    3. Virtual suhbatlarning salbiy omillarini aytib beradilar

    O‘qitish metodlari:

    BBB,



    O‘qitish vositalari:



    Matnlar, yozuv taxtasi, slaydlar, proyektor, kompyuter,
    .

    O‘quv faoliyatini tashkil qilish shakli:

    Ommaviy

    O‘qitish sharoiti



    Maxsus texnik vositalar bilan jixozlangan guruhlarda ishlashga mo‘ljallangan xona.

    Qayta aloqaning usul va vositalari



    Tezkor-so‘rov, savol-javob, test, misol va mashqlar, bajarilgan o‘quv topshiriqlarni baholash.

    O‘quv mashg‘ulotining texnologik xaritasi



    Ish
    bosqichlari va vaqti

    Faoliyat mazmuni

    O‘qituvchi

    O‘quvchilar

    1-Bosqich. Mavzuga kirish
    (5 daq.)

    Tashkiliy qism

      1. O‘quvchilar bilan salomlashadi

      2. O‘quvchilarning davomati ularni va auditoriyani mashg‘ulotga tayyorligini tekshiradi Maqsad va vazifaning belgilanishi

      3. O‘quv mashgulotining mavzusi, rejasi, maqsadi va kutilayotgan natijalar bilan tanishtiradi, uning ahamiyatini asoslaydi

      4. Mavzu bo‘yicha baholash mezonlarini ma’lum qiladi

    Diqqat qiladi Yozib oladi Tanishadi




    O‘quvchilar bilimlarini faollashtirish







    2.1. O‘quvchilarga fan bo‘yicha dastlabki







    bilimlarini tekshirish maqsadida savollar







    varaqasini tarqatadi. Ishga ajratilgan vaqt,







    baholash ko‘rsatkichlari va mezonlari bilan

    Savollarga




    tanishtiriladi.

    javob




    2.2. Javoblar varaqasi yigíb olinadi va tekshirib

    yozadilar




    baholanadi. (1-ilova)

    Diqqat qiladi

    2-bosqich.
    Asosiy bosqich (65 daq.)

    Yangi o‘quv materiali bayoni

      1. O‘quv fanining maqsadi va mazmuni bilan tanishtiradi

      2. Mavzu bosqichlarini videoproektorda ko‘rsatib tushintirib beradi

    Ma’lumotlarni daftarga qayd qiladi va chizadi
    Kuzatadi




    2.5. Fanda uchraydigan atamalarni klaster bilan

    Tinglaydi




    tanishtiradi(2-ilova)

    Aqliy hujum




    2.6. Mavzuni har bir qismi bo‘yicha xulosalanadi,

    savollariga




    eng asosiylariga e’tibor qaratadi,berilayotgan

    javob beradi




    ma’lumotlarni daftarga qayd etishlarini eslatadi.







    Yangi o‘quv materialini mustahkamlash







    2.7. Mavzuni mustahkamlsh uchun talabalarga







    Aqliy hujum savollari beriladi.( 3-ilova)







    Mashg‘ulot yakuni

    Diqqat qiladi Vazifani yozib oladilar




    3.1. Mavzuni umumlashtirib, mashg‘ulotni

    3-Bosqich

    yakunlaydi.

    Yakuniy

    3.2. O‘quvchilar faoliyatini va tahlil qiladi va

    bosqich

    baholaydi

    (10 daq.)

    Uyga vazifa berish




    3.3. Mavzuni o‘rganib chiqib, mavzu bo‘yicha




    yangi ma’lumotlar tayyorlab kelish

    (1-ilova) “Axborot texnologiyalari asoslari” fanidan baholash mezoni

    T/r

    Mezonlar

    Baho

    1.


    Olgan bilimlarini ishlab chiqarishda qo‘llay oladigan, ushbu fanni boshqa fanlar bilan bog‘lay oladigan, mustaqil ish va vazifalarni to‘liq bajargan va yangilik kiritishga intilgan, har jihatdan boshqa
    o‘quvchilarga o‘rnak bo‘ladigan

    5


    2.


