151
Bilim:
–
sirkul va oddiy chizg‘ich yordamida geometrik yasashga doir masalalarni
yechishda rioya qilinadigan maxsus qoidalar;
–
geometrik yasashga doir masalalarni yechish bosqichlari.
Amaliy ko‘nikmalar:
–
chizg‘ich va sirkuldan to‘g‘ri foydalanish;
–
berilgan burchakka teng burchakni yasay olish;
–
burchak bissektrisasini yasay olish;
–
perpendikulyar to‘g‘ri chiziqlarni yasay olish;
–
kesmani teng ikkiga bo‘lish;
–
berilgan elementlariga ko‘ra uchburchaklarni yasay olish.
V BOB
Bu bobni o‘rganib chiqqach,
quyidagi bilim va amaliy
ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz:
GEOMETRIK YASASHGA DOIR MASALALAR
152
23
Yasashga doir masalalarni faqat oddiy chizg‘ich va sirkul vositasida yechish mantiqiy
mushohada qilish qobiliyatini o‘stiradi. Bu usul Qadimgi Yunonistonda san’at darajasiga
yetgan edi. Shu paytgacha turli xil asboblar yordamida har xil geometrik shakllarni yasab
keldik. Masalan, chizg‘ich yordamida to‘g‘ri chiziq, nur, kesma, uchburchak va boshqa
shakllarni chizdik. Chizg‘ich va transportir yordamida turli
xil burchaklarni yasadik. Sirkul yordamida esa aylana va
yoylarni tasvirladik
(1-rasm)
.
Ma’lum bo‘lishicha, ko‘plab
geometrik shakllarni faqat
oddiy chizg‘ich va sirkul
(2-rasm)
yordamida yasash mumkin
ekan. Oddiy chizg‘ich
deganda
masshtabli bo‘linmalarga
ega bo‘lmagan va bir tomoni tekis chizg‘ichni tushunamiz.
Shu sababdan geometriyada shu ikki asbob yordamida
yasashga doir masalalar maxsus ajratib ko‘rsatiladi. Bu ikki
asbobdan foydalanishning maxsus qoidalari bor.
Ular vositasida faqat quyidagi ishlarni bajarishga ruxsat
beriladi: