Mexanik ishlov berish uchun qo‘shimlar qiymatini hisoblash




Download 210.37 Kb.
bet8/11
Sana27.05.2023
Hajmi210.37 Kb.
#65763
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
4-мавзу курс иши
Р. Р. Ибраимов “Система с двумя объектами”, The Mobilization State, Microsoft Word Document, 6-laboratoriya variant, БЖД практика, Microsoft Word Document, Ikramov, Fizika sirtqi II qism, мехатроника, амалиеттитул, Презентация-Microsoft-PowerPoint, 2-MA\'RUZA, 9-sinf Sinf soati, 1 Xorijiy investitsiyalar iqtisodiy mazmuni, Amaliy topshiriq
Mexanik ishlov berish uchun qo‘shimlar qiymatini hisoblash.
Mexanik ishlov berish jarayonida detalning aniqligi va yuzasining g‘adir-budirligini olish maqsadida zagotovka yuzasidan kesib olinadigan metall qatlami qo‘shim (pripusk) deb ataladi. Demak, zagotovka va detal o‘lchamlarining ayirmasi qo‘shimni tashkil etadi. Qo‘shimlar oraliq va umumiy qo‘shimlarga bo‘linadi. Mexanik ishlov berishning berilgan operatsiyasini (o‘tishni) bajarishda olib tashlanadigan metall qatlami oraliq qo‘shim (Zi) deb ataladi. Bu qo‘shim oldingi va undan keyingi bajarilayotgan operatsiyalar orasidagi zagotovka o‘lchamlarining farqi bilan aniqlanadi. Oraliq qo‘shimni ko‘pincha operatsiyalararo qo‘shim deb ham yuritiladi.
Umumiy qo‘shim deb, detal yuzasini tayyor holatiga olib kelish jarayonida uning yuzasidan kesib olinadigan metall qatlamining qalinliklari yig‘indisiga aytiladi.
Mashinasozlikda qo‘shimni ikki xil usulda aniqlash mumkin:
1. Tajriba va statistika usuli.
2. Hisoblash va tahlil qilish usuli.
Tajriba va statistika usulida umumiy va oraliq qo‘shimlar jadvaldan olinadi. Jadvallar esa ilg‘or zavodlar tajribalarini umumlashtirib va tizimlashtirib tuzilgan bo‘ladi. Bu usulning kamchiligi shundaki, unda qo‘shim miqdori, texnologik jarayoning qanday tuzilishidan qat’iy nazar, jadvaldan olib tayinlanadi. Bu usulda aniqlangan qo‘shim miqdori noaniq, oshirilgan bo‘ladi.
Hisoblash va tahlil qilish usulida qo‘shim unga ta’sir qiluvchi omillarni o‘rganish va hisoblash yo‘li bilan topiladi. Qo‘shim miqdori shunday bo‘lishi kerakki, uni kesib olib tashlaganda avvalgi operatsiyadan qolgan nuqsonlar, zagotovkani moslamaga o‘rnatishda va kesib ishlash paytida hosil bo‘ladigan xatoliklar yo‘qolishi kerak. Qo‘shimni bu usulda aniqlash yetarlicha aniq, chunki bunda texnologik jarayoning qanday sharoitda bajarilayotgani va boshqa omillar hisobga olinadi.
Oraliq qo‘shim qiymatini statistik usulda aniqlash nisbatan oddiy, lekin kerakli jadvallar har xil adabiyotlarda, standartlarda berilganligi sababli, ularni izlash biroz qiyinchilik tug‘diradi.
Har bir operatsiya uchun oraliq qo‘shimlar va joizliklar qiymatlari yakunlovchi operatsiyadan dastlabki operatsiyaga qarab aniqlanadi, ya’ni zagotovkaga ishlov berish texnologik jarayoniga teskari yo‘nalishda hisoblanadi.
Zagotovkaning shakliga nisbatan soddalashtirish uchun olib tashlanadigan material qatlami – pripuskni (qoʻshimni) olish yoʻli bilan bir marta ishlov beriladigan yuzalarga qoʻshimlar hisoblanmaydi, prokatdan olingan vallarni kichik diametrli boʻyinlari uchun, shtamplangan va pokovkadan olingan zagotovkalarni yuzalarini oʻlchamlari orasidagi farq kichik boʻlganda, butun materialda tuynuklarni parmalash, rezbalarni kesish va xokazo. Agar bunday yuzalarga bir necha oʻtishlar bilan ishlov berilganda, qoʻshimlarni chegaraviy qiymati va ijroviy oʻlchamlari toza va yarim toza oʻtishlar (operatsiyalar) uchun hisoblanadi, bir marta yoki bir necha marta qora ishlov berilganda pripuskni (qoʻshimni) qolgan qismlari olib tashlanadi.



Download 210.37 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 210.37 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mexanik ishlov berish uchun qo‘shimlar qiymatini hisoblash

Download 210.37 Kb.