Yusupbekov N. R., Muxitdinov D. P bazarov M. B., Xalilov




Download 1.83 Mb.
bet27/88
Sana14.05.2023
Hajmi1.83 Mb.
#59593
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   88
Bog'liq
boshqarish sistemalarini kompyuterli modellashtirish asoslari
PF-134 11.05.2022, 9-informatika-1-chorak, 9-informatika-1-chorak, Yosh kitobxon qaydnomasi, 23 4 GURUH TALABASI TOSHPO\'LATOV XURSHID, o zbekiston respublikasi milliy davlatchiligining shakllanishi va, slide-1 dawlettiki, 1 (2), O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik tizimining shakllanishi va uning-fayllar.org, Djalaladdin, wepik-ravishing-revenue-unveiling-the-formation-and-varieties-of-income-in-the-world-of-insurance-compani-202402060602153P8R, Aniqlik mayli hozirgi(hozirgi-kelasi), o\'tgan va kelasi zamon, O\'zbek tilining qiyoslanishi, Талабнома наъмуна ПРО ТАЪЛИМ ВИЛОЯТ — копия
Fayl (File) menyusi
Bu menyuda fayllar bilan ishlash, yangi hujjatlar uchun oyna yechish, oldingi saqlangan hujjatlarni xotiradan chaqirish, joriy hujjatni yopish, tayyorlangan hujjatni diskga yozish, yangi oynadagi hujjatga nom berib saqlash, matnni hujjatga qanday joylashganini oldindan ko’rish, hujjatlarni chop etish hamda tizimdan chiqish kabi bir qator ishlarni amalga oshirish mumkin.
Fayl menyusining ba’zi bir bandlari bilan tanishamiz:

  • Novыy (New-Ctrl+N ) - yangi hujjat uchun oyna hosil qilish;

  • Otkrыt (Open-Ctrl+Q) - mavjud oynani yuklash;

  • Soxranit (Save-Ctrl+S) - hujjatni yozish ;

  • Zakrыt (Close-Ctrl+F4) - joriy oynani yopish;

  • Soxranit kak (Save as-Shift +Ctrl+S)- hujjatni nomini o’zgartirib yozish;

  • Soxraneniye osobo (Open Special)- fayllarni maxsus formatlarda ochish;

  • Palitrы (Paletters)- palitralarni ishchi sohaga chaqirish

  • Parametrы pechati (Printing Settings)- chop etish parametrlarini o’rnatish;

  • Pechat (Print)- joriy hujjatni chop etish

  • Vыxod (Exit-Alt+F4)- tizim ishini yakunlash.



