Yuqori haroratli jarayonlari va qurilmalar pdf




Download 0.77 Mb.
Pdf ko'rish
Sana02.04.2024
Hajmi0.77 Mb.
#185263
Bog'liq
6-mavzu
????Alloh uchun sevgan Gulim????, 2 5206345706805136634[1], 4430337, Poydevor - Vikipediya, Hasanboy, Shaharsozlik va landshaft arxitekturasi, DEVONU LUG\'OTIT TURK, Axborot infratuzulmasini fizik hemoyasini ta’minlash., 1-laboratoriya, 7-ma\'ruza, 21352 1 3E95EDD8F9339EA090C9AC512862C1290A894067, Fitosenologiya (4)


31
2.8- rasm. Yoqilg‘iniyoqish moslamasi markaziy qismida joylashgan
rekuperativ quduqsimon pechning tuzilishi.
1-ishchi kamera; 2- qopqoq; 3- yuk krani; 4-gazni yoqish moslamasi; 5-tutun
yo‘llari; 6- sopol (keramik) rekuperatorlar.
Bunday pechlar og‘ir po‘lat quymalarni chig‘irlashdan oldin qizdirishga
mo‘ljallangan. Quymalar qisqich kranlar yordamida kameraning tubida
joylashtiriladi va har tomonlama qizdiriladi. Quduqsimon pechning ishchi kamerasi
1 utga chidamli qopqoq 2 ga ega, u maxsus kran 3 yordamida ko‘tarilib, chetga
olinishi mumkin. Pech ishlagan paytda qopqoq qumli tusqich bilan zichlanadi.
Pechning yon tomonlarida joylashgan 6-sopol rekuperatorlari 1-8 rasmda
ko‘rsatilgan tuzilishga ega. Yoqgich 4 ga gaz isitilmasdan beriladi, havo esa
600-800
0
C gacha qizdirib beriladi.
Yoqgichdan chiqadigan gaz-havo oqimi ishchi bo‘shliqning butun hajmi bo‘yicha
gazlarning sirkulyasiyasini keltirib chiqaradi , bu esa quymalarning bir tekisda
qizdirilishiga yordam beradi.Qarsilikli kamerali elektr pechlar ham mavjid bo'lib,
uning umumiy ko'rinishi 2.9-rasmda keltirilgan.


31
2.9-rasm.Qarsilikli kamerali elektr pechning uning umumiy ko'rinishi.
2.4. Metall erituvch marten pechi. Yallig'pechlar
Po‘lat eritish uchun muljallangan marten pechi (2.10-rasm) kamerali eritish
pechlariga misol bo‘ladi . Eritiladigan shixta pechga ag‘darish mashinalari
yordamida yuklanadi. Eritish bo‘shlig‘ining shipi yuqori darajada utga chidamli:
xromomagnezitli yoki dinasli g‘ishtlar bilan qoplangan.
Pechning oldingi va orqa devorlari alohida shaklga ega bo‘lib, u yuqori
mustahkamlikni va erigan metall hamda toshqol (shlak) ni vannaga oqib tushishini
ta’minlaydi.


31
2.10- rasm. Koks va domna gazlarining aralashmasida ishlaydigan po‘lat
eritish marten pechining sxemasi.
I-eritish bo‘shlig‘i; II- havo regeneratorlari (bir juft); III-gaz rege-neratorlari (bir
juft) ; IV - pechning kallagi (2ta) ; 1-sovuq gazni regeneratorda isitish uchun
berish; 2- regeneratordan isitilgan gazni pechning kallagiga berish; 3- gazlarning
eritish bo‘shlig‘iga kiritilishi; 4-regeneratorga sovuq havoni berish; 5- kallakka
issiq havoni berish; 6-eritish bo‘shlig‘iga issiq havoning kiritilishi; 7- havo
regeneratoriga qizigan gazlarni uzatish; 8- gaz regeneratoriga qizigan tutun
gazlarni uzatish; 9 - havo regeneratorida sovitilgan tutun gazlarini chiqarish ; 10 -
gaz regeneratorida sovutilgan tutun gazlarini chiqarish; 11 va 12 - gazlarning
yo‘nalishini o‘zgartiruvchi moslama; 13-qozon -utelizatorga tutun gazlarini
uzatish.
Bu pechlarning tag qismi vanna ko‘rinishida yasalgan, uning eng quyi nuqtasida
chiqish teshigi bo‘lib, u orqali eritilgan pulat futerlangan cho‘michlarga
quyiladi.Quyiladigan po‘latning harorati juda yuqori buladi (t
”m
= 1550-1650
0
C) va
shixtaga issiqlikning jadal berilishini ta’minlash uchun alanganing harorati undan
ham yuqori (t
a
= 1850-1900
0
C) bo‘lishi zarur. Uglerod va boshqa aralashmalarning
oksidlanishini tezlashtirish uchun vannadagi eritmaga bosim ostida kislorod
beriladi, buning natijasida eritilgan mahsulotni tayyorlash vaqti kamayadi.


