• Internet saytlari: www.ziyonet.uz www.tdpu.uz www.google.uz ILOVALAR
  • Yorug`lik– quyosh yoki sun'iy yoritgichning buyum yuzasiga tik tushuvchi nuridir. Soya




    Download 4.05 Mb.
    bet40/40
    Sana01.08.2021
    Hajmi4.05 Mb.
    #16430
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40
    Yorug`lik– quyosh yoki sun'iy yoritgichning buyum yuzasiga tik tushuvchi nuridir.
    Soya – buyumlarning yoritilgan qismining orqa tomoni (teskarisi), yorug'lik nurlari tushmagan yeri.

    Bunday soyalar shaxsiy soya deb ham yuritiladi. Tasvirlashda tushuvchi soyalar ham kuzatiladi. Ushbu soyalar buyumlarning biri ikkinchisini to'sishi natijasida hosil bo'ladi. 


    Bunday soyalar buyum tekisligiga, (stol, pol, yer va hokazo) hamda buyumlarning biridan ikkinchisiga ham tushishi mumkin.

    Buyumga qiyaroq tushuvchi yorug'lik, ularda yarim soyalarni tashkil etadi. Yarim soyalar, asosan, yorug'lik va shaxsiy soyalar oralig'idagi qismda joylashadi.



    Shuning–uchun soyalar bir xil to'q tusda bo'lmaydi.Buyumlarning hajmlarini soya va yarim soyalar orqaligina to'g'ri tasvirlash mumkin. Buyumlarga urilish natijasida qaytib, boshqasiga tushuvchi yorug'liklar aks yorug'likni hosil qiladi.
    Aks yorug'lik predmetlarning bir–biridan qanday masofada joylashganiga ko'ra kuchli yoki kuchsiz bo'lishi mumkin. Lekin hech –qachon aks yorug'lik buyumlarga tik tushuvchi yorug'likka nisbatan koichli bo'lmaydi. 
    Buyumga yorug'likning tik tushishi natijasida esa yaltiroqlik hosil bo'ladi. Bu holat shisha, chinni, temir, sopol va yorug'likni qaytarish xususiyatiga ega bo'lgan boshqa ko'pgina buyumlarda kuzatiladi.
    Yuqorida ta'kidlanganidek, o'quv qalamtasvirida yorug' va soyalar qalamda yengil chiziqlar (shtrix) bilan amalga oshiriladi. Yorug' va yarim soyalarda chiziqlar tasvirlanayotgan buyumning xarakteri va yorug'likning tushish yo'nalishi bo'yicha dona–dona, aniq bo'lishi kerak. Bunday ishlangan tuslar buyumlarning konstruktiv tuzilishini yanada yaqqol ko'rsatadi. Aksincha, buyumning soya qismlarida chiziqlar quyuqroq, bir–biriga yaqin (birlashib ketgan) bo'lishi kerak. 



    1 – yorug’lik.

    2- yaltiroqlik.

    3- yarim soya.


    4- shaxsiy soya.

    5- reflex.

    6- tushuvchi soya


    Geometrik shakllarni tasvirlashda ularning tuslariga e'tibor berish darkor. Oldingi qatordagi buyumlar aniq chiziqlar bilan chizilsa, 2– va 3– qatordagi buyumlar chizuvchidan uzoqroqda joylashganligi hisobiga umumiy tarzda tasvirlanadi. Bu, o'z navbatida, buyumni haqqoniy (fazoyiy perspektiva qonuniga asosan) tasvirlashda g'oyat muhimdir.


    Shuni ta'kidlab o'tish kerakki, buyumning hajmi asosida ishlash – buyumni to'laqonli hajmli tasvirlash omilidir. Pala–partish, duch kelgan tomonga chiziqlar tortish qo'yilgan maqsadga erishishga to'sqinlik qiladi.
    Buyumlarning hajmini chizishda chiziqlarni tortish ketma–ketligiga rioya qilish kerak. Qalamni qog'oz sirtida bir xil kuch bilan bosganda chiziqlar orasidagi masofalarning teng bo'lishiga e'tibor berish – buyumni to'g'ri chizishda katta ahamiyatga ega. Dumaloq (sferik) hajmga ega bo'lgan buyumlarni chizishda chiziq tortish ellips shaklida bajariladi. 15– rasm. Sferik buyumning eng quyuq soya joylari uning ekvatoriga yaqinlashgan joyida bo'ladi. 16–17–18–rasmlar.
    Shuni doimo yodda tutish kerakki, shakllarning yorug' va soya uchrashgan(yaqinlashgan) qismida soyalar to`q bo`ladi.
    Yorug'–soya qonu–niyatlari tasvir–lashchda aniqlikni talab etadi. Fizik olimlarning tadqi–qotlari shuni ko'rsat–diki, yorug'lik buyum va narsalarga rna'lum hajmlar qonuniyati asosida tushadi. Talaba quyida– gilarni doimo o'z tasviriy faoli– yatida bilishi va qo'llashi lozim:
    a). yorug'hk manbaiga yaqin turgan buyumda yorug' va soyalar har doim kuchlidir; aksincha, buyum yorug'lik manbaidan uzoqlashgan sari, soya – yorug' kuchlari ham umumiylashib,xira ko'rinadi. Buyumlar tasvirda aniq bo'lishi uchun yorug'lik manbaiga yaqin turganlarini keskin yorug' soyalar orqali bajarish, uzoqda joylashgan buyumlarni esa umumiy tarzda chizish tavsiya etiladi
    b) buyumning turni to'sishi natijasida u yoki bu tekislikka tushuvchi soya har doim shu buyumning o'z soyasiga nisbatan kuchliroq bo'ladi. Shuning uchun tus jihatdan to'q bo'lgan buyumni yorug'likning to'silishi natijasida tushuvchi soya bilan solishtirish va tushuvchi soyani to'qroq tasvirlash kerak.