    O‘quv ko‘rgazmali qurollardan foydalana oladigan, olgan bilimlarini xalq xo‘jaligidagi o‘rnini to‘g‘ri tushungan, mustaqil fikrlay oladigan, olgan bilimlarini tushuntirib bera oladigan

    4


    3.

    Darslarda 95% gacha qatnashgan, ma’ruza matnini yozgan, o‘quv qurollari to‘liq bo‘lgan, adabiyotlardan foydalanishni bilgan

    3

    4.

    Ta’lim standartlarida belgilangan bilim va ko‘nikmalarni 55%dan
    kam o‘zlashtirgan o‘quvchilar

    2

    Izoh: o‘quv dasturining mantiqan tugallagan bilimi bo‘yicha o‘quvchi albatta baholanadi va natijasi o‘tish balidan (3 ball) past bo‘lganda qayta nazorat belgilanadi
    (2-ilova)
    B/Bh/B jadvali



    Bilaman

    Bilishni hohlayman

    Bilib oldim










    (3-ilova).



    B/Bh/B jadvali- Bilaman/ Bilishni hohlayman/ Bilib oldim.
    Mavzu, matn, bo‘lim bo‘yicha izlanuvchilikni olib borish imkonini beradi.
    Tizimli fikrlash, tuzilmaga keltirish, tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
    Jadvalni tuzish qoidasi bilan tanishadilar. Alohida /kichik guruhlarda jadvalni rasmiylashtiradilar.
    “Mavzu bo‘yicha nimalarni bilasiz” va “Nimani bilishni hohlaysiz” degan savollarga javob beradilar (oldindagi ish uchun yo‘naltiruvchi asos yaratiladi). Jadvalning 1 va 2 bo‘limlarini to‘ldiradilar.

    Ma’ruzani tinglaydilar, mustaqil o‘qiydilar.





    21-Mavzu.YOSHLAR VA VIRTUAL DUNYO


    Reja:



    1. Virtual dunyo

    2. Komyuter o’yinlarining ta’siri

    3. Virtual suhbatlarning salbiy omillari



    Kalit so‘zlar: internet, virtual olam, kompyuter o‘yinlari, terrorizm, kommunikatsiya, ota-onalar va yoshlar.

    Bugungi dunyo, bugungi davr shu darajada rivojlanib, taraqqiy etib bormoqdaki, inson aqli, tafakkuriga tan bermasdan iloji yo‘q. Darhaqiqat XXI asrni ham ilm-fan va texnologiyalar rivojlangan asr desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Kommunikatsiya vositalari ham shu darajada mukammal rivojlandiki, uzoq masofadagi yaqinlar bilan aloqa qilish osonlashdi. Bundan tashqari ko‘pchilik insonlar uyidan chiqmagan holda ishlash imkoniyati, yoki turli xil ajoyib o‘yinlar o‘ynash, eng yangi va emg sara kinolarni ko‘rish, yangi xit musiqalardan bahramand bo‘lish esa oddiy hol bo‘lib qoldi. Bundan imkoniyatlarni texnologiya va kommunikatsiya vositalarining eng katta yutug‘I bo‘lmish “Internet” hadya etmoqda.