31
Pechning shipi issiqlik nurini taratadi, u uz navbatida yonish mahsulotlari hisobiga
qiziydi va nur qaytargich (reflektor) kabi eritish vannasiga issiqlik nurlarini
yuboradi. Bunday paytlarda ship yuzasining harorati 1650-1680
0
C gacha etadi.
Eritish bushlig‘idan chiqib ketayotgan tutun gazlarining harorati 1750-1850
0
C ga
teng buladi. Pech ichidagi yuqori haroratga yonish uchun beriladigan havoni va
gazsimon yoqilg‘ini faqat yuqori darajagacha qizdirish yuli bilan erishish mumkin.
Odatda havo 1000-1200
0
C gacha, gaz esa 900 - 1000
0
C gacha qizdiriladi
Agar
pech yuqori sifatli yoqilg‘i -mazut yoki tabiiy gazda ishlaydigan bulsa, u holda
faqat havo qizdiriladi.
Havo va gaz regeneratorlarda qizdiriladi;; faqat havo qizdirilganda bir juft
regenerator va havo bilan gaz qizdirilganda esa ikki juft regenerator urnatiladi.
Regenerator pech ostida joylashtiriladi va eritish bushlig‘i bilan vertikal kanallar va
qiya kallaklar yordamida ulanadi. Pechda gaz yoqilganda kallaklar yoqgich
(gorelka) vazifasini bajaradi - ularda gaz regeneratorlaridan kelayotgan qizigan
gazsimon yoqilg‘i havo regeneratorida isitilgan havo bilan aralashadi. Kallaklar
yordamida alangaga ma’lum yunalish beriladi, buning natijasida alanganing yuza
bag‘irlab , ya’ni bevosita vannada erigan shixtaning ustidan harakatlanishi
ta’minlanadi. Ma’lumki, alanganing qoralik darajasi yuqori bulsa, uning nurlanish
darajasi ham yuqori buladi. Hozirgi paytda marten pechlarida tabiiy gaz ishlatiladi,
u yoqilganda alanga tarkibida qurumsimon uglerod hosil bo‘lmaydi; maxsus
choralar kurilmasa, alanga shaffof bo‘uladi va o‘z nurlanish zichligining etarli
qiymatini ta’minlay olmasligi mumkin:
E
a
= C
0.
10
-8.

a.
T
a4
;
bunda 
a
- alanganing qoralik darajasi ;
T
a
- alanganing mutlaq harorati .
Alanga haroratining yanada ko‘tarilishi regeneratorlarning ishlashi va o‘tga
chidamli qoplamalarning mustahkamligi bilan chegaralangan bo‘lgani uchun qurum
yoki mazut qo‘shish yo‘li bilan alanganing qoralik darajasini oshirishga harakat
qilinadi, chunki bunday aralashmalar yonganda qurumsimon uglerod hosil bo‘ladi.
Mazutning sarfi issiqlik sarfiga nisbatan 20-30 % ni tashkil qiladi va ko‘mir-mazutli


31
alangadagi qurumning miqdori esa mazut massasining 3-5 % iga teng. Bunga
erishishning boshqa yo‘li-tabiiy gazning o‘z-o‘zidan karbyuratsiyalanishi
(aralashishi) dan iborat. Bu paytda vertikal kanallarda uglevodorodli gazlarning bir
qismi termik parchalanishi natijasida qurum hosil buladi. Qurum hosil bo‘lishi
jarayonini maxsus apparatlarda-reformatorlarda amalga oshirish qulay buladi;
ularda tabiiy gazning bir qismi havo etishmasligi sharoitida yondiriladi.
Regenerativ isitgichlardan chiqib ketuvchi gazlarning harakati ancha yuqori
(500-700
0
C) buladi, shuning uchun ularning issiqligidan to‘laroq foydalanish
maqsadida bug‘ qozon - utilizatorlari urnatiladi. Hozirgi paytda pechning metall
elementlarini suv bilan sovitish o‘niga bug‘lanishli sovitish usuli qo‘llaniladi. Har
bir sovitiladigan element tabiiy yoki majburiy sirkulyasiyali bug‘lanish yuzasidan
iborat; hosil bo‘lgan bug‘ isitish yoki energetik maqsadlar uchun foydalaniladi.
Zamonaviy marten pechlarining foydali ish koeffitsienti avvalgi 15-20% urniga
50-60% ga teng bo‘lishi mumkin.
Hozirgi paytda marten pechlaridagi asosiy jarayonlarni jadallashtirish uchun
vannaga kislorod beriladi, buning natijasida eritish davomiyligi keskin qisqaradi
(20-30 % ga).2.11-rasmda Qora va rangli metallar ishlab chiqaruvchi marten
pechining sxemasi keltirilgan.
2.11-rasm.Qora va rangli metallar ishlab chiqaruvchi marten pechining


