4-bob. YURISH QISMI
Yurish qismi quyidagi qismlardan tashkil tongan:
G‘ildirak va shinalar
G‘ildirak. G‘ildiraklar avtomobil yurish qismining uzellaridan biridir. Avtomobilning ilgarilama harakati yo‘l ustida amalga oshadi. G‘ildirakni harakatlantiruvchi burovchi moment yetakchi ko‘prikka transmissiya agregatlari orqali uzatiladi. Burovchi moment biror qo‘shimcha uzel yordamida yo‘l sathi bilan muloqotda bo‘lgandagina hosil bo‘lgan aks-ta’sir kuchi yordamida avtomobil ilgarilama harakatlanishga majbur bo‘ladi.
G‘ildiraklar tuzilishi quyidagi rasmda keltirilgan:
G‘ildirakning vazifasi avtomobilni yo‘l bilan bog‘lab uning harakatlanishini ta’minlash va shu bilan birga yo‘l notekisliklaridan uzatilayotgan turtkilarni biroz yumshatib kuzovga, kuzovdan tushayot- gan tik yo‘nalishdagi yuklamalarni esa yo‘lga uzatishdir.
Shinalar vazifasi, profilining ko‘rinishi, o‘lchamlari, konstruk- siyasi va germetikligini ta’minlash usuli bilan ham turlarga bo‘linadi.
Oddiy profilli shinalarda (55-rasm) uning balandligi N ning eni V ga nisbati 0,9 dan kattadir. Uning ko‘ndalang kesimi torpid shaklidadir va u kamerali yoki kamerasiz qilib ishlanishi mumkin. Bu turdagi shinalar yaxshi yo‘llarda yurishga mo‘ljallangan hamma avtomobillarga o‘rnatiladi.
O‘z navbatida radial shinalar R va RS turlarga ajraladi.
Diagonal shinalar (56a-rasm)da kord iplari qatlami 2 ikkitadir va shina diagonali bo‘ylab joylashgan. Uning qolgan qismlarining tuzilishi radial (R) shinalar bilan bir xildir.
Radial (R) shinalarda(56b-rasm) kord iplari 2 radius bo‘ylab
joylashgan, diagonal shinadan ikki marta kam. Uning uchun N / V —0,7- 0,85 va kamerali yoki kamerasiz qilib tayyorlanadi.
Radial shinalar diagonal turiga nisbatan kattaroq yuk ko‘tara olish qobiliyati, katta radial elastikligi, g‘ildirashga
qarshiligining kamligi, nisbatan kamroq qizishi, chidamliligining 2 martagacha yuqoriligi bilan ajralib turadi. Lekin radial shina tannarxining yuqoriligi,
yon tomonga