• Kapsulalar.
  • Z. A. Nazarova, Yo. S. Karieva, G. M. Tureeva, N. S. Fayzullaeva, Sh. F. Iskandarova




    Download 1.18 Mb.
    bet17/97
    Sana15.05.2023
    Hajmi1.18 Mb.
    #59997
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   97
    Bog'liq
    Z. A. Nazarova, Yo. S. Karieva, G. M. Tureeva, N. S. Fayzullaeva
    103, IPTK6095 QR CLICK, мансур — копия, 1-O.N, farmasevtik yordam , Exam, ashtarxoniylar(1), G\'afforov Jahongir moliya, диф маъруза10, 01.22 uchun mavzular, XII asrda turkman va oguzlarning Anadolu
    Tabletkalar. Bolalarga mo’ljallangan tabletkalar faqat dozasi bilan farqlanmay, balki belgilangan fizik-kimyoviy va biofarmatsevtik omillarga ega bo’ladi. Shuningdek tabletkalar qobiq bilan qoplanadi. Bolalar uchun mo’ljallangan aminazin, lеvomitsеtin stеarat, analgin, allaxol, furadonin, fеnobarbital, kaliya orotat, atsеtilsalitsil kislotasi, eritromitsin, butadion, dimеdrol tabletkalari bular jumlasidan.
    Bugungi kunda bolalar uchun vishillovchi tabletkalar ham ishlab chiqariladi, ulardan ta’mi yaxshigan saturatsiya (mikstura)lar tayorlanadi.
    Roche firmasi (Bеlgiya) askorbin kislotasi, piridoksin gidroxlorid, kaltsiy karbonat, vitamin D2 moyli eritmasini saqlagan vishillovchi tabletkalarni ishlab chiqariladi.
    Kapsulalar. Bolalar uchun mo’ljallangan kapsulalar asosan jelatinadan tayyorlangan kapsulalar ishlatiladi, chunki ular bir qator afzalliklarga ega: tashqi omillardan himoyalash, noxush organoleptik xossalarni niqoblaydi, allergiya reaksiyalarni chaqirmaydi, oson yutiladi. Bugungi kunda pediatriya amaliyotida antibiotik, vitamin, sulfanilamid, jumladan, sulfatiazol, fеnatsеtin, pipеrazin adipinat, vitamina B2, Shuningdek ich ketish, surgi va yo’talga qarshi preparatlar kapsulalangan holda ishlab chiqariladi. Masalan, anemiya kasalligini davolash uchun tarkibida temir sulfat saqlagan “Konefron” kapsulalari hamda tarkibida polivitaminlar saqlovchi kapsulalari keng qo’llaniladi.2

    Pastilkalar (lot. pastillae) – plastik holdagi dori va gel hosil qiluvchi (jelatin, arab elimi va qand va b.) yordamchi moddalar aralashmasiga shakl berish yoli bilan olinadigan va og’iz bo’shlig’ida so’rish yoki ichish uchun mo’ljallangan qandolat qattiq dori turi

    So’ngi yillarda pediatriya amaliyotida ta’mi tuzatilgan suyuq dori turlari bilan bir qatorda pastilkalar ham ishlatiladi. Masalan, polivitaminlar va mikroelementlar saqlovchi “Pikovit” pastilkalari.


    Yoshi 7-8 yildan oshgan bolalarga qattiq dori turlari – tablеtka, drajе, kapsulalar qollash tavsiya etiladi.
    Davlat Reestrida keltirilgan pastilkalar nomenklaturasi asosan shimish va chaynash uchun mo’ljallangan.

    Draje – ichish uchun mo’ljallangan qand ustiga (massasi 0,025 g) dori va yordamchi moddalarni obakilash yoli bilan olinadigan va dozalarga bo’lingan qattiq dori turi. Drajelar to’g’ri sfera shaklda bo’ladi, qoplangan qoiq massasi drajening umumiy massasini 20% tashkil etedi

    Draje olishda qand, kraxmal, patoka, asosli magniy karbonat, bug’doy uni, kakao, etiltselluloza, bo’yovchi va boshqa yordamchi moddalar ishlatiladi. Drajelar tarkibi bo’yicha odiy va murakkab tarkibli bo’lishi kerak. Drajelar tarkibida 10 ta va undan ko’p dori moddalar berilishi mumkin, ular bir-biridan yordamchi moddalar bilan ajralib turadi.


    Dori va yordamchi moddalar eritma yoki suspenziya holida kiritiladi. Drajelar obakilash qozonida olinadi, usti esa mum va qattiq moylar eritmasi bilan qoplanadi.
    Bolalar uchun polivitaminli “REVIT”, “UNDEVIT”, spazmolitik ta’sirga ega “TIFEN”va boshqa drajelar ishlab chiqariladi.

    Download 1.18 Mb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   97




    Download 1.18 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Z. A. Nazarova, Yo. S. Karieva, G. M. Tureeva, N. S. Fayzullaeva, Sh. F. Iskandarova

    Download 1.18 Mb.