Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti fizika-matematika fakulteti




Download 382.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/10
Sana12.02.2022
Hajmi382.21 Kb.
#17450
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
shaxsga yonaltirilgan talim texnologiyalari asosida informatika va axborot texnologiyalari fanini oqitish (1)
Faxridinov Damir Zafar o’g’li, Iqtisodiy tahlil nazariyasi referat, “Moliya” kafedrasi, Ushbu asarga qahramonlari ijobiy va salbiy guruhga bo
Shaxs shakllanishi va rivojlanishi to'g'risida tushuncha. 
Inson, odam, shaxs ko'plab fanlarning o'rganish ob'yekti hisoblanadi. Shaxs 
deganda muayyan jamiyatning a'zosi tushuniladi. Ijtimoiy munosabatlarga 
kirishuvchi, ongi yuksak taraqqiy etgan, ijtimoiy taraqqiyotda ishtirok etuvchi 
odamgina shaxs deyiladi. Shaxsning eng asosiy belgisi - uning ongli faoliyat egasi 
ekanligidir. Ma'lumki, kishi ongi faqat jamiyatda, boshqalar bilan o'zaro 
munosabatda til yordamida ijtimoiy tajribani o'zlashtirishda shakllanadi. Binobarin 
shaxs ham faqat jamiyatdagina shaxsga aylanishi mumkin. 
Odamning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxs nomini olishi uchun unga 
ijtimoiy-iqtisodiy hayot va tarbiya kerak. Shu boisdan pedagogika fani bolaning 
shaxs sifatida rivojlanishi, uning har tomonlama kamolga etish qonuniyatlarini, 
unga ta'sir etuvchi ob'yektiv va sub'yektiv omillarni, rivojlanish jarayoniga 
aloqador davrlarni aniqlashi kerak. Odamning mukammal inson bo'lib etishuvida 
o'zining maqsad asosidagi xatti-harakati, iroda sifatlarining kamol topishi 
natijasida ayrim nuqsonlarini bartaraf etishi, qiyinchiliklarni engib chiqishi 


mumkinligini bilishimiz zarur. Demak, inson hayot faoliyati davomida o'zgarib, 
shakllanib, rivojlanib boradi. Bolalik, o'smirlik va o'spirinlik davrida rivojlanish 
nihoyatda kuchli bo'ladi. 
Shaxsning kamol topishida va uning xulqida ijtimoiy va biologik 
omillarning ta'sir kuchi hamisha ham bir xil bo'lavermaydi. Chunki uning xulqiga, 
munosabatlariga, aloqalariga, yoshi, bilimi, odatlari, tajribasi va vaziyat ham ta'sir 
etadi. Masalan, bir xildagi ta'sirlarga turli bola turlicha munosabatda bo'ladi, bu 
ayni paytda, bolaning ehtiyoji qandayligiga ham bog'liqdir. Shaxs ijtimoiy tajribani 
faol ravishda tahlil qiladi, o'zlashtiradi, o'zi uchun o'zgartiradi-bu jarayon 
davomida o'zi xam shaxs sifatida shakllanadi. Shaxs shakllanib borgan sayin tashqi 
ta'sirlar, shu jumladan ijtimoiy ta'sirlar ham uning ichki dunyosi, psixologiyasiga 
qarab turli odamlarga turlicha ta'sir qiladilar. Masalan, bir xil baho turli 
o'quvchilarga turlicha ta'sir qiladi. 
Odam atrofni, ob'yektiv borliqni ko'proq bilgani sari onglilik darajasi o'sadi, 
fikrlash doirasi kengayadi, yangi bilim va ko'nikmalarni egallaydi, yangi qiziqish 
va ehtiyojlar vujudga keladi. Demak, shaxsning kamolga etishi jamiyat rivojiga 
chambarchas bog'liqdir. 
Shaxs rivojlanishiga ta'sir etuvchi omillar. 
Didaktika shaxsning kamolotga yetishini murakkab va ziddiyatli jarayon deb 
biladi. Shaxsning shaklanishi, kamolga yetishida nasl-irsiyat (biologik), ijtimoiy 
muhit ham maqsadga muvofiq amalga oshiriladigan ta'lim-tarbiya va nihoyat 
o'zining mustaqil faoliyati ham muhim ahamiyatga ega. 
Shaxs qaysi jamiyatda yashasa o'sha jamiyat hayotidagi qonun-qoidalarga 
asosan kamol topadi. Shu jamiyatning moddiy va ma'naviy boyligidan bahramand 
bo'ladi. Moddiy va ma'naviy boyliklarni yaratishda ishtirok etadi. Agar shu 
jamiyatning moddiy va ma'naviy boyligi yuksak bo'lsa, u shaxsga shu qadar katta 
ta'sir ko'rsatadi va aksincha. Ikkinchi tomondan esa, shaxs faoliyati davomida 
mehnat orqali o'z moddiy va ma'naviy boyligini yaratish jarayonida ongini, 
hayotini, turmush sharoitini ham yaxshilab boradi.


