• 1.1. Nanofizika asoslari kursining fan sifatida o‘qitilishi, uning fan va texnika rivojlanishidagi ahamiyati
  • Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat uninersiteti




    Download 0,74 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/5
    Sana20.12.2023
    Hajmi0,74 Mb.
    #125547
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    xrpt 2tlpmd4th5s56hg3cavzdo9t12l8cnr584jk8d5e8m04vfuyggmjvk4lceiet20ptj2rmvvk0vd (1)

    MAYDONGA KELISHI
    Keyingi yillarda “nano”, “nanotexnologiya”, “nanomate-
    riallar” kabi atamalar, shu atamalarga bog‘liq qurilmalar yoki
    yangi yaratilayotgan materiallar fan-texnika yangiliklarida ko‘p
    ishlatila boshlandi. Xo‘sh, “nano”, “nanotexnologiya”,
    “nanomateriallar” deb atalayotgan atamalar qayerdan kelib
    qoldi? Bu atamalar mohiyatan, mazmunan nimani aks ettiradi?
    Bunday yangiliklarni o‘rganish har qanday kishi uchun qiziqarli
    hisoblanadi. Hozirgi kunda barcha yoshlar bunday
    yangiliklardan xabardor bo‘lishga, ularni muntazam o‘rganishga
    harakat qilishmoqda. Fizika mutaxassisligi bo‘yicha tahsil
    olayotgan bakalavr, magistrlarni jahon standarti talablari
    doirasida ta’lim olishlaridagi asosiy omillardan biri shunday
    fan va texnika yangiliklarini o‘quv jarayoniga tatbiq etish
    hisoblanadi. Bu muammolarning hal etilishi ularning ilmiy
    salohiyati rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Shunga
    bog‘liq holda mazkur bobda nanofizika asoslarining fan sifatida
    maydonga kelishi, uning fan va texnika rivojlanishidagi
    ahamiyati, fanning maqsad va vazifalari, nanotexnologiyalar
    va nanomateriallarning paydo bo‘lishi tarixi, ularning
    qo‘llanilishi, O‘zbekistonda nanotexnologiyalarning
    rivojlanishiga oid ma’lumotlar bayon qilinadi.
    1.1. Nanofizika asoslari kursining fan sifatida o‘qitilishi,
    uning fan va texnika rivojlanishidagi ahamiyati
    Kishilik jamiyati rivojlanishiga nazar tashlasak, insonlar o‘z
    ehtiyojlarini qondirish uchun turli asbob-uskunalar, texnikalarni
    yaratishdi. Dastlabki yaratilgan asbob-uskunalar yoki qurilmalar
    insonlar tomonidan ishlatilgan bo‘lsa, keyinchalik ularni
    avtomatik boshqarish usullari ishlab chiqildi. Bu fan-texnika
    rivojlanishiga olib keldi. XXI asrga kelib fan-texnikada shunday
    katta yutuqlarga erishildiki, bu insonlar uchun zarur bo‘lgan
    yangi ehtiyojlar paydo bo‘lishiga olib keldi. Ehtiyojlarni
    qondirishda, avvalo, xomashyo ta’minoti va unga sarflanadigan


    6
    mablag‘lar, bu xomashyo asosida yaratilgan asbob-uskuna-
    larning o‘ta aniqlik bilan ishlashi davr talabiga aylandi. Hozirgi
    kunda bunday qurilmalar qatoriga sensorli telefonlar,
    kompyuterlar yoki boshqa turdagi qurilmalarni kiritishimiz
    mumkin. Yaqinda ingliz olimlari chumolilarning hayoti va
    yashash sharoitini o‘rganish uchun maxsus nanoo‘lchamdagi
    video yozish qurilmasini yaratishdi. Dastlabki tadqiqot
    natijalariga ko‘ra, ikki qo‘shni uyada yashaydigan chumolilar
    qo‘shni bo‘lishiga qaramay, hech qachon bir-birlari bilan aloqa
    qilmasligi aniqlangan. Chumolining bosh o‘lchamini hamda
    unga o‘rnatilgan videoyozuv qurilmasining o‘lchamini tasavvur
    qilib ko‘ring. Bu juda mitti qurilma ekanligini anglash qiyin
    emas.
    “Nano” atamasi o‘lchamga bog‘liq bo‘lgan kattalik hisob-
    lanadi. Har qanday qurilma yoki uni yaratish uchun
    qo‘llaniladigan xomashyo ma’lum bir kattalik yoki o‘lcham
    bilan baholanadi (1.1-rasm).
    Masalan, geometrik o‘lchami nuqtayi nazaridan qarasak,
    ularni katta yoki kichik deb atashimiz mumkin. O‘lcham metr,
    mikrometr, nanometr va boshqa birliklarda ifodalanadi. Metrik
    o‘lchamdagi kristall yoki moddalar kichik mikrometrik
    kristallcha yoki moddalardan iborat bo‘lsa, mikrometrik
    o‘lchamdagi kristallcha kichik zarracha atom yoki
    molekulalardan tashkil topgan nanometrik kristallcha yoki
    moddalardan iborat. Elektron manbalarda keltirilishicha,
    «nano» 1960-yildan muomalaga
    kiritilgan bo‘lib, yunoncha «mitti»
    ma’nosini bildiradi. Boshqacha
    aytganda, nano qo‘shimchasi
    metrning milliarddan (10
    -9
    ) bir
    bo‘lagini anglatadi. Oldiniga
    nanometr, nanosekund, aniqrog‘i,
    birliklarning eng kichiklarini aks
    ettirishga xizmat qilgan «mitti» so‘zi
    asta-sekinlik bilan “bo‘linmas
    zarralar”, ya’ni, atomlar ustida
    tadqiqot olib boruvchi sohalarda
    1.1-rasm.


    7
    keng qo‘llanila boshlandi. Bu sohada izlanishlar ancha oldindan
    olib borilganiga qaramay, “nano” qo‘shimchasi ilk bor 1974-
    yili texnologiya atamasi bilan birga qo‘llaniladi. Bu esa, o‘z
    navbatida, ilg‘or texnologiyalarning yangi yo‘nalishini belgilab
    berdi.
    Katta o‘lchamli qurilma yoki asbob-uskunalarni ko‘z bilan
    ko‘rish, ularning ishlashi jarayonida yuz beradigan fizik
    jarayonlarni tahlil qilish mumkin. Biroq nanometrik
    o‘lchamdagi qurilmani nafaqat ko‘z bilan ko‘rib, balki ularda
    yuz beradigan fizik jarayonlarni tasavvur qilib bo‘lmaydi.
    Bundan tashqari, nanoo‘lchamli qurilmalarni yaratish juda
    murakkab texnologik jarayonlardan iborat. Ular yordamida
    olingan nanotuzilmalar bir necha atom yoki molekulalardan
    tashkil topgan bo‘lishi mumkin. Bu ularda yuz beradigan fizik
    jarayonlarni tahlil qilish imkoniyatini chegaralaydi. Hozirgi
    kunda bu muammolarni hal qilish uchun nanofizika fan sifatida
    maydonga keldi. Bo‘lajak fizik nano o‘lchamdagi qurilmalar
    yoki nanomateriallar olishda ishtirok etishi, pedagog sifatida
    yoshlarga ular haqida ma’lumotlar berishiga to‘g‘ri keladi.
    Shuning uchun fizik bakalavr hamda magustrlarga “Nanofizika
    asoslari” fanini o‘qitish davr talabi hisoblanadi.

    Download 0,74 Mb.
    1   2   3   4   5




    Download 0,74 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat uninersiteti

    Download 0,74 Mb.
    Pdf ko'rish