XOTIRA. XOTIRA TURLARI VA VAZIFALARI




Download 30,58 Mb.
bet5/64
Sana07.01.2024
Hajmi30,58 Mb.
#131540
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64
Bog'liq
Kompuyter ta\'minoti(lob-ya) 2 kurs

XOTIRA. XOTIRA TURLARI VA VAZIFALARI.

Oddiy zamonaviy kompyuterda xotirani tashkil etishi quyida ko’rsatiladi:


Asosiy xotira. Operativ xotiraning birinchi 640 Kbayt hajmi foydalanuvchining xotiradan foydalanadigan qismi.
Asosiy xotiraning birinchi bir hechta yuz Kbayt hajmi operatsion tizim va qurilma drayverlarda foydalanilgan. Xotiraning shu qismini quyi xotira deb atashadi.
Yuqori xotira. Bu xotira asosiy xotiraning oxirgi baytdan 1baytgacha. Quyi xotiraning hajmi 384 Kbayt. (aniq qiymati 393216 bayt. Bu qiymat esa shunday hisoblanadi: 1 Kbayt- 1024 bayt; 640 Kbayt – 655360 bayt; 1 Mbayt – 1024x1024 yoki 1 048 576 bayt. Shinday qilib 1 Mbayt minus 640 Kbayt= 393 216 bayt)
Yuqiri xotiraning ba’zi bir qismlarini zamonaviy kompyuterning har hil qurilmalari foydalanishadi, masalan, videoadapterdagi ma’lumotni saqlash uchun. Yuqori xotirani foydalanilmagan qismidan xotirani boshqaradigan dasturlar foydalanish mumkin.
Qoshimcha xotira. Qoshimcha xotira zamonaviy kompyuterlarga, yuqiri xotiradagi 1 Mbaytdan tashqarida joylashgan, xotiradan foydalanish imkonini beradi. Ba’zi bir dasturlar shu xotiraga to‘g‘ridan -to‘g‘ri murojat etishi mumkin. Lekin boshqalarga esa qoshimcha xotiraning dispetcherini yoki qurilma drayverini yordami kerak bo‘ladi.
HMA ning yuqori manzillarining maydoni. Bu qoshimcha xotiraning birinchi 64 Kbayti. Ular HIMEM.SYS drayver orqali boshqariladilar va DOS=HIGH buyruqni ishlatganda DOS ni saqlash uchun foydalaniladilar .

• Kengaytirilgan xotira. Zamonaviy kompyuterlarda foydalaniladigan yana bir aylanib o‘tish yo‘li. Bu sxema, kengaytirilgan xotira dispetcheri boshqaruvida banklarni yoqib/o‘chirish yordamida 1 Mbayt dan ortiq hajmdan foydalanish imkonini berdi. Kengaytirilgan xotira 16 K baytli betlarga bo‘lingan. 4ta betdan iborat bo‘lgan va bet bloki deb ataluvchi blok yuqoru xotirada 64 Kbayt darchada yoqib/o‘chiriladi.




BIOS izimi
BIOS haqida boshlang’ich ma’lumotlar - BIOS (Basic Input/Output System) — asosiy kiritish-chiqarish tizimi bo‘lib, motherboard(материнская плата)’da alohida chip sifatida ishlaydi. Bu chipning vazifasi kompyuter va operatsion tizimni bir-biriga bog‘lashdan iborat. Har safar kompyuter yoqilganda dastlab bios ishlaydi, kompyuter uskunalari parametrlarini tekshiradi va operatsion tizim yuklanuvchi fayliga(dasturiga) o‘z ishini beradi(NTLDR, bootmgr).
Kompyuter yongandagi har xil yozuvlar va tovushning chiqishi, ROM(Read Only Memory) xotirada yozilgan biosning ishi.
BIOS quyidagi vazifalarni bajaradi:
kompyuterni faollashtirish, barcha elementlarini boshlang‘ich holatga keltirish;
— kompyuter qurilmalarini dastlabki tekshiruvini amalga oshiradi(POST-test);
— kompyuter qurilma qismini dastlabki sozlash ishlarini amalga oshiradi;
— tizim resurslarini taqsimlaydi;
— PCI qurilmalarini ro‘yxatdan o‘tkazish va sozlash;
— operatsion tizimni dastlabki yuklanishini amalga oshiradi(bootmgr);
— qurilmalarni bir-biri bilan moslashuvini tekshiradi;
— elektr ta’minotini boshqarish, kompyuterni o‘chirish, uxlash holatiga o‘tkazish.


Award BIOS versii 4.51 PG 



AWARD BIOS versii 6,0 

AWARD + PHOENIX. birgalikda ishlashgan, zamonaviy platalarda shunaqa.


BIOS’ versiyasi va ishlab chiqgan firmasini Windows operatsion tizim orqali quyidagicha ko‘rish mumkin:
Пуск -> Выполнить -> msinfo32


Bundan tashqari, Everest, Sandra, siw kabi utilitalar orqali ham kompyuteringizga o‘rnatilgan BIOS haqida ma’lumot olishingiz mumkin bo‘ladi.