Shaxs hayot davomida murakkab rivojlanish jarayonini boshdan kechiradi, 
natijada u shaxsga aylanadi. Shu sababli shaxsni ma'lum ijtimoiy tuzumning 
mahsuli deb tushunishimiz lozim. Shaxs rivojlanish jarayoni bir tekisda bormaydi, 
rivojlanishga ta'sir etuvchi omillarning ta'siri turlicha bo'ladi, ya'ni kishi ijobiy va 
salbiy ta'sirlar natijasida kamolga etadi. Albatta ijtimoiy omillar inson shaxsining 
har tomonlama shakllanishiga samarali ta'sir ko'rsatadi. Xususan, pedagog-
tarbiyachilar bolaning muayyan rivojlanish davridagi xususiyatlari, xarakteri va 
fe'l-atvorini belgilovchi omillarning hammasi birgalikda ta'sir ko'rsatishini bilishi 
lozim.  
Inson kamolotida irsiyat va muhitning ta'siri. 
Shaxsning, ayniqsa bolaning rivojlanishi va shakllanishi biologik omil 
(irsiyat) ga bog'liqdir. Irsiyat deganda, bolaga ota-ona va umuman yaqin 
ajdodlardan, ya'ni nasldan-naslga o'tadigan biologik xususiyat va o'xshashliklar 
tushuniladi. Odam shaxsining va xulqining rivojlanishida biologik omillarning 
ta'sirini yuksak baholab, shaxsni naslga bog'lab o'rganuvchi oqimlardan biri 
bixeviorizm bo'lib, u XX asrning boshlarida psixologiya fanida keng tarqaldi. 
Bunga amerikalik pedagog va ruhshunos E. Torndayk asos soldi. Uning fikricha
shaxsning barcha xususiyatlari, jumladan ong va aqliy qobiliyat ham nasldan-
naslga o'tadi, guyo odamning ko'zi, tishlari va barmoqlari kabi aqliy qobiliyat ham 
tabiatan berilgandir.
G'arb pedagog olimlaridan yana biri, nemis ruhshunosi V.Ptern inson 17-18 
yoshida mavjud jamiyatning a'zosi bo'ladi deb hisoblaydi. 
Ayrim pedagog va ruhshunoslar orasida bolaga boshqacha qarash ham 
mavjud. Ularning fikricha, insonning kamoloti ikki omilga-irsiyat va ijtimoiy 
muhitga bog'liqdir. Irsiyat o'zgarmaydi, ijtimoiy muhit ham hamma davrlar uchun 
o'zgarmasdir. Irsiyat bor va biologik omillarni inkor etolmaymiz. Lekin irsiyatni 
mutlaqo o'zgarmas deb ham tushunmaslik kerak. Demak, bola shaxsining 
rivojlanishiga irsiyatning ta'siri deganda ota-onaga, avlod-ajdodlarga o'xshashlikni 
ifodalovchi biologik belgilar va fiziologik xususiyatlarning takrorlanishini 
tushunmoq kerak.



Download 382.21 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 382.21 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti fizika-matematika fakulteti

Download 382.21 Kb.
Pdf ko'rish