• MUNDARIJA KIRISH………………………… …………………… …………… ……. …
  • Nazariy qism
  • XULOSA…………………………………………………………………… 25 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………………
  • Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti




    Download 416.9 Kb.
    bet2/14
    Sana01.03.2023
    Hajmi416.9 Kb.
    #43912
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
    Bog'liq
    O`ktambekov Anvarjon
    95rwmTQImdcxI6J4MBVZa8i3QUpS0wOm0rVkGf6B, pedagogik texnologiyalar, 3-mavzu, История изучения, 2.8, 8. Сузиш ва уни ЎМ НФД 5112000-ЖМ 2020-2021 ў.й, Dasturlash tillari, 84251714, 24, portal.guldu.uz-Eritmalar. Eritmalar konsеntratsiyalari. Eruvchanlik, Р.Ишмухамедов, А.Абдуқодиров, А.Пардаев. Таълимда инновацион технологиялар (таълим муассасалари педагог ўқитувчилар учун амалийвсиялар ). Ўқув қўлланма, Virusologiya fanidan laboratoriya mashg`ulotlari ishlanmasi-hozir.org (1), 1-mavzu, Микробиология итоговой
    Kurs ishi rahbari _________________________________________________________
    (familiyasi, ismi, sharifi)


    Topshiriqni bajarishga oldim_______________________________________________
    (familiyasi, ismi, sharifi)


    Topshiriq berilgan sana: 2022 yil «_____» ________________________.

    MUNDARIJA

    KIRISH………………………………………………………………….

    4

    Nazariy qism




    1. Borland C++ Builder komponentlar palitrasi

    7

    2. Standard bo'limi

    17

    3. Frame komponenti, MainMenu va PopupMenu komponentlari Label, Edit, Memo, Button komponentlari

    18

    XULOSA……………………………………………………………………

    25

    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………………

    28


    KIRISH


    Mustaqil, rivojlanishda kun sayin ildamlab borayotgan yurtda, ma’nan, ruhan, jismonan sog‘lom barkamol avlodning davrga mos ravishda milliy xususiyatlarini shakllantirish, ma’naviyatini, ta’lim-tarbiyasini yuksak darajaga ko‘tarishday zalvarli ish bilan pedagogika fani shug‘ullanadi. Shuning uchun ham pedagogika fani va amaliyotining bugunga kelib, maqsadi tamomila o‘zgardi. U mafkura iskanjasidan xalos bo‘lib, o‘ziga xos milliy qonuniyatlar asosida rivojlanish imkoniyatiga ega bo‘lganligi tufayli bilim berish, mutaxassis tayyorlashni o‘z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olgan pedagogikadan, milliy g‘ururi baland, o‘zbek millatga xos bo‘lgan yuksak fazilatli barkamol shaxsni shakllantirishga yo‘naltirilgan jarayonga aylanib borayotganligi ko‘rinib turibdi.
    Insoniyat tarixiga nazar tashlar ekanmiz, hamma davrlarda har tomonlama barkamol shaxsni tarbiyalash insoniyatning azaliy orzusi bo‘lib, ajdodlarimiz ma’rifat, ma’naviyat va madaniyatni qanday qilib yosh avlodga o‘rgatish, ularni komillikka yetaklash yo‘llari, usullari va qonun-qoidalarini izlaganlar. Darhaqiqat, insonning ma’rifiy va ma’naviy komillikka erishishi tarbiya deb atalmish ijtimoiy hodisa orqali amalga oshirilgan. Jamiyat rivojlangan sari etuk, barkamol shaxslarni tarbiyalab etishtirish ehtiyoji ortib, o‘zgarib, yangilanib borgan.
    Prezidentimiz Mirziyoyev Sh.M. o‘z nutqida: “Buyuk tarixda hech narsa izsiz ketmaydi. U xalqlarning qonida, tarixiy xotirasida saqlanadi va amaliy ishlarida namoyon bo‘ladi. Shuning uchun ham u qudratlidir. Tarixiy merosni asrab-avaylash, o‘rganish va avlodlardan avlodlarga qoldirish davlatimiz siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biridir”1-deb ta’kidlaydi. Darhaqiqat, xalqimiz ulkan ma’naviy me’rosga ega. Ushbu tarixiy merosdan ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanish, yoshlarda ajdodlar an’analariga sodiqlik va munosib bo‘lish hissini shakllantirish mutaxassislar oldida turgan muhim vazifalardan biridir.
    Hozirgi kunda axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan foydalanish nafaqat ijtimoiy yoki iqtisodiy sohalar, balki, siyosiy sohada ham foydalanish, uni davlat boshqaruvi, davlat va jamiyat munosabatlari hamda fuqarolarga davlat xizmatlari ko’rsatish kabi muhim ijtimoiy-siyosiy jarayonlar uchun qo’llash ayni muddao hisoblanadi.
    Darvoqe, har bir jamiyatning bugungi kuni va kelajagi uning ajralmas qismi va hayotiy zarurati bo‘lgan ta’lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Bugungi kunda mustaqil taraqqiyot yo‘lidan borayotgan mamlakatimizning uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish, yangi sifat bosqichiga ko‘tarish, unga ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda samaradorligini oshirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning qabul qilinishi bilan uzluksiz ta’lim tizimi orqali zamonaviy kadrlar tayyorlashning asosi yaratildi.
    Respublikamizda amalga oshiralayotgan islohotlarining bosh maqsadi va harakatga keltiruvchi kushi – har tomonlama rivojlangan barkamol insondir. Mamlakatimizda rivojlanishning muhim sharti zаmonaviy iqtisodiyot, fan, madaniyat, texnika, texnologiya rivoji asosida kadrlar tayyorlanishlarning takomillashgan tizimini yaratishdan iborat.
    O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Sh.Mirziyoеvning 2017 yil 20 aprеldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi №2909 qaroriiga asosan, Oliy ta’lim tizimini 2017 — 2021 yillarga mo‘ljallangan komplеks rivojlantirish dasturi tasdiqlandi. Bu qarorda oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalarga mos holda, kadrlar tayyorlashning ma’no-mazmunini tubdan qayta ko‘rib chiqish, xalqaro standartlar darajasida oliy malakali mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida qabul qilingan.
    Qarorda “Oliy ta’lim muassasalarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan jihozlash, oliy ta’lim muassasalari talabalari, o’qituvchilari va yosh tadqiqotchilarning jahon ta’lim resurslari, zamonaviy ilmiy adabiyotlarning elektron kataloglari va ma’lumotlar bazalariga kirish imkoniyatlarini kengaytirish.” haqida so’z borgan2.

    Download 416.9 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




    Download 416.9 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti

    Download 416.9 Kb.