    Yuqoridagilardan ko'rinib turib– diki, bo'lajak tasviriy san'at o'qituv– chisish tasvirlashning texnik jihatlari bilan bir qatorda, uning nazariy tomonlariga ham e'tibor berishi lozim.
    O'tmishda usta rassomlar tabiat– dagi yorug'–soya qonuniyatini izchil kuzatganlar va o'zlarining amaliy ishlarida muvafaqqiyat bilan qo'llay bilganlar. Jumladan, Leonardo da Vinchi shunday deydi: «To'q tusli buyumda hosil bo'luvchi aks yorug'lik doimo ochroq tusdagiga nisbatan aniq va yaqqol ko'rinadi».
    Ba'zi tasviriy san'at amaliyotchilarining fikricha, tasviriy faoliyatdagi ilmiy asoslar talabaning ijodiy yo'nalishiga to'sqinlik qilar va salbiy ta'sir ko'rsatar emish.

    Ularning ta'kidlashicha, agar talaba tasvirlashning ilmiy jihatlari asosida ma'lum vazifani bajarsa, tasvir ham bir xil darajada bo'lar ekan. Ushbu tushuncha noto'g'ri


    ekanligini quyidagi misolda ko'rsatib o'taylik. Talabalar natyurmort qalamtasvirini boshlang'ich bosqichidan to oxirigacha pedagog nazoratida, uning bevosita ko'rsatmalari orqali bajarsalar ham, vazifa tugal holatga kelganda har bir ish chizish uslubi va emotsional jihatlari bilan bir–biridan keskin farq qiladi.
    Ko'p yillik kuzatishlar shuni ko'rsatadiki, qalamtasvir mashg'ulotlarini o'tishda ayrim pedagoglar qalamtasvirning ilmiy asoslariga, perspektiva qonunlariga, plastik anatomiya va yorug`–soyalar nazariyasiga yetarli e'tibor bermaydilar.
    Oqibatda talabalar ushbu qonun–qoidalardan bexahar qoladilar va amaliy vazifalar puxta bajarilmaydi.


    XULOSA

    Mamlakatimiz tomonidan 2010 yilni «Barkamol avlod yili» deb nom berilishi bilan yoshlarga oid siyosat davlat siyosatining asosiy yo’nalishlaridan biri ekanligi yana bir bor o’z tasdiqini topdi.

    Barkamol avlod – jamiyat taraqqiyotining asosini tashkil etadi. Shu bois yurtimizda mustaqillik yillaridanoq ham jismoniy ham ma’naviy jixatdan barkamol avlodni tarbiyalash davlatning o’z oldiga qo’ygan vazifalaridan biri sifatida boshlandi. Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlagalaridek, soglom avlod deganda, avvalo, jismonan baquvvat, iymon e’tiqodi butun, bilimli ma’naviyati yuksak mard va jasur, vatanparvar avlodni tushinamiz.

    Mamlakatimizda soglom muhitni shakllantirish va oila, o’quv muassasalarida yuksak ma’naviy, axloqiy muxitni qaror toptirish, mamlakat va yurt obodonligi uchun jonini fido kiladigani avlodni etishtirish bizning ma’suliyatimizga kiradi. Xayot saboqlaridan tajriba ortirish, Vatanni muqaddasligini shuningdek vatanimizda yaratilgan va bunyod qilingan barcha nodir buyum ashyolarini asrab avaylashga yo’naltirilgan tarbiya shakliniishga solish muhimligini his etmoq zarur.

