|
Ўзбекистон республикаси халқ таълими вазирлиги
|
bet | 5/46 | Sana | 26.11.2023 | Hajmi | 2,78 Mb. | | #105970 |
Bog'liq S daftar 1-4o'quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash yo'nalishida:
o'quvchilami Vatani va xalqiga sadoqat, fidoyilik, Davlat ramzlariga hurmat ruhida tarbiyalash;
o'quvchilar ongiga buyuk ajdodlarimiz merosi va xalqimizning bugungi bunyodkorlik ishlariga yuksak ehtirom tuyg'ularini singdirish, yurtimizdagi bunyodkorlik ishlari, inshootlar va ma'rifat maskanlari bilan ulami tanishtirib borish;
sinfda o'quvchilami milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash muhitini yaratish, tarbiya jarayoniga boy madaniy merosimiz, milliy odob-axloq me'yorlarini tatbiq etish, mehnatga ijodiy munosabatni tarbiyalash;
o'quvchilami mustaqil hayotga tayyorlash, ulami jamiyatda o'z o'mini topa oladigan shaxs sifatida shakllanishlari uchun zarur ko'nikmalarni rivojlantirish;
o'quvchilami o'zbek va boshqa xalqlaming madaniy, tarixiy, milliy an'analariga hurmat ruhida tarbiyalash;
ota-onalar va mahalla bilan hamkorlik yo'nalishida:
barkamol avlodni tarbiyalashda "Oila - mahalla - ta'lim muassasasi" hamkorligidagi Jamoat kengashi faoliyatini keng tatbiq etish, aniq belgilangan reja asosida sinf ota-onalar majlislarini o'tkazib borish;
o'quvchilami ijtimoiy himoya qilish bo'yicha aniq chora-tadbirlar belgilash, jumladan, kam ta'minlangan oilalar farzandlari, ijtimoiy himoyaga muhtoj, ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan, ota-ona qarovisiz qolgan, vasiylik va homiylikka berilgan voyaga yetmaganlaming ijtimoiy huquqlarini himoyalash;
o'quvchilaming ta'lim muassasasiga belgilangan maktab formasida kelishlarini nazorat qilish;
o'quvchilar kundalik.com elektron platformasidan foydalanishini nazorat va tahlil qilish, o'quv qurollarining mavjudligi va to'g'ri tartibli saqlashlarini kuzatib borish, natijalarini ota-onalar bilan muhokama qilish;
o'quvchilaming turli diniy oqimlar ta'siriga tushib qolishining oldini olish, ularda bu borada immunitet shakllanishi uchun targ'ibot ishlarini olib borish;
ota-onalar bilan hamkorlikda ota-onalar majlislari, davra suhbatlari, muloqotlar uyushtirish, o'tkazgan tarbiyaviy ishlari yuzasidan pedagogik kengashlarda hisobot berish;
darslarga surunkali va muntazam kelmaydigan, tarbiyasi og'ir o'quvchilar bilan ishlashda ulaming ota-onalari, fuqarolaming o'zini o'zi boshqarish va huquq-tartibot organlari bilan hamkorlik qilish, natijalari bo'yicha direktor huzuridagi yig'ilishlarga ma'lumot kiritib borish;
o'quvchilami ota-onalar va kattalarga hurmat, kichiklarga izzat ruhida tarbiyalash, ularga kamtarlik, saxiylik va saxovatparvarlik, insonlarga yordam berish, mehribonlik, mehnatsevarlik xislatlarini singdirib borish.
|
| |