Fayl, yacheyka va bloknot tushunchalari. Ma’lumki, fayl tushunchasi har qanday dasturiy muhitning asosiy vositalaridan biridir. Mathematica tizimida fayllar ham ikkita katta sinfga: sistemali fayllar va foydalanuvchi tomonidan tuzilgan fayllarga bo’linadi.
Dastlabki paytlarda Mathematica tizimida tuzilgan hujjatlarning fayllari .ma (Mathmatical-applications-so’zlarining bosh harflari) kengaytma bilan foydalanilgan. Bunday kengaytmali fayllarni muharrirlash oynasiga chaqirib to’ldirish, tahrirlash yoki bajarish mumkindir. Bunday fayllarni tizimga yozib qo’yish jarayonida, tizimning resurslari tomonida, bir vaqtning o’zida, .mb kengaytmali binar fayllar ham hosil kilinadi. Bu faylning .mb kengaytmasida hujjatning, berilgan matnning grafik obrazi hosil qilinadi.
Mathematica tizimining 3/4 - versiyalarida hujjatlarni “Bloknot” yoki “Zapisnaya knijka” (rus tilida) yoki Notebook (ingliz tilida) atash qabul qilinadi. O’zbek tilidagi bayonlarimizda esa bunday bloknotlarni “ Hujjat” deb atashga kelishib olamiz. Shunday qilib, bloknot - hujjatlarda oddiy matn yoki grafik yoki boshqa ma’lumotlarni saqlash mumkin. Bloknot- hujjatlar .nb kengaytmali matnli fayllar sifatida foydalaniladi. Bunday kengaytmali fayllarni ASC II formatli ixtiyoriy matn muharriri tomonidan o’qish va tahrirlash mumkin.
Hujjatlardagi barcha ma’lumotlar yacheykalarda saqlanadi. Yacheykalarning xarakteri ular bajaradigan funksiyalarga hamda ulardagi ma’lumotlarning turiga bog’liqdir. Yacheykalarni o’ng tomonidagi ko’k rangdagi kvadrat qavs (o’rta qavs - ]), ularning o’lchovini , stili(uslubi)ni, xarakterini anglatadi. Shu o’ng tomondagi o’rta qavslardagi ortiqcha belgilarga ko’ra uning atributi (xossasi)ni aniqlash mumkin.
Shunday qilib, har bir yacheyka ma’lum bir maqsad uchun yo’naltiriladi va foydalaniladi.
Masalan, hujjatning sarlavhasi – nomi yozilgan yacheyka faollashmagan (“inactive” - neaktivnaya ) deb ataladi. Faollashmagan yacheyka hisoblashlarda foydalanilmaydi. Hisoblash natijalarini chiqarish (Chop etish) ga mo’ljallangan yacheyka formatlangan («formatted» - formatirovannaya) deb ataladi. Bu yacheyka ham tahrirlanmaydi. Kiritish ma’lumotlarini o’zida aks ettiruvchi yacheyka esa formatlanmagan («unformatted» - neformatirovannaya) deb atalib u tahrirlanadi. Faollashmagan yacheyka oxiridagi o’rta qavs (]) ning yuqori qismida gorizontal chiziqcha belgisi turadi.
Bundan tashqari, yopilgan (zakrыtaya), initsializatsiya qilingan (initsializirovannaya) yacheyka tushunchalari ham mavjud. Yopilgan yacheykaning o’ng tomonidagi o’rta qavsning yuqori qismida «x» belgisi turadi. “Locked” buyrug’i orqali yopilgan yacheykani ochish mumkin. Odatda tashqaridagi turli tasodifiy aralashishlardan yacheykani himoyalash maqsadida, yacheyka yopib qo’yiladi.
Har bir yacheyka hujjatda o’zining aniq bir stili (uslubi) ga egadir. Ya`ni, yacheykadagi matnnning shrifti, o’lchami, rangi bo’lishi mumkin.
Endi Amaliy dasturlar majmuasi (ADD Ons ) haqida qisqacha fikr yuritaylik. Amaliy dasturlar majmuasi (ADD Ons ) ADDOns katologiga joylashtirilgan bo’lib, u o’zida 150 dan ortiq amaliy masalalarni yechish algoritm(dastur)larini mujassamlashtirgan. Juda ko’p qo’llaniladigan ba’zi dasturlar majmualari bilan tanishib chiqamiz:

    • Algebra – ko’phadlar ustida turli algebraik amallar, algebraik tengsizlik va h. k;

    • Calculus – hosilalarni, integrallarni, limitlarni simvolli hisoblash, Fur’e va Laplasning to’g’ri va teskari almashtirishlari, chiziqsiz algebraik tenglamalarni yechish, differensial tenglamalarni yechish va h. k.;

    • LinearAlgebra – chiziqli algebra masalarini yechish;

    • Miscellaneuos- fizikaviy miqdorlarni o’lchov birliklarini berish, kimyoviy elementlar haqida ma’lumotlar ;

    • NumberTheory – sonlar nazariyasining funksiyalari;

    • Geometry – geometrik hisoblashlar uchun funksiyalar, muntazam to’g’riburchak va ko’pburchaklarni yasash, geometrik figuralarni aylantirish (tekislikda ham fazoda);

    • Graphics - maxsus ko’rinishdagi geometrik figuralar va sirtlarni grafiklarini yasash, parametrik, oshkor va oshkormas ko’rinishdagi funksiyalarning grafiklarini yasash va h.k.

Barcha fayllarda yechiladigan masala uchun yetarli darajada tushuntirish matnlari(izohlar), algoritmlar berilgan( faqat ingliz tilida). Bu izoh va
tushuntirish matnlari qo’yilgan masalani o’rganishni va ulardan foydalanishni osonlashtiradi.



Download 1.83 Mb.
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   88




Download 1.83 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yusupbekov N. R., Muxitdinov D. P bazarov M. B., Xalilov

Download 1.83 Mb.