O’qitish nazariyasining asosiy tamoyillari




Download 382.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/10
Sana12.02.2022
Hajmi382.21 Kb.
#17450
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
shaxsga yonaltirilgan talim texnologiyalari asosida informatika va axborot texnologiyalari fanini oqitish (1)
Faxridinov Damir Zafar o’g’li, Iqtisodiy tahlil nazariyasi referat, “Moliya” kafedrasi, Ushbu asarga qahramonlari ijobiy va salbiy guruhga bo
O’qitish nazariyasining asosiy tamoyillari 
O‘zbekiston Respublikasida demokratik, insonparvar hamda huquqiy 
jamiyatni barpo etish sharoitida mazkur fan yuksak ma’naviy va axloqiy 
talabalarga javob beruvchi yuqori malakali kadrni tarbiyalash tizimini ishlab 
chiqish, milliy istiqlol g‘oyasi asosida ta’lim va tarbiya nazariyasini ijodiy 
rivojlantirish vazifasini hal etadi. Mazkur jarayonda quyidagi vazifalarni bajarishga 
e’tibor qaratiladi: 

Ma’naviy va axloqiy talabalarga javob beruvchi yuqori malakali kadrni 
tarbiyalashga yo‘naltirilgan pedagogik jarayonning mohiyatini o‘rganish. 

Shaxsni har tomonlama kamol toptirish qonuniyatlarini aniqlash. 

Ijtimoiy taraqqiyot darajasidan kelib chiqqan holda rivojlangan xorijiy 
mamlakatlar ta’lim tizimi tajribasini o‘rganish asosida uzluksiz ta’lim 
tizimini takomillashtirish. 

Ta’lim muassasalari hamda ularda faoliyat olib borayotgan pedagoglar 
faoliyati mazmunini asoslash. 

Ilg‘or pedagogik tajribalarni umumlashtirish va amaliyotga joriy etish. 

Pedagoglarni pedagogika nazariyasiga oid bilimlar hamda ta’lim-tarbiya 
usullari bilan qurollantirish. 

Ta’lim-tarbiya birligi hamda ijtimoiy tarbiya yo‘nalishlari o‘rtasidagi 
o‘zaro aloqadorlikni ta’minlashning pedagogik shart-sharoitlarini o‘rganish. 

O‘qitish hamda tarbiyalash jarayonining samarali texnologiyalarini 
yaratish. 

Oila tarbiyasini muvaffaqiyatli tashkil etish yuzasidan ota-onalar uchun 
ilmiy-metodik tavsiyalarni ishlab chiqish. 
O’qitish nazariyasining asosiy kategoriyalari shaxs kamolotini 
ta’minlash, ta’lim va tarbiya samaradorligiga erishishga haratilgan jarayonlarning 
umumiy mohiyatini yoritadi. Eng muhim kategoriyalar sirasiga quyidagilar kiradi: 
shaxs, tarbiya, ta’lim (o‘qitish, o‘qish), bilim, ko‘nikma, malaka, ma’lumot, 
rivojlanish. 
Shaxs – psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-


harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va 
dunyoqarashga ega bo‘lgan jamiyat a’zosi. 
Tarbiya - muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh 
avlodni har tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib 
toptirish jarayoni. 
Ta’lim –o‘quvchilarni nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalar bilan 
qurollantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o‘stirish va dunyoqarashlarini 
shakllantirishga yo‘naltirilgan jarayon. 
Bilim – shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma’lum obrazlar 
ko‘rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar 
majmui. 
Ko‘nikma – shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati. 
Malaka –muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashtirilgan 
shakli. 
Ma’lumot – ta’lim-tarbiya natijasida o‘zlashtirilgan va tizimlashtirilgan 
bilim, hosil qilingan ko‘nikma va malakalar hamda tarkib topgan dunyoqarash 
majmui.
Rivojlanish – shaxsning fiziologik va intellektual o‘sishida namoyon 
bo‘ladigan miqdor va sifat o‘zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab 
jarayon. 
Bolaga insonparvarlik asosida shaxsiy yondashuv ta’limi tizimida bola 
shaxsi, uning hali rivojlanmagan qobiliyatlari, «men»ligi ustuvor o‘rin tutadi. 
O’quv jarayonining maqsadi mavjud qobiliyatlarni rivojlantirish, shaxsni ijtimoiy 
faoliyatga jalb etish, uni erkin rivojlantirishdan iborat.
Shaxsga yo‘naltirilgan (rivojlantiruvchi) texnologiyalar asosida quyidagi 
g‘oyalar muhim o‘rin tutadi: 
1. Shaxsga ta’limning maqsadi sifatida yangicha qarash: bola ta’lim muassasasida 
– to‘la huquqli shaxs, pedagogik jarayonda sub’yekt; shaxsning rivojlanishi – 
ta’lim tizimining maqsadi; har bir erkin, o‘z fikrini mustaqil ifodalovchi, barkamol 
shaxsni tarbiyalash ta’lim maqsadining asosi kabi g‘oyalarlarni aks ettiradi. 


2. Pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratlashtirish bolalarga 
nisbatan muhabbatli bo‘lish, ularning taqdiri bilan qiziqish; bolaga o‘z kuchi va 
iqtidoriga ishontirish; pedagogik munosabatlar jarayonida u bilan hamkorlikka 
erishish, o‘qituvchi va o‘quvchining huquq jihatldan tengligi; bolaning erkin 
tanlash huquqi; xato qilish huquqi; o‘z shaxsiy nuqtai nazariga ega bo‘lish kabi 
holatlarni ifodalaydi. Aksincha, to‘g‘ridan-to‘g‘ri majburlash inkor etiladi.
3. Individual yondoshishning yangi talqini. Uning mazmuni o‘quv fanini 
o‘quvchiga emas, balki bolani o‘quv faniga yo‘naltirishdan iborat. Individual 
yondashish quyidagilarni o‘z ichiga oladi: materialni o‘rtacha o‘zlashtiruvchi 
o‘quvchilarga mo‘ljallashdan chetlanish, shaxsning ijobiy sifatlarini ko‘ra bilish, 
shaxsni psixologik-pedagogik diagnostika qilish.
4. Shaxsning ijobiy «Men-konsepsiyasi»ni shakllantirish. Men-konsepsiyasi – bu 
shaxsning o‘zi haqidagi tasavvurlari asosida shaxsiy hulqini shakllantiruvchi tizim 
bo‘lib, ijobiy Men-konsepsiyasi (Men o‘zimga yoqaman, Men har ishga qodirman, 
Men hamma narsani bilaman) shaxsni muvaffaqiyatlarga rag‘batlantirib, 
shaxsninng ijobiy namoyon bo‘lishiga yordam beradi. Salbiy Men-konsepsiyasi 
(Men o‘zimga yoqmayman, Men hech narsani bajara olmayman, Men hech kimga 
kerak emasman) uning turli faoliyat yo‘nalishlarida muvaffaqiyatga erishishiga 
halaqit beradi, o‘qish natijalarini yomonlashtiradi, shaxsda salbiy sifatlarning 
shakllanishiga olib keladi. O‘qituvchining vazifasi har bir o‘quvchi timsolida 
komil shaxsni ko‘rish, uni tushunish, qabul qilish va unga ishonishdan iborat 
(«Hamma bolalar iste’dodli» tarzida). 
5. “Nimaga?” va “qanday ta’lim?” masalasini hal etishga yangicha yondashish. 
Uning mohiyati ta’lim mazmunini shaxs rivojlanishining vositasi sifatida 
tushunishdan iborat.
6. Zamonaviy ta’lim muassasalarida tarbiyalash konsepsiyasi. Hamkorlik 
pedagogikasi quyidagi muhim g‘oyalarni aks ettiradi: bilimlar maktabini tarbiya 
maktabiga aylantirish, o‘quvchi shaxsini yaxlit tarbiya tizimining markaziga 
qo‘yish, tarbiyaning insonparvarlik xususiyatiga egaligi, umuminsoniy va milliy 
qadriyatlarning 
shakllanishi, 
bolaning 
ijodiy 
qobiliyati 
hamda 
uning 


individualligini rivojlantirish, individual va jamoaviy tarbiyani uyg‘unlikda olib 
borish. 
Iqtidorli o‘qituvchilar pedagogik faoliyatida shakllangan ko‘nikma, 
malakalar yig‘indisini O‘zbekiston Respublikasini “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, 
"Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" ni amalga oshirishda ko‘p ijodkor, izlanuvchi 
pedagoglar o‘zlarining tajriba maktablarini yaratdilar. Nazariya va tajriba o‘zaro 
birlashib pedagogikaning taraqqiyotini tayinlovchi muhim omillardan biri 
hisoblanadi. Har qanday fan o‘z oldidagi vazifalarni muvaffaqiyatli hal etishda 
muayyan ustuvor g‘oyalarga tayanadi. Ana shu g‘oyalar yig‘indisi fanning 
metodologiyasi, ilmiy-g‘oyaviy asoslari hisoblanadi. O’qitish jarayoni uchun 
metodologiya - falsafiy, ijtimoiy xulosalar, umumlashmalar xizmat qiladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, “Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturi”, Prezidentimiz I.A.Karimov asarlarida ilgari surilgan 
ta’lim-tarbiya to‘g‘risidagi g‘oyalar, xulosalar, pedagogikamiz uchun g‘oyaviy 
asos - dasturulamal bo‘lib xizmat qilmoqda. 

Download 382.21 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 382.21 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’qitish nazariyasining asosiy tamoyillari

Download 382.21 Kb.
Pdf ko'rish