3.BIOS dasturiga kirish yo’llari - Dastlab, bu dastur ichiga qanday qilib kirishni ko‘rsatib o‘taman. BIOS bilan ishlash bo‘yicha tajribangiz bo‘lmasa, xavfsizlik qoidalariga rioya qilishni maslahat beraman, ya’ni kerakli fayllaringizni boshqa kompyuterga yoki boshqa vinchesterga olib qo‘ying, bu juda nozik ish bo‘lib, bilmasdan BIOS’ga doir biror boshqa sozlashni o‘zgartirib qo‘ysangiz, kompyuteringiz ishlamay(yonmay) qolishi mumkin.


BIOS dasturiga, operatsion tizim ishlab turgan paytda kirib bo‘lmaydi, bu xavfsizlik sababli qilingan. Uning uchun kompyuterni qayta yuklash lozim. Kompyuter yonganda, ekranda bir muddat BIOS’ga qanday kirish haqida axborot chiqadi, odatda «Press DEL to enter SETUP» ko‘rinishida bo‘ladi. Agar bu xabarni o‘qiy olmasangiz, bu haqidagi ma’lumot Motherboard(Материнская плата) qo‘llanmasida ham bo‘ladi, shu yerdan bilib olishingiz mumkin.


Agar qo‘llanma bo‘lmasa va BIOS’ga qanday kirishni bilmasangiz, havotirlanmang, kompyuter yongandaDelete, F1 yoki F2 tugmalaridan birini tez-tez bosib natijasini kuting, agar operatsion tizim yuklanishi boshlanib ketsa, demak bilinki siz bosgan tugma BIOS dasturiga kirishni amalga oshirmaydi, qolgan ikki tugmani bosib harakat qilib ko‘ring. Kirish amalga oshganligini ekranga chiqadigan ko‘k fonli, bir necha menyulardan tashkil topgan oynadan bilish mumkin.



Notebook’larda, chiqarilgan firmaga qarab, BIOS’ga standartdan tashqari(delete, F1,F2)tugmalar orqali kiriladi, ya’ni firma o‘zi belgilaydi, qaysi tugma orqali BIOS’ga kirish mumkinligini. Quydagi jadvalda, qanday firma Notebook’larida, BIOS’ga kirish qanday tugmalar asosida amalga oshirilishi haqida axborot berilgan. Bu jadval «windxp» internet saytidan olingan.



Bu degani shunday bo‘ladi degani emas, katta ehtimollik bilan shunday degani. Davomini ko‘ramiz.



BIOS’ga qanday kirish kerakligini bilib oldingiz, o‘zingiz uchun yuqoridagi jadvalni qog‘ozga chiqarib ish joyingizga(uyingizga) qo‘yib qo‘ying, kerak bo‘lib qoladi.
4.BIOS menyulari haqida umumiy tushuncha - Agar BIOS’ga doir maqolalarni o‘qib kelayotgan bo‘lsangiz, hozirga kelib siz BIOS tushunchasi haqida, BIOS’ga kirish va uni sozlashlarini oldingi holatiga qaytarish kabi asosiy narsalarni bilasiz.
PHOENIX+AWARD nomli firmaning BIOS‘i asosida ko‘rsataman, bu firma oldin ikkita firma ko‘rinishida bo‘lib, hozir birgalikda BIOS chiqarish bilan shug‘ullanishmoqda, ko‘p kompyuterlarda aynan shu firma BIOS’i ishlatilmoqda.
Demak, kompyuteringiz orqali BIOS’ga kirsangiz, quyidagi oynagu duch kelasiz.


Ichidagi meyularni umumiy qilib ko‘rib o‘tamiz:


