• Maqola matnini rasmiylashtirish talablari
  • Maqola mazmuniga qo‘yiladigan talablar




    Download 1,34 Mb.
    bet2/3
    Sana31.07.2024
    Hajmi1,34 Mb.
    #268967
    1   2   3
    Bog'liq
    ADU Axborot xati

    Maqola mazmuniga qo‘yiladigan talablar:

    1. Maqola konferensiya yo‘nalishlariga mos kelishi, berilayotgan g’oyalarning mazmuni, nazariy va amaliy ahamiyati aniq yoritib berilishi va yakunlangan bo‘lishi lozim.

    2. Maqola mazmuni, keltirilgan ma’lumotlar va ularning ilmiy asoslanishi, imloviy, punktuatsion va stilistik xatoliklardan holi bo‘lishi hamda manbalarning ishonchliligi uchun mualliflar mas’uldirlar.

    3. Maqola matnida turli qisqartmalardan foydalanmaslik (zarur hollarda ularning yoyilmasi matnda keltirilishi lozim), matn va jadvallarni tahrirlashga ta’qiq qo‘ymaslik tavsiya qilinadi.

    4. Konferensiyaga taqdim etilgan maqola chop etilmagan yoki nashr qilish uchun boshqa jurnalga topshirilmagan bo'lishi lozim.

    5. Muallif maqolaning ilmiy etikaga mos kelishiga ishonch hosil qilgandan so‘ng yuborishi lozim.

    6. Tegishli muallif barcha hammualliflar mualliflar ro'yxatiga kiritilganligiga ishonch hosil qilishi kerak.

    Maqola matnini rasmiylashtirish talablari:

    1. Konferensiyaga faqat to'liq matnli maqolalar qabul qilinadi. To'liq matnli maqolalari tayyor bo'lmagan tadqiqotchilar qabul qilish muddati tugagunga qadar abstraktlarni yuborishlari va to'liq matnli maqolalarni tayyorlashlari mumkin.

    2. Maqolalar RTF, DOC yoki DOCX formatlarida tayyorlanishi mumkin. Maqola Times New Roman shriftida, 12 kegel kattalikda, 1,15 intervalda bo‘lishi va (abstrakt, asosiy matn, adabiyotlar va ilovalar bilan birga) 1500 so’zdan yoki 10 betdan oshmasligi lozim.

    3. Maqola matnlari tahrir qilingan holda A4 hajmda, yuqoridan va pastdan 2,0 sm, chapdan 3 sm, o‘ngdan 1,5 sm joy qoldirib rasmiylashtiriladi.

    4. Maqola nomi uning mazmunini aniq aks ettirishi kerak. Sarlavha katta harflar bilan yoziladi. Keyingi o‘rinda ma’ruzachining ismi sharifi, ilmiy daraja va unvoni (o‘ng yuqori burchak, kursivda), tashkilot nomi ko‘rsatiladi. Muallif(lar)ning elektron pochta manzil(lar)i va ORCID ID(lar)i yozilishi kerak (ORCID ID yo‘q bo‘lsa, https://orcid.org/register orqali olinadi). Keyingi satrdan maqolaning qisqacha annotatsiyasi va 3-6 tagacha kalit so‘zlar (o’zbek, rus va ingliz tillarida) berilishi shart. Asosiy matn 1,5 intervalli qatorlarda yoziladi. Barcha rasm va diagrammalar ostida qisqacha tavsiflovchi ma’lumot berilishi lozim.

    5. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati matn so‘nggida 10 shriftda, alifbo ketma-ketligi asosida beriladi. Havolalar maqola matnida keltiriladi hamda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidagi tartib raqami va sahifasi ko‘rsatiladi. Masalan: [1;10].

    6. Maqolalar o‘zbek, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi.

    7. Tezislarning mazmuniga, ma’lumotlar mualliflariga tegishliligi uchun va keltirilgan manbalarning to‘g’riligiga mualliflar mas’ul.


    Download 1,34 Mb.
    1   2   3




    Download 1,34 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Maqola mazmuniga qo‘yiladigan talablar

    Download 1,34 Mb.