|
Замонавий дастурлаш технологиялари. Объектга йуналтирилган дастурлаш тиллари. Borland C++ Builder 6 интеграллашган соҳаси
|
bet | 1/4 | Sana | 25.01.2024 | Hajmi | 0,88 Mb. | | #145215 |
Bog'liq 1 ma\'ruza Kompyuter tarmoqlari, tarmoqlarini tashkillashtirishning 1-ma'ruza. Kompyuter tarmoqlari, tarmoqlarini tashkillashtirishning umumiy prinsiplari.
Кодиров Зохиджон Зокирханович
Reja: - Kompyuter tarmoqlarining kelib chiqish tarixi.
- Kompyuter tarmoqlari nazariyasiga kirish.
- Tarmoq servisi.
Кодиров Зохиджон Зокирханович
Kompyuter tarmoqlarining kelib chiqish tarixi Kompyuter tarmoqlarining kelib chiqish tarixi
Hozirgi zamon jamiyat xayotini informatsion texnologiyalarsiz tasavvur qilish qiyin. Kompyuterlar na faqat bank tizimida, atom reaktorini nazorat etishda, quvvatni taqsimlashda, samolyot va kosmik kemalarni boshqarishda emas, balki maktab o‘quvchilarida, kolledj, akademik litsey va O‘zbekistonimizdagi Oliy o‘quv yurtlaridagi talabalarda bemalol ishlatilmoqda.
Hozirda kompyuter sistemalari va telekommunikatsiyalar mamlakat mudofaa sistemasining ishonchliligini va havfsizligini aniqlaydi, har hil ma’lumotlarni saqlash, ishlash, iste’molchiga yetkazish yo‘li bilan axborot texnologiyalarni amalga oshiradi.
Кодиров Зохиджон Зокирханович
Kompyuter tarmoqlarining paydo bo‘lish sabablaridan biri xisoblash resurslaridan hamkorlikda foydalanish, aloxida kompyuter imkoniyatini kengaytirishdir. Bunday tarmoqlarga sodda misol sifatida qattiq magnit disk (vinchester) yoki chop etish qurilmalari (printerlar) ning birgalikda ishlashini ko‘rish mumkin.
Кодиров Зохиджон Зокирханович
1969 yilda Len Kleynrok 3 ta talaba bilan interfeys va drayverlar ishlab chiqib ikkita kompyuterni bir - biri bilan ulab, ma’lumot almashishga erishishi kompyuter tarmog‘ini yaratilishiga asos bo‘lgan. Bir oy o‘tgandan so‘ng 4 ta, 1971 yilda esa ikki katta universitet kompyuterlarini birlashtirishga erishdilar.
- 1969 – ARPA net – 4 ta kompyuterni birlashtiruvchi tarmoq ishga tushdi.
- 1971 – tarmoqda 14 ta kompyuter. FTP – File Transmission Protocol (fayl uzatish protokoli) qabul qilindi.
- 1972 – Larry Roberts tomonidan elektron pochta uchun birinchi dastur yaratildi.
- 1974 – Tarmoqdagi kompyuterlarni bir-biri bilan bog‘lash uchun TCP – Transmission Control Protocol taklif qilindi.
- 1982 – ARPA net ikkiga bo‘lindi. Milnet (Military net – harbiy tarmoq) va Internet (tarmoqlararo tarmoq). .
Кодиров Зохиджон Зокирханович
- 1983 – TCP/IP – Transmission Control Protocol/Internet Protocol tarmoqlar orasida ma’lumotlarni almashish protokoli Internet uchun asos qilib olindi.
- 1984 – Internetda domenlarni nomlash tizimi (Domain Name System) joriy qilindi.
- 1986 – Tezligi 56 kb/s bo‘lgan birinchi internet magistrali ishga tushdi.
- 1991– Tim Berners-Lee tomonidan World Wide Web (butun olam to‘ri)ga asos solindi. Internet hozirgi ko‘rinishga ega bo‘ldi.
- 1994 – Yahoo kompaniyasiga asos solindi.
- 1995 – birinchi Web brauzer Netscape Navigator sotuvga chiqarildi.
- 1996 – Google loyihasi ish boshladi.
- 1999 – yirik shaharlarda DSL liniyalari orqali internetga ulanish ommaviylasha boshladi.
- 2007 – Mobil internet ommaviylashdi. Apple iPhone ommaviy ravishda sotila boshlandi.
Кодиров Зохиджон Зокирханович
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Замонавий дастурлаш технологиялари. Объектга йуналтирилган дастурлаш тиллари. Borland C++ Builder 6 интеграллашган соҳаси
|