1. Standard CMOS Features — menyuda, tizim tomonidan ko‘rsatiladigan vaqt, kun kabi axborotlar, undan tashqari disklarni sozlash va POST xatolar haqida ma’lumotlarni ko‘rish va ularni sozlash mumkin bo‘ladi.
2. Tiger Central Control Unit — menyuda, tezkor xotira(RAM), protsessor(CPU)kabi kompyuter elementlarini ishlashini sozlash va ular haqida axborot olish mumkin bo‘ladi. Aynan shu menyu orqali kompyuter ishlashini tezlashtirish(разгон) imkoni mavjud.
3. Advanced BIOS Features — kompyuter yuklanishni qanday amalga oshirish kerakligi, protsessor sozlashlari va xotirani keshlash kabi sozlashlar amalga oshiriladi. Undan tashqari kompyuter yoqilishida qaysi diskdan yuklanishi kabi savollarga ham javob topiladi.
4. Advanced Chipset Features — bu menyu motherboar’dagi chipsetni sozlash va tezkor xotira ishlash parametrlarlarini belgilash uchun ishlatiladi..
5. Integrated Peripherals — motherboard’da mujassamlashgan elementlarni sozlash uchun(audio, video, kontrollerlar,…).
6. Power Management Setup — kompyuterning elektr ta’minotini boshqaradi, undan tashqari bu menyu orqali kompyuterni o‘chish va yoqilishini avtomatlashtirish ham mumkin.
7. PnP/PCI Configurations — tizim resurslarini qurilmalarga taqsimlash va PCI sozlashlarni amalga oshiradi.
8. PC Health Status — bu menyu orqali kompyuter ishlashini monitoring qilish mumkin bo‘ladi. Ba’zi elementlarning haroratini, kullerlarning aylanish tezligini va hakazo.
9. Load Fail-Safe Defaults — oldingi maqolada aytib o‘tgan funksiya, ya’ni BIOS sozlashlarini eski holatiga qaytaruvchi menyu. Bu menyu, bilib-bilmasdan BIOS sozlashlarini o‘zgartirib qo‘ygan va orqaga qaytarishni bilmagan foydalanuvchilar uchun qulaydir.
10. Load Optimized Defaults — bir necha qiymatlarni bergan holda, kompyuter ishlashini optimizatsiya qilish uchun ishlatiladi.
11. Set Supervisor Password -BIOS dasturiga parol o‘rnatish(superfoydalanuvchiga, administratorga), bu ishni juda ehtiyotkorlik bilan amalga oshiring.
12. Set User Password — bu ham yuqoridagi kabi parol qo‘yish uchun ishlatiladi, lekin administratorga emas, balki oddiy foydalanuvchiga, bu foydalanuvchi sozlashlarni ko‘rishi mumkin bo‘ladi, lekin o‘zgartiraolmaydi.
13. Save & Exit Setup — qilingan barcha ishlar(sozlashlar)ni saqlab, BIOS’dan chiqish.
14. Exit Without Saving — qilingan barcha ishlar(sozlashlar)ni saqlamasdan BIOS’dan chiqish.
5.BIOS sozlashlarini oldingi holatiga qaytarish yo’llari - BIOS dasturida har xil sozlashlar mavjud bo‘ladi va bu sozlashlarni bilmasdan o‘zgartirish, kompyuter bilan sodir bo‘ladigan har xil nohushliklarga olib keladi. Shuning uchun, BIOS bilan ishlaganda ehtiyot bo‘ling, agar bilmasdan buzib qo‘ysangiz, darhol BIOS dasturidagi sozlashlarni ishlab chiqarilgan paytdagi sozlashlarga (odatiy sozlashlarga) qaytaring (сброс настроек по умолчанию).
Sozlashlarni odatiy holga qaytarishning quyidagi usullari mavjud.

1 variant.


K ompyuterni o‘chiring va tok manbaidan uzing, undan so‘ng, kompyuter ichini oching va u yerdan BIOS dasturi sozlashlarini odatiy holga qaytaruvchi tugmani bosing. Bu tugma faqat ma’lum bir platalrda mavjud. Natijada, BIOS sozlashlari zavodda chiqarilgan sozlashga qaytariladi.

2 variant.


Agar sizning platangizda bunday tugma bo‘lmasa, navbatdagi usul yordamida BIOS sozlashlarini orqaga qaytaring.
BIOS bir necha kichik dasturlardan iborat bo‘ladi, sozlashlar amalga oshiriladigan dastur BIOS Setup deyiladi. Qachon siz maxsus tugmalar orqali BIOS’ga kirganingizda, siz faqat BIOS sozlashlariga kirgan bo‘lasiz. Bu sozlashlar maxsus mikrosxemada joylashgan bo‘ladi va CMOS deb yuritiladi. Sozlashlarni oldingi holatiga qaytarish uchun, CMOS «перемычка«sini olib, yonidagisiga bir necha sekundga ulaymiz va orqaga qaytaramiz. Shunda BIOS sozlashlari orqaga qaytadi, bu «перемычка» BIOS batareyasi yonida joylashgan bo‘ladi.

3 variant.


Agar yuqoridagi usullar orqali sozlashlarni oldingi holatiga qaytaraolmasangiz, eng sodda usulini taklif qilaman. Bu BIOS batareyasini bir necha soniyaga(30-45 soniya) olib, qaytadan qo‘yishdan iborat. Bu unchalik qiyin emas, faqat batareykani topsangiz bas. Batareyka kottaroq va dumaqloq ko‘rinishga ega va 3V dan iborat. Agar bu batareyka ishdan chiqsa, kompyuterning ba’zi sozlashlari(vaqt, kun) buzilib ketadi va kompyuterni yoqganingizda «CMOS-cherksum error» yoki «Battery Low Lewel» degan xatoliklar chiqadi.

№ 4 variant.


BIOS sozlashlarini oldingi holatiga qaytarishning yana bir usuli bu BIOS’ga kirganda ma’lum bir menyu orqalidir. Bu menyu «Load Fail — Safe Defaults» deb nomlanadi. BIOS turi va versiyasiga qarab har xil joyda joylashgan bo‘lishi mumkin. Odatda BIOS Setup oynasida bo‘ladi.



Download 30,58 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




Download 30,58 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



XOTIRA. XOTIRA TURLARI VA VAZIFALARI

Download 30,58 Mb.