• 4. Bo‘shatish.
  • Yumshatish. Rekristallizatsion yumshatish




    Download 125.5 Kb.
    bet7/8
    Sana01.08.2021
    Hajmi125.5 Kb.
    #16545
    1   2   3   4   5   6   7   8
    3. Toblash. Ko‘p hollarda konstruksion po‘latlardan tayyorlangan shesternyalar, vallar va boshqalarning puxtaligini, asbobsozlik po‘latidan yasalgan keskichlarning qattiqligini, keskirligini va yeyilishga chidamligini oshirish maqsadida toblanadi. Buning uchun evtektoidgacha bo‘lgan po‘latlarni As3 kritik temperaturadan 30–50oC dan yuqoriroq temperaturagacha qizdirilib, shu temperaturada ma’lum vaqt tutib turilgach, kritik tezlik – (Vk) dan yuqoriroq tezlikda (masalan, sovuq suvda) sovitiladi. Shuni qayd etish kerakki, kam uglerodli po‘latlarda uglerodning kamligi va austenitning martensit strukturaga o‘tish temperaturasining yuqoriligi sababli toblashda austenitning ferrit bilan sementitga parchalanishi sodir bo‘ladi. Shu sababli kutilgan xossaga erishilmaydi. Shuning uchun bu xil po‘latlar amalda toblanmaydi, faqat o‘rta va ko‘p uglerodli po‘latlargina toblanadi. Evtektoid va evtektoiddan keyingi po‘latlarni toblash uchun ularni As, kritik temperaturadan 30–50oС yuqoriroq temperaturagacha qizdirib, shu tempe-raturada ma’lum vaqt tutib turilgach, tezda sovitiladi. Bunda buyum sirtqi qatlamining o‘zak qismiga qaraganda tezroq sovishi ichki zo‘riqish kuchlanishlarini vujudga keltiradi.

    21-rasm. Po‘latlarning yumshatish va normallash temperaturalarini uglerod miqdoriga qarab belgilash grafigi.

    Agar ichki zo‘riqish kuchlanishlari katta bo‘lsa, buyum darz ketishi mumkin. Shu sababli po‘latlarni toblash rejimini belgilashda ularning markasiga, shakliga, o‘lchamlariga, devor qalinligiga katta e’tibor bermoq lozim. Amalda toblash muhiti sifatida sovuq suv, tuz eritmalari, ishqorlardan foydalaniladi.



    4. Bo‘shatish. Toblangan po‘lat buyumlarni ichki zo‘riqish kuchlanishlardan holi etish, struktura barqarorligini oshirish bilan qovushoqroq etish maqsadida olib boriladi.

    Buning uchun toblangan buyumlarni As, kritik temperaturadan pastroq temperaturagacha qizdirib, shu temperaturada ma’lum vaqt saqlab turilgandan keyin sekin sovitiladi. 21-rasmda uglerodli po‘latlarning yumshatish va normallash temperaturalarini uglerod miqdoriga qarab belgilash grafigi keltirilgan.



    22-rasmda esa uglerodli po‘latlarning toblash temperaturasini uglerod miqdoriga ko‘ra belgilash, toblangandan keyin past temperaturali bo‘shatish rejimlari grafigi umumiy holda keltirilgan. Agar po‘lat buyumlarni termik ishlashda qizdirishning umumiy vaqtini – τu harfi bilan, buyumni zarur temperaturagacha qizdirishga sarflangan vaqtni – τk bilan, ularni shu temperaturada saqlash vaqtini – τs harflari bilan belgilasak, unda τu= τk + τs, min. teng bo‘ladi.

    22-rasm. Po‘latlarning toblash va yumshatish temperaturasini uglerod miqdoriga ko‘ra belgilash grafigi.


    22-rasm. Po‘latlarning toblash va yumshatish temperaturasini uglerod miqdoriga ko‘ra belgilash grafigi.

    Buyumlarning zarur temperaturagacha qizdirish vaqti esa pech temperaturasiga, buyum materialiga, shakliga, o‘lchamlariga va uni pechga joylash xarakteriga bog‘liq. Umumiy holda uni quyidagi empirik formula bo‘yicha aniqlash mumkin:

    τк = 0,1 K1-K2-K3-D, bu yerda, K1 – muhit koeffitsiyenti (gaz muhit uchun 2, tuz eritmasi uchun 1, metall eritmasi uchun 0,58); K2 – shakl

    koeffitsiyenti (silindr shakli uchun 2, shar uchun 1); K3 – qizdirish koeffitsiyenti (bir tomonlama qizdirilsa 4, har tomonlama qizdirilsa 1); D – buyumning o‘lchami (maksimal qirqimning minimal o‘lchami) mm.

    Buyumlarning zarur temperaturada saqlash vaqti esa uglerodli po‘lat buyumlar kesimining har bir millimetriga 1,0-1,5 minut, legirlangan po‘lat buyumlar uchun ~ 2–2,5 minut olinadi. Albatta, aniq buyumlar uchun τu vaqtiga tajriba asosida aniqliklar ham kiritiladi.



    Download 125.5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 125.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yumshatish. Rekristallizatsion yumshatish

    Download 125.5 Kb.