    1.Internet (lotincha: inter – aro va net – tarmoq) – standart internet protokoli (IP) orqali maʼlumot almashuvchi kompyuter tarmoqlarining butunjahon va omma uchun ochiq toʻplamidir. Internet — katta (global) va kichik (lokal) kompyuter tarmoqlarini oʻzaro bogʻlovchi butunjahon kompyuter tizimi. Unda geografik oʻrni, zamon va makondan qatʼiy nazar, ayrim kompyuter va mayda tarmoqlar oʻzaro hamkorlikda global informatsiya infratuzilmasini tashkil etadi. Qaydnomalar tizimi bilan boshqariladigan barcha hosila tarmoqlar hamkorlikda isteʼmolchilarga ma'lumotni saqlash, eʼlon qilish, joʻnatish, qabul qilish, izlash va maʼlum boʻlgan barcha variantlar (matn, tovush, videotasvir, fotosurat, grafika, musiqa tarzida va b. koʻrinishlar) da axborot almashinishga imkon yaratadi. Internet tizimi 20-asrning 60- yillarida paydo boʻldiInternetning beqiyos rivojlanish surʼati davlat, taʼlim, akademik va ijtimoiy tuzilmalarning oʻziga xos umumiy moliyaviy va intellektual ulushiga
    bogʻliq boʻldi. Internetni hozirda biz boshqacha nom bilan, ya’ni real hayotdan butkul o‘zgacha olamni namoyon qila olganligi sababli virtual olam deb atay boshladik.
    Virtual olam - bu inson tomonidan kompyuter texnologiyalaridan foydalangan holda yaratilgan dunyo. Virtual olam reallikning so‘ngi texnologiyalari sizga xayoliy dunyoga to‘liq sho‘ng'ish uchun ko‘zoynak va dubulg'a yaratishga imkon beradi. Ular sizga haqiqiy hayotdan butunlay uzoqlashishga imkon beradi. Yangi texnologiyalar haqida bilib, odamlar virtual olamga shoshilishmoqda, ammo ular virtual haqiqatning psixologik ta'siri xavfli bo‘lishi mumkinligini unutishadi. Bugungi kunda hayot muammolaridan qochib, boshqa dunyoga tushib ketishingizga imkon beradigan ko‘plab qurilmalar mavjud. Virtual haqiqat tizimining rivojlanishi shu darajaga yetdiki, odam tom ma'noda ikkinchi dunyoda yashaydi, o‘zini virtual olamga to‘liq singdiradi.
    Yoshlar hayotida virtual olamga kirish yoki virtuallashuv sabablaridan asosiysi ota-onalarning farzandiga bo‘lgan etiborning yo‘qligi va bolaning o‘zini yolg‘iz his qilishidan kelib chiqadi. Ota-onalar farzandi jim o‘tirsin yoki meni bezovta qilmasin deb, unga uyali telefon yoki kompyuter olib berishadi va bolasi shu bilan band bo‘lib, bizni tez-tez bezovta qilavermasin deydigan ota-onalar juda ko‘payib ketgan. Bolalar esa yaqinlaridan ko‘rmagan etiborni o‘zgalardan qidira boshlaydi va internetga, ya’ni virtual olamga kiradi. U yerda esa turli hil notanish insonlar bilan tanishish, o‘yinlar, ajoyib kinolarni ko‘rish hamda tur xildagi musiqalar tinglash, online ishlash va ko‘plab imkoniyatlar mavjud.Virtual olamda yoshlar yangi do‘stlar topishi yoki turlixildagi ajoyib o‘yinlar o‘ynab o‘zini band qilishi mumkin. Lekin borgan sari internetga tobe bo‘lib, ya’ni virtual olamning asiriga aylanib qoladi. Tanganing ham ikki tomoni bo‘lganidek, virtual dunyoning ham ijobiy va salbiy omillari mavjud. Virtuallashuv yoshlar hayotida shu darajada jadal sur’atda ommalashyaptiki, virtual olamning asiriga aylangan inson huddi o‘rgimchak to‘riga tushgan hashorotga o‘xshab u yerdan qutulib chiqishi angrimahol bo‘lib qoldi. Xa xa to‘g‘ri internet butun dunyoni qamrab olgan o‘rgimchak to‘riga o‘xshaydi va buning domiga tushgan insonlarning ko‘pchiligini afsuski yoshlar tashkil qiladi.
    Virtual olamda yoshlarga tahdid soladigan eng katta xatarlardan asosiylari yoshlarning kompyuter o‘yinlariga mukkasidan ketishi va virtual suhbatlar oqibatida yoshlar diniy ekstremistik guruhlar changaliga o‘zlari bilmagan holda tushib qolishlaridir. Ikkala muammoga ham alohida izoh bersak:
    1. Kompyuter o‘yinlariga mukkasidan ketish va uning salbiy omillari.

    Download 345.02 Kb.
      1   2   3




    Download 345.02 Kb.