|
Z. R. Babayeva Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi 11-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabining matematika fani oʻqituvchisi Pdf ko'rish
|
bet | 27/108 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 53,35 Mb. | | #240157 |
Bog'liq Geometriya 7 uzb 202248
Teoremaning sharti
Teoremaning xulosasi
Agar
A jumla
o‘rinli bo‘lsa,
B jumla
o‘rinli bo‘ladi.
Umuman olganda, teoremani shart va xulosa qismlarga ajratib, quyidagi sxema
ko‘rinishida tasvirlash mumkin:
Boshlang‘ich tushuncha va aksiomalar.
Geometriyada tushunchalar ma’lum
uzviy izchillik va mantiqiy ketma-ketlikda kiritiladi. Nuqta, to‘g‘ri chiziq va tekislik kabi
tushunchalar geometriyaning boshlang‘ich tushunchalari hisoblanadi. Ularga ta’rif ber
-
madik.
Geometriyaning boshlang‘ich tushunchalari
ta’rifsiz to‘g‘ridan to‘g‘ri kiritiladigan
tushunchalardir. Geometriyani bir bino deb olsak, bu tushunchalar uning poydevoridir.
Boshlang‘ich tushunchalardan foydalanib boshqa yangi tushunchalar aniqlanadi, ya’ni
ularga
ta’rif
beriladi.
Shuningdek, shu paytgacha nuqta, to‘g‘ri chiziq va tekislikning ba’zi xossalarini ham
isbotsiz, to‘g‘ridan to‘g‘ri qabul qildik. Bunday xossalar
aksiomalar
deb ataladi. Agar e’ti
-
bor bergan bo‘lsangiz, darslikda barcha aksiomalarni asosiy matndan alohida ajratib,
maxsus bel gi ostida berib keldik. Shu paytgacha tanishib chiqqan aksiomalarimizga misollar
keltiramiz (qolganlarini darslik sahifalaridan topib, yozib chiqing):
Yunon olimi Platon geometriyada ajoyib bir
qonuniyatni payqagan: avval o‘rganilgan, to‘g‘ri
-
ligi isbotlangan xossalardan mantiqiy fikrlash,
mushohada yuritish orqali yangi xossalarni keltirib
chiqarsa bo‘lar ekan.Bunday ajoyib imkoniyatdan
foydalanib, qolgan xossalar teoremalar ko‘rinishida
ifodalanadi va aksiomalar hamda bu paytgacha
to‘g‘riligi isbotlangan xossalarga asoslanib, man
-
tiqiy mulohazalar yuritish orqali isbotlanadi.
Mulohaza yuritish jarayonida isbotlanmagan
xossalardan (garchi ularning to‘g‘riligi ochiq-oydin ko‘rinib turgan bo‘lsa ham) foydalanish
taqiqlanadi.
Bunday mashg‘ulot o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatini o‘stirgani uchun geometriya
maktablarda asosiy fanga aylangan.
Shunday qilib, geometriyani bir bino deb qaraydigan bo‘lsak
(7-rasm)
, boshlang‘ich
tushunchalar va aksiomalar uning poydevorini tashkil qiladi. Bu poydevor ustiga terilgan
g‘ishtlar ta’riflangan yangi tushunchalardan va teoremalar ko‘rinishida isbotlangan xossa
-
lardan iborat bo‘ladi.
Teorema
Teorema
Teorema
Teorema
A
ks
io
m
a
A
ks
io
m
a
A
ks
io
m
a
A
ks
io
m
a
A
ks
io
m
a
7
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Z. R. Babayeva Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi 11-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabining matematika fani oʻqituvchisi
|