    Ta’lim - tarbiya nazariyasi tajribasidan shu narsa ma’lumki, umumiy ta’limning asosiy bosqichi boshlang’ich sinflar (I-IV sinflarda) davri bo’lib, bu davrda bola asosan shakllanadi. Chunki, bu davrda bola ham jismoniy, ham aqliy, ham ma’naviy jihatdan g’oyat tez rivojlanadi. Bu davrda bolalar barcha bilimlar zaminini o’zida mujassam qiladi va barcha fanlardan boshlang’ich ma’lumot oladi. Bolalar bu davrda moddiy olamni ko’rishni, kuzatishni, ulardan olgan taasurotlarni tekshirishni o’rganadi. Bu malakalar boshlang’ich sinflarda o’rganadigan o’quv fanlari darslari asosida amalga oshiriladi. Shu boisdan boshlang’ich sinflarda o’qitiladigan o’quv fanlari zimmasiga juda katta mas’uliyatlar yuklanadi. Boshlang’ich sinflarda o’rganiladigan tasviriy san’at o’quv fani ham bugungi bolalarimizni ta’limiy va tarbiyaviy sohalarida beqiyos ahamiyat kasb etadi. Yuqoridagilarni inobatga olib yigit – qizlar tafakkuri, ongini yangicha o’z garishlarga alohida e’tibor ajratilmoqda.

    Rassomlar asarlarida tabiatni o’z borligicha real holatini tasvirlash bilan birga, unda alohida e’tiborga molik, harakterli ko’rinishlarni tanlab oladilar, e’tiborimizdagidek tuyulgan narsalarni ikkinchi darajada, asosiylarni esa bo’rttirib tasvirlab, badiiylik hosil qiladilar. Rassom borliqni shunchaki biladigan va aks ettiradigan emas, balki unga asoslanib, nimalarnidir o’zi o’ylab ham topadi, tasavvur etadi, borliqni his qiladi. Demak, manzara asarlari o’z mazmunida borliqni aks ettiribgina qolmay, ayni paytda ular g’oyalarini ifodalaydilar, tomoshabin ongini boyitadilar. Manzara asarlari insonlar ruhiyatiga ta’sir etib, ularning ma’naviy olamini, boyitadi va rassomlarning esa ijodiy tajribasini kengaytiradi.

    Aynan bunday o’zgarishni yurtning milliy farovonligini oshirishning asosidir. Bu kelgusida ommaviy madaniyatning yuksalishiga qaratilgan yagona omil bo’lib hisoblanadi.

    Men ham bitiruv malakaviy ishimda zamonaviy manzara kompazistiyasida Ona Vatanimning zamonaviy binolatini tasvirlashni maqsad qilib, yuqorida qayd qilingan tarbiya vositalaridan imkon darajasida foydalanishga xarakat qildim.

    Zero zamonaviy manzara kompazitsiyasi o’zida tabiat chiroyini tarannum etish bilan birga ko’ngillarga orom-zavq bagishlaydi.

    Yurtning go’zal jamoli, yangi qiyofasi, va albatta tinchligini his etib biz yoshlarning qalbiga muhrlanib qoladi.

    Xulosa qilib aytgandau qaysi yurt, qaysi millat farzandi ekanligini to’la his qiladi. Ota - bobolarimiz tomonidan yaratilgan antik inshootlarni asrab-avaylashimiz. Va shu bilan birga har bir o’zbek yoslari, o’z sohasida ulkan orzular og’ushida shu kabi bunyodkorlik ishlarini bajarish niyatida faoliyat ko’rsatadi.

    O’z tabiatini, o’z elini, o’z shaxrini sevib ardoqlab yashaydi. Men bajargan bitiruv malakaviy ishimda o’zbek rassomlari ularning ijodlari va ijod mahsullari, mashhur asarlari orqali o’z ishimni bajardim. Bitiruv ishimni tasviriy san’at o’qituvchilari tasviriy san’at mashgulotlarida, darsdan tashqari ishlarda ham foydalanib, ularda estetik sifatlarni shakllantirish nazarda tutilgan.


    Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

    1.I.A.Karimov “Barkamol avlod - O’zbеkiston taraqqiyotining poydеvori”.

    T.: O’zbеkiston. 1997 y.

    2. I.A.Karimov “Yuksak ma’naviyat yеngilmas kuch» .

    Toshkеnt - Manaviyat 2008

    3. Abdullayev N. “San’at tarixi”. T., “San’at”, 2001 y.

    4. Abdurasulov S. Tolipov N. “Rangtasvir” T. 2005 y

    5.Nabiyev M “Rangshunoslik” T. O’qituvchi 1995 y.

    6.Oripov B.N. “Tasviriy san’at darslari samaradorligini oshirish

    omillari” T.O’qituvchi. 1978 y.

    7.Turdaliyev A. Kompozitsiya (ma’ruzalar matni) N. NamDU. 2001.

    8.“O’zbekiston san’ati”. (1991-2001 yillar) A.Hakimov. Toshkent.

    “Sharq” 2001 y.



    9. Hasanov R. “Tasviriy san’at asoslari”. T. G’.G’ulom nashriyoti. 2009 y.
    Internet saytlari:

    1. www.ziyonet.uz

    2. www.tdpu.uz

    3. www.google.uz


    ILOVALAR










    Download 4.05 Mb.
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




    Download 4.05 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yorug`lik– quyosh yoki sun'iy yoritgichning buyum yuzasiga tik tushuvchi nuridir. Soya

    Download 4.05 Mb.