Z. A. Nazarova, Yo. S. Karieva, G. M. Tureeva, N. S. Fayzullaeva, Sh. F. Iskandarova




Download 1.18 Mb.
bet24/97
Sana15.05.2023
Hajmi1.18 Mb.
#59997
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   97
Bog'liq
Z. A. Nazarova, Yo. S. Karieva, G. M. Tureeva, N. S. Fayzullaeva
103, IPTK6095 QR CLICK, мансур — копия, 1-O.N, farmasevtik yordam , Exam, ashtarxoniylar(1), G\'afforov Jahongir moliya, диф маъруза10, 01.22 uchun mavzular, XII asrda turkman va oguzlarning Anadolu
V. Uslubiy ko’rsatmalar
Butun jahon sog’liqni saqlash tashkiloti (VOZ) ma’lumotlariga ko‘ra, bolalarni davolashga qo‘llaniladigan dori vositalarning faqat uchdan bir qismi sezilarli ravishda terapevtik samaraga egadir. Har yili kamida bir milliardga yaqin mablag‘lar bolalarni ich ketishi, yo‘talishi va shamollashiga “qarshi” beriladigan befoyda dori vositalarga sarflanar ekan. Ko‘pincha ushbu vositalar nafaqat befoyda, balki zararligi ham isbotlangan. Ayrim dori vositalar esa ozgina bo‘lsa ham organizmga kasallikni engishiga yordam berar ekan.
Bir yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan dori vositalar nomenklaturasi umuman kam. Ko‘p yillar mobayni olimlar bolani – bu “Katta insonning kichik nusxasi” deb xato fikr yuritishgan. Kichik bolalarni organizmida metabolizmni o‘zgacha kechishi sababli bolalarga mo‘ljallangan dori vositalar bunga moslangan bo‘lishi kerak. Ma’lumki, odatda ota-onalar o‘z bolalari kasalligini o‘zlari davolanadigan dori preparatlarni kichkina dozada berib davolashga urinadilar. Bu noto‘g‘ri. Ko‘p mahalliy farmatsevtika korxonalari maxsus bolalarga mo‘ljallanga dori preparatlarni ishlab chiqarishga intilmaydilar, chunki bu qimmat va katta foyda keltirmaydi. Ko‘p hollarda bolalar uchun mo‘ljallangan dori preparatlar – qiyom, poroshok, tabletka va boshqalar chet davlatlardan valyuta hisobiga keltiriladi.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar organizmining anatomo-fiziologik xususiyatlarini kattalar organizmidan farqlanishida to‘htalsak, quyidagilar ma’lum bo‘ladi:
- avvalo kattalar organizmida suvning miqdori 58,5% atrofida, bir sutkalik hujayradan tashqari suyuqlik 14% dan ko‘p bo‘lib, chaqaloqlarda ushbu ko‘rsatkich mos ravishda 74,7% va 5,6% tashkil etadi. Bu esa suvda eruvchan dori moddalarni yangi tug‘ilgan chaqaloqlar organizmda tez tarqalishini ta’minlaydi.
- yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda oshqozon shirasining rN 8,0 ga teng bo‘lsa, bir oylik chaqaloqlarda rN 5,8 ni tashkil etadi. Bu esa chaqaloqlarda dorilarni so‘rilishiga ta’sir ko‘rsatadi. Jigar faoliyati to‘liq rivojlanmaganligi sababli xujayralarda dori moddalar ushlanib qolmaydi va metabolizmga to‘liq uchramaydi, shuningdek oksidlovchi fermentlarning tasiri ham kam. Buyrak filtratsiyasi sustligi sababli metabolizm mahsulotlarini chiqib ketishi sekin kechadi. SHunday qilib yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda va 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarda dori moddalar va ularning biotransformatsiyaga uchragan mahsulotlari tizimli qon oqimida uzoq saqlanib qoladi va bunda gematoensefalik to‘siqning faoliyati nisbatan yuqori.
Qon zardobining oqsillari dori modda bilan bog‘lanish xususiyati kam va ular uzoq vaqt yuqori konsentratsiyada to‘qima, organlar va qon tarkibida saqlanib qoladi. Dori moddalarning biotransformatsiyasi bola organizmida gormonlar va fermentlar hali to‘liq rivojlanmaganligi sababli dori preparatning dozasini kattalar dozasidan kelib chiqib, bolaningyoshiga qarab hisoblash yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun mutlaqo mumkin emas.
Bundan tashqari yangi tug‘ilgan chaqaloqlar organizmida himoya reaksiyalari mikroblar ta’siriga to‘liq bardosh bera olmaydi. Shuning uchun sterillanmagan dori vositalari chaqaloqlar organizmida kasallik va pirogen reaksiyalarni chaqirishi mumkin. Bunda sirtga ishlatiladigan dori preparatlar ham sterillangan bo‘lishi kerak, chunki chaqaloqlarning terisi katta so‘rib olish qobiliyatga ega.
Bularni barchasini hisobga olib, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun dori vositalarni tayyorlash, saqlash va berish to‘g‘risida buyruqlar - „Dorixona sharoitida tayyorlangan dori vositalarini sifatini yaxshilash borasida” yo’riqnomasining 2-ilovasi (21.04.2000 y. 195-sonli buyruq); „Dorixona muassasalarida steril va aseptik dorilar tayyorlash bo’yicha qo’llanma” (28.04.2003 y. 198-sonli buyruq); „Dorixona muassalari tomonidan tayyorlanadigan va idishga jihozlanadigan dori vositalarni tashqi bezagiga doir qoidalar” (15.04.2002 y. 177-sonli buyruq) asosida va dori moddani fizik-kimyoviy holatini hisobga olib steril holda tayyorlanadi.
Yangi tug‘ilgan bolalarga mo‘ljallangan dorilarining 70% ex tempore retseptura va dorixona sharoitida tayyorlanadi. Fakat 30% gina tayyor mahsulot sifatida bo‘ladi (in’eksiyalar, liniment, surtmalar). Shuning uchun YaTCh ga mo‘ljallangan dorilar texnologiyasiga oid masalalar dolzarb va muhim.
YaTCh ga mo‘ljallangan dorilarning asosiy qismi (17-50%) ichish uchun suyuq dorilarga to‘g‘ri keladi, suyuq sirtga ishlatiladigan dorilar miqdori-28%, poroshok va sepmalar 40% atrofida, yumshoq dori turlari – 10%, in’eksion dorilar 5% ni tashkil etadi.
Pediatriya amaliyotida suyuq dori turlari qo‘llash oson, qulay va og‘riq chaqirmasligi hamda biofarmatsevtik omillar (so‘rilish tezligi va organizmda bir hil tarqalishi)ni hisobga olib keng ishlatiladi.


Download 1.18 Mb.
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   97




Download 1.18 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Z. A. Nazarova, Yo. S. Karieva, G. M. Tureeva, N. S. Fayzullaeva, Sh. F. Iskandarova

Download 1.18 Mb.