31
sxemasi.
Yallig‘pechlari (nur qaytarguvchi pechlar)
Tayanch iboralar:shteyn, yallig‘ pechlari, yoqilg‘ining yoqish moslamasi, shteynni
chiqarish, toshqol (shlak)ni chiqarish, eritish zonasining uzunligi.
Rangli metallurgiya korxonalarida boyitilgan mis rudasidan shteyn deb ataluvchi
oraliq mahsulot olish uchun
yallig‘ pechlari qo‘llaniladi. Shuningdek, chuyan,
bronza, alyuminiy kabi turli metallarni qayta eritish va tozalash uchun ham yallig‘
pechlari qullaniladi.
Mis eritiladigan yallig‘ pechlari (2.12- rasm)ni eritish vannasining uzunligi
30-50 m.ga teng. Eritish bo‘shlig‘ining ship qismi alangadan vannaga issiqlik
uzatilishida juda muhim rol uynaydi. Mis eritish pechlarida yuqori sifatli yoqilg‘i -
tabiiy gaz, mazut va kukunsimon ko‘mir ishlatiladi. Forsunka yoki yoqgichlar
pechning bosh tomonia joylashadi, tutun gazlari eritish bushlig‘i bo‘ylab
harakatlanib, uning qarama-qarshi tomonidan tashqariga chiqib ketadi. SHixta
pechga yuqori tomondan qator voronkalar yordamida yuklanadi; voronkalar
avtomatik ishlaydigan qopqoq (zaslonka) lar bilan yopilishi mumkin.


31
2.12- rasm. Mis eritish uchun mo‘ljallangan yallig‘ (nurqaytarish)
P echining sxemasi.
1-yoqilg‘ining yoqish moslamasi; 2- shteynni chiqarish; 3- toshqol (shlak)ni
chiqarish; L –eritish zonasining uzunligi;L’ –vannaning umumiy uzunligi.
Pechning vannasi butun ish davomida suyuq shteyn va toshqol bilan to‘lib
turadi; shteyn va toshqol davriy ravishda pechdan chiqariladi. Suyuq shteyn katta
cho‘michlarga quyilib, konverter sexiga yuboriladi, u erda shteyn qayta ishlanadi,
undan xomaki mis olinadi. Kamerali pechlardan farq qilgan holda, yallig‘
pechlarida harorat eritish bo‘shlig‘ining uzunligi bo‘yicha o‘zgaradi: boshida
1400-1500
0
Cbo‘lib, oxirida 1300-1250
0
Cgacha pasayadi. Vanna ichidagi
eritmaning harorati uning uzunligi bo‘yicha taxminan bir xil bo‘ladi. Eritish
jarayoni normal o‘tishi uchun pechning oxiridagi harorat 1150
0
C dan past
bo‘lmasligi kerak. Yallig‘ pechlarda texnologik maqsadlar uchun tutun gazlari
entalpiyalarining katta farqidan foydalniladi.


31
Bu farqni oshirish uchun alanganing boshlang‘ich haroratini yonishga beriladigan
havoni isitish yo‘li bilan oshirish lozim; bu paytda yonish bo‘shlig‘iga tashqaridan
havo surilmasligi kerak.
Pechdan taxminan 1100-1200
0
C harorat bilan chiqib ketayotgan gazlar
texnologik chang bilan ifloslangan bo‘ladi ulardagi changning miqdori 100-120
g/m
3
ga etadi. Changning bir qismi chala eritma holatida bo‘ladi, ular issiqlik
qurilmalarining qizish yuzalarini toshqol ko‘rinishida qoplab, ifloslantirishi
mumkin. Shuning uchun pechdan keyin ekran-granulyatori (donador holatga
keltiruvchi moslamasi) bo‘lgan qozon-utilezator o‘rnatiladi. Bunday qozon
o‘rnatilishi natijasida tutun gazlarining harorati keskin kamayadi va toshqol
zarrachalari qotadi (donador holatga keladi). Hozirgi paytda yallig‘ pechning
quyidagi issiqlik sxemasi qo‘llaniladi. Pechdan keyin bug‘ qozon-utilizatori
o‘rnatiladi, u gazlar haroratining 125
0
C dan to 500
0
C gacha o‘zgarishiga
muljallangan.
Undan keyin qarshi oqimli rekuperator o‘rnatiladi, bu erda pechga beriladigan
havo 350-450
0
C gacha isitiladi. Rekuperatordan keyin tutun gazlarining harorati
170-200
0
C ga tushishi mumkin. Ammo bundan afzalroq boshqa sxema-yuqori
haroratli avtonom havo isitgichi bo‘lgan sxema mavjud. Mis eritiladigan yallig‘
pechning texnologik FIKi odatda 15-20% ga va qozon-utilizatori hamda
rekuperatori bo‘lgan pechning energetik FIKi esa 65-75% ga teng. Afsuski, rangli
metallurgiya korxonalarida chiqib ketuvchi gazlarning issiqligidan qayta
foydalanilmaydigan pechlar hozirgi paytda ham uchrab turadi.
2.5. Siklonli pishirish va eritishpechi
Tayanch iboralar:siklonli pechlar, bo’g’doysimon jismlarni pishirish,

Download 0.77 Mb.




Download 0.77 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yuqori haroratli jarayonlari va qurilmalar pdf

Download 0.77 Mb.
Pdf ko'rish